Ketma-ketli hisoblagichlar. Soddalik uchun statik boshqaruvli uchta triggerdan tashkil topgan jamlovchi hisoblagich ishini ko`rib chiqamiz. Bunday hisoblagichning o`tishlar jadvali 21.1-jadvalda, uning funksional sxemasi esa 1.1- rasmda keltirilgan. Odatda, triggerlar, demak hisoblagichlar VA, qo`shimcha hisoblagich chiqishlarida oldindan belgilangan sonni o`rnatuvchi So`rnatish kirishiga yoki hisoblagichni dastlabki holatiga qaytaruvchi signal beruvchi R olib tashlash kirishlariga ega.
9.1-jadval
Jamlovchi hisoblagichning holatlar jadvali
m
|
Q3
|
Q2
|
Q1
|
0
|
0
|
0
|
0
|
1
|
0
|
0
|
1
|
2
|
0
|
1
|
0
|
3
|
0
|
1
|
1
|
4
|
1
|
0
|
0
|
5
|
1
|
0
|
1
|
6
|
1
|
1
|
0
|
7
|
1
|
1
|
1
|
8
|
0
|
0
|
0
|
9.1-rasm.Ketma-ket uzatiluvchi ikki pog`onali T-triggerliuch razryadli jamlovchi hisoblagich sxemasi.
Sanoq boshlanishidan oldin barcha triggerlar chiqishlarida nol daraja (Q3=Q2=Q1=0) bo`lgan dastlabki holatga keltiriladi. Buning uchun hisoblagich sxemasida R kirishlari o`rnatilgan bo`lib, ular «0 ni o`rnatish» umumiy shinasiga ega. Bu shinaga olib tashlash impulsi beriladi. Ma’lumotlari ketma-ket uzatuvchi hisoblagichlarda sanoq impulslari triggerning birinchi razryad kirishiga beriladi. Bu Skirish. Keyingi keluvchi har bir razryad uchun qayta ulanish signallari avvalgi razryadning invers chiqishidan uzatiladi, ya’ni hisoblagich razryadlari ketma- ket qayta ulanadi. Triggerning invers chiqishlari ishlatilmaydi, So`rnatish kirishlarida esa mantiqiy 0 potensiali mavjud bo`ladi. Bu yerda m — sanoq boshidan berilayotgan kirish impulsi raqami.
Hisoblagich ishini 9.1-jadvalga asosan tahlil qilamiz. Ko`p razryadli ikkilik sonning kichik razryadiga mos keluvchiQ1o`z holatini har sanoq impulsi kelishi bilan; Q2 har ikkinchi impuls kelishi bilan, Q3 esa har to`rtinchi impuls kelishi bilan o`zgartiradi. Uch razryadli hisoblagich impulslarining maksimal soni 7 ga teng. Sakkizinchi impuls kelganda hisoblagich 0 ga o`tadi va hisobni yangidan boshlaydi. Agar hisoblagichchiqishilaridaQ3 = 1, Q2 =0, Q1 kombinatsiya yoki 101 ikkilik uch razryadli son mavjud bo`lsa, bu hisoblagichga beshinchiimpuls kelganini anglatadi. Statik boshqaruvli triggerlardaSchiqishning T0 aktiv mantiqiy darajasi bo`lib mantiqiy bir signali hisoblanadi. Shuning uchun buQ1Q2Q30 ni o`rnatishsignal berilishi davomida trigger S kirishdagi xalaqitlarni (shovqinlarni) bemalol qabul qilishi mumkin. Yolg`on ishga tushib ketishni bartaraf etish uchun Skirishda signal mavjud bo`lgan vaqt mobaynidaSma’lumot kirishida signal mantiqiy 0 ga teng miqdorda o`zgarishsiz qolishi kerak. Amalda bu talab raqamli qurilmaning murakkablashib ketishiga olib keladi.
Dinamik boshqaruvli triggerlar yuqorida aytib o`tilgan kamchilik- dan holi. Ketma- ket uzatishli dinamik D-triggerlarda bajarilgan uch razryadli jamlovchi hisoblagich sxemasi 9.2-rasmda keltirilgan.
9.2-rasm.Ketma-ket uzatishli dinamik D-riggerlarda bajarilganuch razryadli, jamlovchi hisoblagich sxemasi.
Ketma-ket keluvchi har razryad holatining o`zgarishi avvalgi razryadning 1 dan 0 ga o`zgarishi, ya’ni boshqaruv impulsining kesimi bilan amalga oshiriladi. Bu esa trigger qisqa vaqt mobaynida qayta ulanishi mumkinligini anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |