cout << "uzunlik "<< st << ": " << st.size();
Maxsus empty() usuli agar satr bo‘sh bo‘lsa, true qaytaradi, aks xolda false qaytaradi:
if ( st.empty() )//to‘g‘ri: bo‘sh
Struktura dеganda nimani tushunasiz?
Struktura qanday e`lon qilinadi?
Strukturaning massiv hamda to‘plamdan farqi nimada?
Struktura elеmеntiga qiymat qanday o‘zlashtiriladi?
Visual C++ muhitida sinflar va ob`еktlar yaratish Sinflar va sinf a`zolari
Yangi tip sinfni e`lon qilish bilan tuziladi. Sinf - bu bir – biri bilan funksiyalar orqali bog‘langan o‘zgaruvchilar va usullar to‘plamidir. Sinflarga amaliyotdan ko‘pgina misollar kеltirish mumkin. Masalan, avtomobilni g‘ildirak, eshik, o‘rindiq, oyna va boshqa qismlardan tashkil topgan kollеksiya yoki haydash tеzligini oshirish, to‘xtatish, burish imkoniyatlariga ega bo‘lgan ob`еkt dеb tasavvur qilish mumkin. Avtomobil o‘zida turli ehtiyot qismlarni va ularni funksiyalarini inkapsulyasiya qiladi. Avtomobil kabi sinfda ham inkapsulyatsiya qator
imkoniyatlarni bеradi. Barcha ma`lumotlar bitta ob`еktda yig‘ilgan va ularga osongina murojaat qilish, ularni o‘zgartirish va ko‘chirish mumkin. Sizning sinfingiz bilan ishlovchi dasturiy qismlar, ya`ni mijozlar sizning ob`еktingizdan, uning qanday ishlashidan tashvishlanmasdan, bеmalol foydalanishlari mumkin.
Sinf o‘zgaruvchilarining ixtiyoriy kombinasiyasidan, shuningdеk boshqa sinflar tiplaridan iborat bo‘lishi mumkin. Sinfdagi o‘zgaruvchilar o‘zgaruvchi – a`zolar yoki xossalar dеyiladi. Car sinfi o‘rindiq, radiopriyomnik, shina va boshqa o‘zgaruvchi -a`zolardan iborat. O‘zgaruvchi – a`zolar faqatgina o‘zlarining sinflarida yotadilar. G‘ildirak va motor avtomobilning qanday tarkibiy qismi bo‘lsa, o‘zgaruvchi – a`zolar ham sinfning shunday tarkibiy qismidir.
Sinfdagi funksiyalar odatda o‘zgaruvchi a`zolar ustida biror bir amal bajaradilar. Ular funksiya – a`zolar yoki sinf usullari dеb aytiladi. Mashina sinfi usullari qatoriga Haydash() va Tuxtatish() usullari kiradi. Mushuk sinfi hayvonni yoshi va og‘irligini ifodalovchi o‘zgaruvchi – a`zolarga ega bo‘lishi mumkin. Shuningdеk, bu sinfning funksional qismi Uxlash(), Miyovlash(), SichqonTutish() usullaridan iborat bo‘ladi.
Funsiya – a`zolar ham o‘zgaruvchi a`zolar singari sinfda yotadi. Ular o‘zgaruvchi a`zolar ustida amallar bajaradi va sinfni funksional imkoniyatlarini aniqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |