9.4 Mufta montaji
Optik – tolali kabellarning mufta montaji o‘z ichiga quyidagi texnologik operasiya
jarayonlarini oladi.
1. Payvandlash taqsimlagichini tayyorlash;
2. Kabellarning ohirgi tomonidan uchlarini ajratish;
3. Tolalarni payvandlashga tayyorlash;
4. Kabel uchlarini muftaga maxkamlash;
5. Kassetaga kabel modullarini maxkamlash;
6. Tolalarni payvandlash;
7. Modullarni joylashtirish, kasseta maxkamlanib va payvandlagan blokni yopish;
8. Tayyor muftani yopish.
Muftalar montaji payvandlash kassetasini tayyorlashdan ya’ni uning ichiga
taqsimlagichni joylashtirishdan boshlanadi. Shundan so‘ng kabel uchlari ajratiladi va
tashqi polietilen qobig‘ kesiladigan joy belgilanib, avval pichoq yordamida
kundalangiga va uzunasiga ikkita bo‘lakga ajratish uchun kesiladi. Polietilen qobig‘
termouskuna yordamida qizdirilib shundan so‘ng ajratilib yechiladi. To‘lqinsimon
qobig‘ avval ustiga qoplangan yopishtiruvchi qoplami artib tozalanadi va avval qobig‘
bir muncha qizdirilgandan so‘ng ulangan chokidan ajratiladi hamda olib tashlanadi.
Uning tagidagi aramid ip to‘qimalari 200 mmga qadar qisqartiriladi. Modullar
termouskunalar yordamida issiq havo ostida 550 mm uzunlikda tekislanadi. Shundan
so‘ng qabul qilib modullar qabul qilingan metodika asosida qizil rangdan boshlab
montaj uchun tayyorlanadi. Markaziy kuchaytiruvchi element esa 300 mm uzunlikga
qadar qisqartiriladi, agar optik kabel to‘lqinsimon po‘lat qobig‘ga ega bo‘lsa, u holda
ignali qisqich yordamida muftaning ichki platasiga maxkamlanadi. Blokda joylashgan
qattiq ushlab turuvchi qisqich orasida joylashgan kassetalar bo‘shtiladi. Markaziy
kuchaytiruvchi element bilan birga aramid ip to‘qimalari bog‘langan blokning pastki
tomonidan o‘tkazilib kuchaytiruvchi uskunaga olib boriladi va shayba hamda bolt
yordamida tortilgan bog‘lam maxkamlanadi, uning uchlari esa kesib tashlanadi.
Shundan so‘ng modul maxsus keskich yordamida aylanma qilib kesiladi va sekin astalik
bilan o‘raladi. Tasma bilan o‘ralgan modul kassetaga joylashtirilib qisqich yordamida
maxkamlanadi. Modulldan ajratilgan optik tolalar kasseta ichiga maksimal egilish
radiusi bo‘yicha uchta o‘ram qilib aylantirib joylashtiriladi.
Kasseta ichiga joylashtirilgan tolalar payvandlash apparatining yuqori qismiga bolt
bilan maxkamlanadi. Modul esa payvandlash apparatining modul ushlagich ichida
maxkamlanadi. Stripper yordamida tolalar 40 mm uzunlikda muxafazalovchi qoplam va
tolalar qobig‘i tozalanadi. qobig‘dan ajratilgan tola yumshoq qog‘oz salfetka yordamida
yaxshilab artilib tozalanadi. Payvandlash apparatining maxsus keskichi yordamida tola
o‘zagi to‘g‘ri burchak ostida sindiriladi va apparatning chap tomoniga qisqich
yordamida joylashtiriladi. Xuddi shunday operasiya yuli bilan o‘ng tomondagi tola
qisqich yordamia joylashtiriladi. Payvandlash apparatida tolalar biri–biri bilan
payvandlab ulanadi. Payvandlab ulangan tolalar payvandlash taqsimlagichining birinchi
joyiga joylashtiriladi. Shu usul bilan moduldagi qolgan optik tolalar payvandlab ulangan
payvandlash taqsimlagichining keyingi joylarda joylashtiriladi va kompaund quyilib
usti yopiladi.
Payvandlash taqsimlagichlari joylashgan kasseta aylantirilmay uning ichiga
modullar yoki muxafazolovchi adapter naychalari bir–biri ustiga joylashtiriladi. Kasseta
mufta ichiga joylashtirilib bolt yordamida maxkamlanadi. Hamma tolalari
payvandlangan kassetalar mufta ichiga joylashtirilib bo‘lgach mufta quyidagicha
yopiladi. Mufta ichiga kiritiladigan kabel qobig‘i yaxshilab tozalangach kompaund
surkaladi va quritiladi, qobig‘ ustiga o‘raladigan yopishqoq tasma qisqichga qadar
o‘raladi. Usti o‘ralgan qobig‘ diametri kalibrator yordamida tekshiriladi. Agar muftaga
ikkita kabel kiritiladigan bo‘lsa, u holda qolgan ikkita kabel kiritiluvchi teshiklar
maxsus vtulka (qopqoqlar) yordamida berkitiladi.
Muftaning pastki yarmi ulanadigan joyiga muftani germetizasiya qilish uchun
germetik shnur o‘raladi. Muftaning pastki qismiga quritgich paketi ochilib solinadi.
Muftaning pastki yarim qismi ustiga ustki yarim qismi asta sekinlik bilan joylashtirilib
bir–biri bilan siqiladi. Muftani siqish uchun avval muftaning kichik tomonidagi boltlar
buralib siqiladi. Muftalar orasidagi oraliq kalibratorlar yordamida tekshiriladi, shundan
so‘ng muftaning uzun tomonidagi boltdlar siqib tortiladi. Muftaning yopilish sifati
kalibrator yordamida tekshiriladi va boltlar yopishqoq tasma bilan yopishtirilib
muhofazalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |