11.3.-rasm. Fayl nomini o’zgartirish yoki fayl joyini o’zgartirish
F7 – yangi katalog hosil qilish. Bu klavish bosilganda yaratilayotgan yangi
katalogning (papka) oynasi paydo bo‟ladi. Bu oynada papkaga nom kiritib, Enter
klavishi bosiladi (11.4.-rasm).
11.4.-rasm. Yangi papka yaratish
F8 – aktiv yoki tanlangan fayl yoki kataloglarni o‟chirish. Agar haqiqatdan
ham o‟chirishga ishonchingiz komil bo‟lsa, удалить buyrug‟ini “sichqoncha”
chap tugmachasi bilan bir marta chertasiz yoki Enter klavishini bosasiz. Agar
fikringizdan qaytsangiz Oтменить yoki Esc tugmachasini bosasiz (12.5.-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |