Ikkinchi bosqich: 6, 10 kV li taqsimlovchi elektr tarmoqlar uchun informasion baza yaratish asosida har bir fider uchun sutkali texnik isroflarning yuqori aniqlik va ishonchlilik bilan hisoblash va har bir 6, 10 kV li fider uchun kirim-chiqim nobarobarligi (nebalans) isroflarni aniqlash. Kirim-chiqim nobarobarligi isroflari asosida elektr tarmoqning isroflari me’yordan oshgan elementlarini aniqlash. Bu istiqbolli, hisoblar har bir kecha kunduz uchun uzluksiz bajariladi. Shu asosida energiyatejash tadbirlari aniqlanadi va sutka davomida bajarilishi nazorat qilinadi.
Informasion baza yaratish uchun har bir 6, 10 kVli podstansiyaning iste’molchilari quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
Uy ro‘zg‘or buyumlari
Kichik mator iste’molchilar
Fasliy iste’molchilar
3.2.-rasmga qarang
Protsessorli elektrn hisoblagichga har bir guruh uchun transformatorning sutkali yuklantirish koeffisientini alohida hisoblash EHM dasturi kiritiladi. Yuklantirish koeffisientining sutka davomida o‘rtacha qiymati
Bu formulada:
K=1, 2, ………k- sutkali iste’mol grafigining pog‘onalar soni;
Sk – galdagi pog‘onalar soni;
Snt – transformatorlarning me’yoriy qiymati.
Agar elektr tarmoqda kuchlanishning past baladlik darajasi davlat standarti talablariga javob bersa
35/10 kV li chegaraviy podstansiyaning 6, 10 kV li fideri 3.3.-rasmda, uning axborot bazasi 3.4.-rasmda ko‘rsatilgan.
Nobarobarlik isrof
Bu formulada:
Eo‘lch – chegaraviy podstansiya o‘lchash majmuasida qaydlangan elekt energiya;
- elektr uzatish yo‘li va transformatorning bir sutkali texnik isrofi.
Barcha tarmoqlangan murakkab elektr tarmoq elementar sodda elektr uzatish yo‘li qismi va transformatordan iborat (3.2.-rasmga qarang). Mana shu elektr uzatish yo‘lining elementar qismi uchun bir sutkali texnik isrof
Podstansiyaning transformatorlari uchun sutkali texnik isrof:
3.3.-rasmga keltirilgan informasion tizimga mos
Bu formulada: K-transformatorlarning raqamli belgisi
m-n – EUY elementar qismining raqamli belgisi
Nobarobarlik isrof
Eo‘lch – chegaraviy podstansiya o‘lchash majmuasida qaydlangan elekt energiya;
Bu bosqich butun elektr tarmoqlarning asosiy qismi bo‘lgan 6, 10kV li tarmoqlarning sutkali iste’mol va isroflarni uzluksiz nazoratini amalga oshirish imkoniyatini beradi.
Uchinchi bosqich: Bu bosqichning asosiy maqsadi tijorat va nazorat o‘lchovlarining avtomatlashtirish va avtomatik nazorat va o‘lchov tizimining asosini shakllantirish. Buning uchun avval ENHAT ning pastki qismi ya’ni, 6, 10 kV li tuman elektr tarmoqlarining o‘lchash majmualarining qaydlagan elektr energiya miqdorini bir markazda (serverda) jamlash. Buning uchun tarmoq dispetcher xizmati xonasida EHM asosida yig‘ilgan axborotni jamlash, hisoblash va uzatish tizimi (AJUT) o‘rnatiladi (avtomatlashgan ish o‘rni). Misol uchun Rossiyadagi “Energiyamer” ishlab-chiqarish va tijorat kompaniyasi “Elster-Metronika” markali “Ustroystvo sbora i peredachi dannix” USPD serii RTU-300 asosida 100-ta O‘M sidan signal oluvchi tuzulmani qo‘llash mumkin. Barcha past qismdagi alohida ENHAT lar shakllanganda keyin yuqori qism viloyat dispetcher xizmatida, AJUT o‘rnatiladi.
6,10 kV li O‘M lari pastki qism va yuqori qismidagi AJUT lar aloqa kanallari bilan bog‘lanadi. Barcha O‘M lar, AJUT lar va aloqa kanallari yagona ENHAT ning shakllantiradi.
Bu yagona tizimda O‘M lari ayniqsa katta ahamiyatga. Tijorat o‘lchovlari uchun elektrn hisoblagichlarning aniqligi 0,25 dan 0,5 gacha bo‘lishi kerak, nazoart o‘lchovlari uchun elektron hisoblagichlarning aniqligi 1,0 bo‘lishi kifoya.
Protsessorli elektron hisoblagich yuqorida keltirilgan ifodadagi transformatorni yuklantirish koeffitsenti β-ning (istalgan) topshirilgan vaqt davomida o‘rta qiymatini hisoblab, interfeys –displeyga chiqaradi, masofaga uzatib bevosita EHM ga kiritish imkoniyatini beradi .
Uchinchi bosqichning asosiy maqsadi:
tijorat o‘lchovlarning yuqori aniqlig va ishonchlilik bilan amalga oshirish va tijorat munosabatlarini oydinlashtirish;
nobarobarlik isroflarni uzluksiz yuqori aniqlilik va ishonchlilik bilan avtomatik ravishda hisoblash asosida energiyatejash tadbirlarini ishlab-chiqish va bajarilishini uzluksiz nazorat qilish;
Do'stlaringiz bilan baham: |