Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti



Download 7,95 Mb.
bet38/93
Sana31.12.2021
Hajmi7,95 Mb.
#277226
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   93
Bog'liq
Maruza

Nazorat savollari:


  1. Raqamli taʻlim texnologiyalarining didaktik tamoyillarini izohlang.

  2. Raqamli taʻlim texnologiyalari didaktik foydalanish usullari izohlang.


12 - MA’RUZA.
RAQAMLI TAʻLIM RESURSLARINI QOʻLLASHNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI. (2 SOAT)
REJA:

  1. Raqamli taʻlim resurslarning psixologik xususiyatlari tafsifi.

  2. Raqamli taʻlim resurslarini qoʻllashning psixologik xususiyatlari.

2017 yil 8 sentyarbda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining “Bolalarni ularning sog’lig’iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to’g’risida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 14 avgustdagi 625-son “Internet jahon axborot tarmog’ida milliy kontentni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorlari, jamiyatning hozirdagi internet bilan bevosita bog’liligi internetning ta’sir darajasini oshiruvchi omildir. Ushbu ta’sirni yuzaga keltiruvchi hususiyatlarni esa, internetning quyida berilgan imkoniyat va tavsiflari orqali atroflicha (ijobiy va salbiy jihatlardan) o’rganib chiqishdan iborat.

  • Globallik - butun dunyodagi axborotlar bilan tezkor tanishish imkoniyati. Bunda eng so’nggi xabarlardan ham voqif bo’lish, shuningdek, globallashuv hamda jahon taraqqiyotidagi yangiliklar bilan mutanosib bo’lish imkoniyati yuzaga keladi;

  • Markazlashmaganlik - boshqa elektron OAVdan farqli ravishda nazoratning yo’qligi, geografik joylashuvning ahamiyatsizligi va buning oqibatida to’siqsiz ravishda monopoliya yoki davlat nazoratisiz ixtiyoriy axborotni tarqatish;

  • Ochiqlik - axborot tarqatish, almashish, yaratish uchun kuchsiz to’siqlar va past narx-navoning mavjudligi. Imkoniyat bor joyda rivojlanish darajasi balandroq bo’lishi tabiiy, lekin insonga cheksiz imkoniyatlar berilganda, u doim ham imkoniyatlaridan faqat ezgulik yo’lida foydalanmaydi;

  • Cheksizlik — cheksiz axborotni saqlash imkoniyati. Axborot ko’pligi inson dunyoqarashining kengayishini ta’minlovchi omillardan biri, ammo axborotning sifat ko’rsatkichi xavfsizlik darajasida bo’lishi zarur;

  • Interaktivlik – insonlar o’rtasidagi muloqotni ta’minlash. Bunda inson uchun muloqot obektining ushbu muloqotdan ko’zda tutgan maqsadi va g’oyasidan kelib chiqib, muloqot zararli yoki foydali bo’lishi mumkin;

  • Infrastrukturaviy erkinlik - telefon tizimidan tashqari, hech qaysi infrastrukturaga bog’lanmaganlik. Infrastrukturaviy erkinlikni yuqoridagi markazlashmaganlik hamda ochiqlik ta’riflari bilan bog’lash mumkin;

  • Foydalanuvchi nazorati - foydalanuvchi uning kompyuteriga qanday axborotning kirayotgani yoki undan chiqayotganini nazorat qilishi mumkinligi;

  • Uyushtiruvchi — internet siyosiy, diniy va shu kabi turli xil nuqtai nazarlar jihatdan bir-biriga o’xshash insonlarni uyushtirishi va ma’lum maqsadlar yo’lida birlashtirishi mumkin;

Tadqiqotlar natijasiga ko’ra, «internet addiksiyasi» bilan zararlangan insonlar (91%) muloqot uchun, (80%) axborot olish uchun internet va ijtimoiy tarmoqlarga murojaat qilar ekan. Yana, ularning 86%ni anonimlik, 63%ni foydalanish erkinligi, 58%ni xavfsizlik, 37%ni soddalik kabi omillar o’ziga jalb qilar ekan.

Ispaniyaning bolalarni himoya qilish agentligi (Child Protection Agency) tadqiqotlari natijalari shuni ko’rsatdiki, internetdan doimiy ravishda foydalanuvchi bolalaming 44 foizi virtual muloqot paytida hech bolmaganda bir marta, 11 foizi esa bir necha bor ta’qib ostiga olingan. E’tiborli tomoni, so’rovlarda ishtirok etgan yoshlarning 14,5 foizi internet orqali notanish odamlar bilan uehrashuv bclgilagan, 10 foizi bunday uchrashuvlarga yolglz borgan, 7 foizi bu haqda hech kimga hech narsa aytmagan. Dunyo miqyosida esa 38 foiz bolalar zo’ravonlik ruhidagi saytlarni, 26 foizi millatchilik xarakteridagi veb sahifalarni muntazam kuzatib borishi malum bo’ldi.

O’tgan yilning oxirgi oylarida dunyoning eng mashhur kompaniyalaridan biri «Maykrosoft» (Microsoft) 28 davlatda o’zining chat xonalarini yopishini elon qildi. Bu harakat bolalar muammolari bilan shug’ullanuvchi huquq-tartibot hamda xayriya tashkilotlari tomonidan toliq qollab-quvvatlandi, chunki crkin va nazoratsiz forum xonalar spam, virus va axloqsiz axborotni tarqatish manbaiga aylanib qolgandi. Shu tariqa, MSN tekin chatlari Yevropa, Yaqin Sharq, Afrika, Osiyo va Lotin Amerikasining ko’plab mamlakatlarida o’z faoliyatini to’xtatdi. O’rniga Microsoft Messenger tezkor xabar almashinish tizimi joriy qilindiki, endilikda bu xizmatdan foydalanish uchun shaxsiy malumotlarni kiritish asosida royxatdan o’tish talab etiladi. Chunki o’tgan yili Buyuk Britaniyada shov-shuvga sabab bolgan zo’ravonlar ustidan o’tkazilgan sud jarayonlarining kamida 26 holatida qurbonga aylangan bolalar ta’qibchilar bilan virtual muloqot orqali tanishgani aniqlandi.

Xulosa o’rnida zamonaviy texnologiyalaming tez sur’atlarda o’sishiga qaramay, ba’zan odamlar ulardan oqilona foydalanish qanday kechishi kerakligini toliq anglab yetmaydi. Kompyuter va internetgacha bolgan davrda o’sib-ulg’aygan ko’plab ota-onalar va muallimlarning katta qismi, agar bola internetdan foydalana boshlasa, buning, albatta, foydasidan zarari koproq, deb oylaydi. Bolani kompyuter yoki internetdan chalgltish harakati zamirida aslida boshqa bir muammo, ya’ni kattalarning bu masalada nisbalan savodsiz ekani aniqlandi.

Biroq agar ular o’zlari avval texnologiyalar savodsizligi masalasiga jiddiyroq yondashib, uni bartaraf etishsa, maqsadga muvofiq bolardi.

Negaki, savodsizlik masalasidan qochish orqali bolani texnologiyalardan ajratib qoyish to’g ri emas. Buning ustiga yana bir jihat e’liborga loyiq: aynan kattalarning lutgan yolidan kelib chiqqan holda bolalarda kibernetik do’stiga nisbatan munosabat shakllanadi. Shubhasiz, internet bilim va kerakli axborotni olish uchun ulkan imkoniyatlar yaratadi, biroq tarmoqqa joylashtiriladigan katta hamjdagi axborotning barchasini ham ishonchli va foydali deb bolmaydi. Foydalanuvchilar ma’lumotlarning tog’riligini aniq ajrata bilishi uchun tanqidiy fikrlash qobiliyatiga ega bolishi talab etilarkan. Bu jihat «Internetda bolsa, demak, to’g’ri» deya fikrlaydigan bolalarga ham tegishlidir. Bu borada ularga intcrnctda xohlagan inson o’z sahifasini yaratishi, unga har qanday malumotni joylashtirishi va bunda unga hech kim to’siqlik qila olmasligini vaqtida tushuntirish zarur. Bolalarga keng doiradagi manbalardan foydalanishga yonaltirish natijasida faktlami fikrlardan farqlashga, to’g’riligi tasdiqlanmagan axborotdan himoyalanishga ularni o’rgatish mumkin.

Elektron qurilmalarga qaramlik ham shunday xobbilardan biri bo’lib, bunday qaramlikka tushgan odamda uyali telefon, cho’ntak kompyuteri, MR3-pleer va shu kabi mitti qurilmalarga ega bo’lish istagi nihoyatda kuchli bo’ladi. Ularga ega bo’lish, yo’riqnomada yozilganlarini oxirigacha sinab ko’rish, hadeb yangiroq rusumdagisini sotib olishga intilish ham shunday salbiy odatlardan hisoblanadi. Bunday ishtiyoqmandlikka uchragan odamlar biror elektron qurilmasini uyda unutib qoldirsa bormi, kun boyi o’zini o’ng’aysiz sezadi, ruhiy tushkunlik holatida yuradi. E’tibor bergan bo’lsangiz, uyali telefonga qaram bo’lib qolgan odam bo’larbo’lmasga do’stlari va tanishlariga qo’ng’iroq qilaveradi yoki tinimsiz SMS xabar jo’nataveradi. Internetga qaramlikni hozircha tibbiyot rasman ruhiy buzilishiar qatoriga kiritmagan.

Biroq, shunday bo’lsada, bugungi kunda Internetga qaramlik muammosi haqida tez-tez gapirilmohda. Bunday qaramlikka uchragan odamda hadeb Internetga kirish istagi kuchli bo'ladi va kirgach undan vaqtida chihib ketolmaydi. Internet tarmog'idan qo'qqisdan uzilib qolish bunday odamda tashvish va hissiy qo’zg'alish paydo qiladi. Turli tadqiqotlar malumotiga ko'ra dunyoda 10%ga yaqin odamlar internet qaramligiga duchor bo’lgan. Bunday qaramlikning ogirroq bosqichi doimo kompyuter ro'parasida o’tirish, bir o'tirib olgach do’stlar hatto qarindoshlar bilan uchrashishdan ham voz kechib yuborishdir. Yaxshiyamki, bunday holat kamdan-kam uchraydi. Biroq, bir kunda bir necha marta o’z electron manzilini tekshirish va hadeb internet-mulohot sahifalariga kirib ko’raverish ham unchalik yaxshi emas.




Download 7,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish