Nazorat savollari:
Oʻqitishni namoyish qiluvchi vositalarni izohlang.
Namoyish qiluvchi dasturlar tahlilini izohlang.
17 - MA’RUZA.
AUDIOVIZUAL VOSITALAR TAHLILI. (2 SOAT)
REJA:
Audiovizual vositalar tahlili. Qo’llash prinsiplari. Turkumlari.
Audiovizual vositalar: videofonlar, ovozli filmli proyektorlar.
Axborotni saqlash uchun dastavval uning manbalarini qidirish, ma’lumotlar to‘plash va axborot shakliga keltirish zarur. Odatda, axborot turli xil nashrlarda, disklarda, plyonkalarda va kompyuter xotirasida saqlanadi.
Ma’lumki, axborotni qayta ishlash dastlab qog‘ozda, so‘ngra mexanik, elektr mashinalarda bajarilib kelingan. Hozirda esa, kompyuterlarda amalga oshirilmoqda. Axborotni qayta ishlash texnologik jarayon bo‘lib, ilmiy adabiyotlarda uning quyidagicha ta’rifi berilgan: Axborot texnologiyasi (AT) — obyekt, jarayon yoki hodisa (axborot mahsuloti)ning holati haqidagi yangi sifat axborotlarini olish uchun ma’lumotlar, boshlang‘ich axborotni to‘plash, qayta ishlash hamda uzatish vosita va uslublaridan foydalanuvchi jarayondir.
Audiovizual texnologiyalar axborot texnologiyasining texnologik jarayoni bo‘lib, quyidagicha amalga oshiriladi: ma’lum bir turdagi axborotlar jamlanadi; qayta ishlanadi, ya’ni guruhlanadi, turlarga ajratiladi, agregatlashtiriladi va hisoblanadi; tayyor axborot mahsuloti olinadi va is’temolchilarga uzatiladi. Axborotni uzatish ham turli shakllarda amalga oshiriladi. Insonlar axborotning xabar shaklidan qadim zamonlardan boshlab foydalanib kelganlar. XIX asr boshlaridan fan va texnikaning yutuqlari asosida telegraf, telefon va radioning kashf etilishi shaharlararo axborotlar almashishga keng yo‘l ochib berdi. Hozirgi paytda u yoki bu soha bo‘yicha axborotlarni to‘plash, ishlov berish va uzatishning katta imkoniyatlari tug‘ildi. Shu bilan birga, axborotlarni uzatishda temir yo‘l va havo yo‘li transportlaridan foydalanib kelinmoqda. Telekommunikatsiya vositalariga telegraf, telefon, faks, radio, sun’iy yo‘ldoshlar va boshqa vositalar kiradi. O‘tgan asrning oxirlarida multimedia texnologiyasining yaratilishi va uni axborot texnologiyalariga tatbiq etilishi, zamonaviy multimedia texnologiyasining yaratilishiga olib keldi.
Ta’kidlash kerakki, audiovizual texnologiyalar axborot texnologiyalari fanining bir shaxobchasi bo‘lib, uning tez rivojlanayotgan sohasiga kiradi. Audiovizual jurnalistika, ya’ni teleradiojurnalistika (Internet jurnalistikasi ham ushbu sohaga mansub, lekin bu haqda alohida to‘xtalmaymiz) an’anaviy jurnalistika «dargohi»da vujudga kelgan, shu boisdan ham an’naviy va audiovizual jurnalistikada kasb etikasi masalalari haqida so‘z borar ekan, ularning farqli jihatlari xususida mulohazalar aytish bilan bir qatorda, ular orasidagi o‘xshashliklarni ham e’tibordan chetda qoldirish mumkin emas.
Multimedia (multimedia vositalari)ning kup tarkalgan turlari o’zida axborotning xar xil turlarini (matn, rasmlar, sxema, jadval, diagramma, fotografiya, video va audio fragmentlar va x.k.z.lar) yaratish, saklash, kayta ishlash va rakamli kurinishda namoyish etishni uzida jamlaydi.
Shunday kilib multimedia – soddarok kilib aytganda, axborotni turli shaklda: matn, ovoz, video va x.k.z. lar bilan kombinasiyalashgan tarzda namoyish kilish tushuniladi.
Multimedia audiovizual axborotni kayta ishlashning zamonaviy usullarini kullash xisobiga o‘qitish samaradorligini oshirish va o‘qitishni intensifikasiyalash imkoniyatini ta’minladi. Bunday audiovizual axborotlarga kuyidagilar kiradi:
vizualaxborotni berilgan ekran maydonining chegarasida ham, keyingi (oxirgi) ekran maydonining chegarasida xam manipulyasiya kilish (joylashtirish, bir joydan ikkinchisiga kuchirib o’tish);
turli audiovizual axborotni kontaminasiya (aralashtirish) kilish;
vizual axborotni deformasiya kilish (ma’lum chizikli parametrini kupaytirish yoki kamaytirish, tasvirni chuzish yoki sikish);
audiovizual axborotni diskret kilish;
vizual axborotning tanlangan kismini keyinchalik joylashtirish yoki «lupa ostida» kurib chikish uchun fiksasiya kilish;
audiovizual axborotni bir ekrnada ekranning xoxlagan qismida faollashtirish imkoniyati bulgan kup darchali kilib yetkazib berish (masalan, bir «darcha»da-videofilm, boshqasida - matn);
real vaktda, real sodir bulayotgan jarayonlarni namoyish kilish (videofilm).
Xususan, multimedia tizimlari matndan kura muximrok vositalarning butun arsenalini ta’minlaydi. Multimedia dasturlari axborotni nafakat matn kurinishida, balki uch o’lchamli grafika, ovoz, video, animasiya kurinishida xam namoyish etadi. Ochiq ta’limda multimedia vositalari kullanilganda illyustrasiyalarning roli yanada ortadi.
«Illyustrasiya» atamasining ikkita asosiy tushunchasi mavjud:
qandaydir matnni to’ldiruvchi yoki tushuntiruvchi tasvir (rasm, fotografiya va boshkalar);
yaqqol kurinish va ishonchli tushuntirish maksadida misollar keltirish.
Bulardan birinchisi an’anaviy darslik kitoblarga, ikkinchisi – multimediali elektron ta’limiy nashrlardagi illyustrasiyalar roliga mos keladi. Endi barcha IKT multimedia vositalari ochik ta’lim tizimida xarakatga keltirilgan ukuv materialining asosini tashkil kiluvchi yanada murakkab momentlarni tushunish uchun oson bulgan, ya’ni yakkol kurinish va ishonarli tushuntirish uchun foydalaniladi. Shunday kilib, illyustrasiya – elektron ta’lim nashrlari strukturasidagi muxim axamiyatga ega tizim ostidir (podsistema).
Jarayonlar va ishlash mеxanizmlari to‘g‘risida tasvir va ovoz orqali tasavvurni vujudga kеltirish uchun:
vidеofilmlar
kompakt disklar
audiokassеtalar
PowerPoint matеriallari
elеktron darsliklar
O’qitishning audiovizual vositalardan o’quv maskanlarida foydalanish o’quv chilarda o’tilayotgan fan darajasida ma’lum bir tassavurlar, qiziqishlar va ko’nikmalar hosil bo’lishida katta ahamiyat kasb etadi. Audiovizual vositalar o’quvchining ikki organlariga, eshitish va ko’rish organlariga bir paytda ta’sir qiladiki, buning natijasida ularning yotilayotgan darsni yozlashtirish darajasi ancha yuqori bo’ladi.
O’qitishning audiovizual vositalari sifatida ovozli filmlarni, o’quv maskani televideniyasini va proektorlar bilan jihozlangan multimediyali kompyuter tizimlari kabilarni olish mumkin. Ovozli filmlar o’qitish jarayonida katta rol yoynaydi. Ovozli filmlar yozlarida narsalarni, hodisalarni va jarayonlarni harakatlanuvchi qiyofalarda tasvirlab, ularni har xil vaqtda qayta qayta ko’rish imkonini yaratadi. Bunda bir qancha didaktik afzalliklar mavjud. Masalan o’qituvchi filmni bir necha marta ko’rsatish, talabalar e’tiborini eng kerakli voqea-hodisalarga qaratish, ularni yaqindan ko’rsatish, ba’zi jarayonlarni sekinlatib ko’rsatish, voqea-hodisalarni keyingi rivojini ko’rsatish kabi imkoniyatlarga ega bo’ladi.
Shunday qilib, film ko’rinishidagi didaktik material quyidagi afzalliklarga ega bo’ladi:
Ma’lum bir narsalarni, voqea-xodisalarni va jarayonlarni aniq, qaytariluvchan tarzda ko’rishni ta’minlash;
Xarakatni namoyish etish;
Filmdagi qiyofa va ovoz yordamida kerakli savollarga javob berish va boshqa shu kabi afzalliklarga ega.
Agar o’qituvchi film ko’rsatishdan avval, undagi voqea-xodisalar haqida gapirib undan kaysi savollarga javoblar olishlari mumkin ekanligini o’quvchilarga aytib yotsa film yanada qiziqarli va samaraliroq bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |