Michigan universiteti — AQShdagi yetakchi oʻquv va ilmiy markazlardan biri. 1817 yil Detroyt shahrida tashkil etilgan. Dastlab oliy oʻquv yurti makrmiga ega boʻlmagan. Oliy oʻkuv yurti si-fatida 1837 yil Ann-Arbor shahrida taʼsis etilgan. Meʼmorlik, muxdndislik, adabiyot, sanʼat, farmatsevtika, stomatologiya, ped., huquq, kutubxonashunoslik, tibbiyot, musiqa, jamiyatshunoslik hamda ijtimoiy munosabatlar va boshqa sohalar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. 37 mingga yaqin talaba taʼlim oladi. Kutubxonasida 4 mln. dan ortiq asar saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |