Shina topologiyasi
«Shina» topologiyasi (ba’zi hollarda «umumiy shina» ham deb ataladi) o‘z tashkiliy qismi bilan tarmoq kompyuter qurilmalarining bir turda bo‘lishini va barcha abonentlar teng huquqligini taqozo qiladi. Bunday ulanishda kompyuterlar axborotni faqat navbat bilan u/.nta oladi, chunki aloqa yo‘li bitta. Aks holda uzatilayotgan axborot ustma-ust bo‘lishi natijasida o‘zgaradi (konflikt, kolliziya holatlari). Shunday qilib, bu turdagi axborot almashinuvi yarim dupleks ish (artibida amalga oshiriladi (hal duplex), almashinuv bir vaqtning o zida emas, navbat bilan ikki yo‘nalishda ham amalga oshiriladi. «Shina» topologiyasida markaziy abonent bo‘lmagani uchun puxtaligi boshqa topologiyaga nisbatan yuqoridir. Markaziy kompyuter ishdan chiqqan holatda, boshqarilayotgan sistemaham o‘z vazifasmi bajarishdan to‘xtaydi. Shina tarmog‘iga yangi abonent qo'shish ancha oddiydir va yangi abonentni tarmoq ishlab turgan vaqtda ham qo‘shish mumkin. Boshqa topologiyadagi tarmoqlarga nisbatan shinada eng kam uzunlikda kabellar ishlatiladi. Shuni hisobga olish kerakki, har bir kompyuterga (ikki chetdagi kompyuterdan tashqari) ikkitadan kabel ulanadi, bu esa har doim ham qulay emas. Mumkin bo‘lgan konfliktlami hal qilish har bir abonentning tarmoq qurilmasi zimmasiga tushadi. «Shina» topologiyasida tarmoq adapterining qurilmasi boshqa topologiyadagi adapter qurilmasiga nisbatan murakkabroqdir. Lekin «Shina» topologiyasida mahalliy tarmoqlarning (Ethernet, Arcnet) keng tarqalganligi uchun tarmoq (lurilmalarining narxi unchalik qimmat emas. Shinadagi kompyuterlarning biri ishdan chiqsa, tarmoqdagi qolgan kompyuterlar bemalol axborot almashinuvini davom ettirishi inumkin. Kabellarni uzilishi ham qo‘rqinchli emasdek tuyiladi, chunki biz uzilish bo‘lganda ikkita ishga layoqatli alohida shinaga ega bo‘lamiz. Lekin elektr signallarni uzun aloqa yo‘lidan tarqalish xususiyatidan kelib chiqqan holda, shina oxirlariga maxsus moslash- tirilgan qurilmalar, ya’ni terminator ulanishi lozim. Terminatorsiz ulanganda signal aloqa yo‘lining oxiridan aks sado tarqaladi va surilish hosil bo‘lishi nalijasida tarmoqda aloqa amalga oshishi mumkin bo‘lmay qoladi. Shunday qilib, kabel shikastlanganda yoki uzilish hosil boclganda aloqa yo‘lining moslashuvi buziladi va hattoki o‘zaro ulangan kompyuterlar o‘rtasida ham axborot almashinuvi to‘xtaydi. Shina kabelining xohlagan qismida yuz bergan qisqa to‘qnashuv natijasida butun tarmoqning ish faoliyati to‘xtaydi. Shinadagi tarmoq (|urilmalaridan birortasi buzilgan taqdirda uni ajratib qo‘yish qiyin,chunki hamma adapter!ar parallel ulanganligi sababli ularning qaysi biri ishdan chiqqanligini aniqlash oson emas. «Shina» topologiyali tarmoqning aloqa yoiidan axborot signallari o‘tish davomida so‘nish yuzaga keladi va u qayta tiklanmaydi, shuning uchun kabelning umumiy uzunligiga chegara qo‘yiladi. Bundan tashqari, abonent tarmoqdan turli amplitudali signal oladi, buning sababi axborot uzatayotgan kompyuter va axborot qabul qilayotgan kompyuterlar orasidagi masofaga bogiiqdir. Bunday vaziyat tarmoqning axborotni qabul qilish qurilmalariga qo'yiladigan qo'shimcha talablarni oshiradi.[2]
Xulosa
Kompyuterlarda malumotlarni bir biriga uzatish uzaro aloqa va boshqa boglanmalarni uz zimmasiga oladigan uzatgich yani shinalar(bus) deyiladi. Shinalar xususiyatiga kura xar xil buladi uning tezligi, kengligi, qaysi oiladanligi, taktik chastotasi, va boshqa kursatgichlari bilan ajratish mumkin. Shinalar asosan ikki xilda buladi tashqi va ichki shinlar .Hozirda "uchinchi avlod" shinalar bozorga kirish jarayonida, shu jumladan zamonaviy integral mikrosxemalar ko'pincha "intellektual mulk" yoki IPning oldindan belgilangan qismlaridan ishlab chiqiladi. Integral mikrosxemalarning turli qismlarining soddalashtirilgan integratsiyasi uchun ishlab chiqilgan.
Foydalangan adabiyotlar:
1.M.M Musayev «Kompyuterni tashkil etish» 42-60 betlar. Toshkent 2011
2.A.A. Qaxxarov, YU.SH. Avazov, U.A.Ruziyev «Kompyuter tarmoqlari va tizimlar».128-129 betlar. Toshkent 2019.
Do'stlaringiz bilan baham: |