Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti



Download 7,95 Mb.
bet46/93
Sana31.12.2021
Hajmi7,95 Mb.
#277226
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   93
Bog'liq
Maruza

Nazorat savollari:


  1. Raqamli taʻlim resurslarini dasturiy taʻminotlarning ahamiyatini izohlang.

  2. Raqamli kontentni yaratish uchun dasturiy vositalarni izohlang.


15 - MA’RUZA.

RAQAMLI TAʻLIM RESURSLARINI LOYIHALASH. (2 SOAT)
REJA:

  1. Raqamli taʻlim resurslarini loyihalash.

  2. O’qitishning axborot texnologiyalarini tanlash.

Shaxsiylashtirishga psi­xologiyada sub’ektning ideal vakillik, boshqa insonlar hayotida ma’naviy davom etishga ega bo’lishi va ijtimoiy hayotda rivojlangan shaxs sifatida ishtirok etishi bilan yakunlanadigan jarayon sifatida qaraladi. Jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida Internetdan foydalanishdagi yutuqlar shaxsiylashtirishning qudratli vositasiga aylanmoqda. Bugun o’quvchilar uchun kamdan-kam uchraydigan vaziyat yuzaga kelmoqda: katta hajmlar, turli xal xizmatlar, tezkor o’zgarishlar sababli bir kishi Internet haqida hamma narsani bila olmaydi, o’quvchida o’z o’qituvchilarini nimagadir o’rgatish, ularga Tarmoqda ishlash bo’yicha o’z bilim va ko’nikmalarini namoyish etish, undan ta’lim jarayonida foydalanish, shu orqali o’z shaxsiga e’tiborni tortish imkoniyati berilmoqda.

Shaxsiylashtirilgan ta’lim doirasida Internetni ta’lim jarayonida samarali va ijodiy qo’llash, Internet vositasida o’zaro boyituvchi shaxsiylashtirish uchun qulay sharoit yaratilmoqda.

Shaxsiylashtirilgan ta’lim jarayonini shaxs rivojlanishi qonuniyatlariga muvofiq har birida o’quvchilarning Internetdan foydalaniladigan izlash-tadqiqot faoliyati tashkillashtiriladigan uch bosqich ketma-ketligi sifatida qarash mumkin.



Birinchi bosqich mahsuldor-adap­tatsion. Ushbu bosqichdagi asosiy ta’lim vazifalari: Inter­netga moslashish va faoliyat mahsulotlari — shaxsiy internet-komplek­sni, shuningdek (Tarmoqda topilgan axborotlarni qayta ishlash natijasida) o’quv fanlarining o’rganilayotgan masalalari bo’yicha birmuncha yangi ma’lumotlarni yaratishdan iborat. Ushbu bosqichda o’zlashtirilayotgan standartda belgilangan ta’lim mazmunini boyitish, Internetdan topilgan ma’lumotlarga ishlov berish, uni boshqa o’quvchilar va o’qituvchilarga taqdim etish amalga oshiriladi.

Shaxsiy internet-kompleks deb o’quv-bilish faoliyati va shaxsiy qiziqishlarga muvofiq aniq shaxs tomonidan tanlangan quyidagi In­ternet tarmo/i elementlari yi/indisiga aytamiz:

  • ob’ektlarni: matn, tasvirlar, dasturlar va h.k. ishlash vositalari;

  • matnni turli tillarga tarjima qilish vositalari;

  • muloqot vositalari: forumlar, pochta konferensiyalari va b.;

  • Tarmoqda e’lon qilish vositalari;

  • axborot xavfsizligini ta’minlash vositalari;

  • yuqorida ko’rsatilgan vositalarni izlash vositalari.

Tarmoqdan foydalanish samaradorligini oshirish uchun shaxsiy inter­net-kompleksga maxsus izlash dasturini kiritish zarur — bunday dasturlar Internetdan yozib olinadi va kompyuterga o’rnatiladi. Bunday dasturlar tarmoq izlagichlariga (kataloglar, izlash mashinalari, portallar va h.k.) nisbatan qator afzalliklarga ega. Ular nafaqat izlash vositasini tanlash, balki foydalanuvchi tomonidan yangi izlash tizimlari va dastur so’roqlab o’tadigan kataloglarini qo’shish imkoniyatini beradi; izlash natijalarini saqlash, ularni Tarmoqdan uzilgan holatda ham ko’rib chiqish xususiyatiga ega; birinchi ulanishda avtomatik ravishda yangilanadi va h.k. ingliz tilini bilmaydiganlarga Surf Pilot (http:// www.surfpilot.net) izlash dasturini tavsiya etish mumkin. U 90 dan ortiq tarmoq izlash vositalaridan foydalanadi, ular «Butun Inter­net» va «Butun jahon» (mintaqalar bo’yicha izlash) bo’limlari bo’yicha birlashtirilgan. Ingliz tilini biluvchilar uchun Copernic Agent (http://www.copernic.com) samarali izlash vositasi bo’lishi mumkin. Mazkur dastur bazaviy (80 ta izlash vositasi), shuningdek shaxsiy (1000 ta vosita) va professional versiyalarda (u ham 1000 ta vositaga ega, biroq resurslar dinamikasini kuzatib borish imkoniyati beradi) taqdim etilgan.

Kompyuterga o’rnatiladigan izlagichlardan tashqari Internetning izlash tizimlari bilan tanishish va ularni ixtisoslashuvga muvofiq tanlash zarur. To’/ri tanlash uchun ushbu izlash vositalarining reytinglariga murojaat qilish va rey­tinglarda birinchi o’rinlarni egallagan izlash vositalari xususiyatlarini, ularning o’quv-bilish faoliyati, shaxsiy qiziqishlarga muvofiqligini o’rganish kerak. Masalan, «Butun ta’lim» (http://catalog.alledu.ru) maxsus katalogida Rossiyaning ta’lim beruvchi internet-resurslari ko’rsatilgan. Tarmoqning ingliz tilida so’zlashuvchi qismida Education World — «Ta’lim dunyosi» (http:// www.education-world.com) portali qiziqish uy/otadi. Fizikaga qiziqadigan o’quvchilar va fizika o’qituvchilariga ixtisoslashgan «Fizika» (http://www.professional.spb.ru) resurslar katalogini tavsiya qilish mumkin.




Download 7,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish