Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti



Download 7,95 Mb.
bet19/93
Sana31.12.2021
Hajmi7,95 Mb.
#277226
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   93
Bog'liq
Maruza

Mobile Learning. Mobil о’qish va о’qitish. Apparat va dasturiy ta’minot yutuqlari mobile “smart phones” makonini yaratishdagi vositalarni yaratilishiga turtki bо’ldi. Internet tarmog’iga ulangan va xisoblash imkoniyatlarga ega yobil qurilmalar xattoki zamonaviy kompyuterlardan ommalashib ketdi.

Bugungi kunda yer kurrasida shaxsiy va portativ kompyuterlarga nisbatan mobil texnologiyalar orqali internetga ulanish bir necha barobar oshib ketdi (The Economist, 2012). Jumladan mobil internet trafigi (Meeker, 2014) butun dunyo internet trafigining 25 % tashkil etmoqda. Rivojlangan mamlakatlardagi statistik ma’lumotlar shuni kо’rsatmoqdaki, bu qurilmalar aksariyat holatlarda intellektual tizim tashkil etuvchisi hisoblanmish smartfon yoki planshetlardir. Mobil qurilmalar imkoniyati nafaqat qо’ng’iroq qilish yoki xabar almashish uchun balki undan kengroq vazifalarni bajarishga mо’ljallangan. Bugungi kunda bu qurilmalar kо’pgina foydalanuvchilar uchun axborot olish, bilimlarni shakllantirish, fikr almashish imkoniyatlarini taqdim etmoqda. Darhaqiqat, bugungi kunda biz mobil ta’lim yoki m-learning haqida kо’p va juda kо’p marotaba eshitmoqdamiz. Nima uchun aynan m-learning? Uning qanday imkoniyatlari bor? U qanday amalga oshiriladi? Uning qanday kamchiliklari bor? Ushbu bobda mana shu savollarga javob berishga harakat qilamiz.



Portativ qurilma va mobil qurilmalarning farqli jihatlari shundan iboratki, portativ qurilmalarda qoidaga kо’ra qurilmaning quvvati A nuqtada tugasa yoki u о’chirilsa uni faqat B nuqtaga kо’chirganda ishga tushirish mumkin. Mobil qurilmalarda esa A va B nuqtalarning orasida istalgan nuqtada qurilmadan foydalanish imkoniyati mavjud (Puentedura, 2012). Mobil telefonlar - oddiy mobil telefondan tortib to smartfongacha mobil operatsion tizimlar asosida ishlaydi va mobil qurilmalar tarkibiga kiritiladi, noutbuklar esa bundan mustasno.

Mobil qurilmalar tarkibiga bugungi kunda yо’qolib borayotgan (chо’ntak shaxsiy kompyuteri) va MP3 pleyer kabi eski qurilmalar hamda fitnes-grupp, smartwatches i smart-kо’zoynaklar kabi yangi qurilmalar kiradi.

Rivojlangan davlatlarda mobil qurilma va telefon egalarining soni jadal tarzda ortib bormoqda. Kо’pgina ta’lim muassasalari ta’limning BYOD (Bring Your Own Device-О’z qurilmangni olib kel) uslubiga о’tmoqda. Mazkur uslub ta’lim muassasini kompyuter qurilmalari bilan jihozlash xarajatlarini kamaytirishga sabab bо’ladi, chunki mobil qurilma egalari о’z qurilmalarini, muassasa kompyuter jihozlarini yangilashiga nisbatan tezroq yangi modelga almashtiradi. M-learning shunday ta’lim turiki ushbu ta’lim mobil qurilmalar yordamida amalga oshiriladi.

Bu birinchi navbatda mobillik prinsipiga asoslangan bо’lib, boshqa ta’lim turlari va e-learning ga nisbatan m-learning aniq qayd etilgan joyda amalga oshirilmaydi. Lekin bugungi kunda mobillik prinsipi uchta darajada qо’llaniladi va ta’limning har bir yangi darajasida ahamiyati oshib bormoqda. Birinchi darajada faqat qurilmalar mobil hisoblanadi, (aslida ular joyidan qо’zg’ala oladigan qurilmalar xolos) va bu jarayon ishtirokchilar, ta’lim oluvchilar va ta’lim mazmuni statik hisoblanadi.

Misol uchun, maktab yoki ta’lim muassasasi bitta sinfga mо’ljallangan noutbuklarni sotib oldi, mazkur qurilmalar sinfdan sinfga kо’cha oladi, lekin ta’lim beruvchi pedagog ularni xuddi statsionar kompyuter oldida о’tirgan о’quvchiday qayd etadigan tizim orqali boshqaradi. Mobil qurilmalarni bu tarzda ishlatilishi ma’lumotni uzatishning iyerarxik prinsipiga asoslanadi. Lekin bunday ish prinsipini ba’zi aloqa operatorlari qо’llab quvvatlamaydi.

Ikkinchi darajada esa, qurilma va ishtirokchilar mobil. Lekin ta’lim mazmuni statik hisoblanadi. Masalan о’qituvchi, jarayon ishtirokchilaridan veb brauzer yordamida Internetdan ma’lumot qidirishni iltimos qildi, ular ma’lum axborotni topishganidan keyin xona bо’ylab harakatlanib topilgan axborotni jarayonning boshqa ishtirokchilari bilan fikr almashadi.

Mobillikning mazkur turi hamkorlikni rivojlantirishga yordam beradi, lekin ta’lim mazmuni mobil tarzda emas, shu holat istalgan tizimda yoki istalgan muhitda xuddi shu trazda kechishi mumkin va bunda hech bir element о’zgarmas bо’ladi.

Uchinchi darajada qurilma, ta’lim jarayoni ishtirokchilari va ta’lim mazmuni mobil hisoblanadi. Masalan, о’qituvchi ishtirokchilardan xonani tark etib yaqin atrofda joylashgan tarixiy obidalarni aniqlash va ularni tasvirga olish, ular haqida ma’lumot tо’plash va internet orqali fikr almashish, ma’lumotlar bilan bо’lishishga topshiriq beradi. Bu holatda ta’lim mazmuni mobil hisoblanadi.

Shunday qilib mobil ta’limning birinchi darajasi odatda ma’lumot uzatish yoki iyerarxik uslubga bо’ysunadi, ikkinchi daraja esa birinchi darajani tо’ldiradi va qо’shimcha imkoniyatlarni taqdim etadi. Uchinchi daraja esa ikkinchi darajani tо’liq qoplaydi va pedagogik faoliyatda ta’lim maqsadiga eriishishning eng muhim va mukammal uslublaridan biriga aylanadi.

M-Learning evolyusiyasini tahlil qiladigan bо’lsak, uchta asosiy jihatga ahamiyat berish zarur (Pegrum, 2014):

Birinchi jihati ta’limni rivojlantirish uchun ta’lim berish va ta’lim olish jarayonini о’zgartiradi. Buning mazmuni, ta’lim jarayonida ta’lim oluvchiga yuklama ortadi, asosiy e’tibor mustaqil ta’lim olish va amaliy kо’nikmalarni rivojlantirishga yо’naltirilgan bо’ladi. Ushbu dastur doirasida ta’lim oluvchi, ishtirokchilar va ta’lim mazmuni va barcha tashkil etuvchilar mobil hisoblanadi. Natijada, birinchi jihat, keng imkoniyatga ega murakkab mobil qurilmalardan foydalanish darajasiga bog’liq. Bu ta’lim texnologiyalarini rivojlantirishning eng ilg’or texnologiyalaridan biri bо’lib, tо’ldirilgan borliq(augmented reality) loyihasi misol bо’la oladi.

Ikkinchi jihat esa 21-asr kо’nikmalarini rivojlantirish masalasini qamrab oladi. 21-asr kо’nikmalari globallashuv davridagi yangi texnologiyalarni qо’llash bilan bog’liq hayotiy kо’nikmalarni shakllantirishga qaratilgan.


  • Bu esa ijodkorlik, innovatsiya va aksariyat hollarda tadbirkorlik (Zhao, 2012);

  • Tanqidiy fikrlash, hamkorlik kommunikatsiya kо’nikmalari (Mishra & Kereluik, 2011);

  • Raqamli kompetentlikning keng jihatlari (Dudeney, Hockly & Pegrum, 2013) bilan bog’liq.

Ikkinchi jihat ta’lim oluvchilardan mobillikni talab etadi hamda mobil qurilmalarning texnik va texnologik jihatlarini hisobga olib tо’ldirilgan borliq texnologiyalari bilan maksimal tarzda foydalana olish imkoniyatlarini qamrab oladi.

- Uchinchi jihati aholining kam ta’minlangan qatlami, imkoniyati cheklangan, markazdan uzoqda yashovchi ta’lim oluvchilarga yetarli darajada ta’lim olish imkoniyatini beradi.




Download 7,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish