Shunday qilib, kalkulator yordamida uncha murakkab bo‟lmagan statistik va
muhandislik hisoblashlarini bajarish mumkin.
Kalkulatorning qiymatlarni kiritish oynasidan so‟ng qiymatlarni 16, 10, 8 va
2 lik sanoq sistemalariga o‟tkazish va burchaklarni radian va graduslarda berish
uchun mo‟ljallangan Hex, Des, Ost, Bin tugmalari alohida qatorda jamlangan. Bir
78
sanoq sistemasidan ikkinchisiga o‟tishda haqiqiy sonlarning kasr qismi tashlab
yuboriladi.
Kalkulator funksional tugmalarining vazifalari va klaviaturadagi mos
tugmalar 7.j.- jadvalda aks ettirilgan.