Axborot texnologiyalari, tarmoqlar va telekommunikatsiyalar


-rasm. Axborot resurslarini baholash parametrlari



Download 5,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet189/222
Sana15.11.2022
Hajmi5,02 Mb.
#866857
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   222
1-rasm. Axborot resurslarini baholash parametrlari 
Qamrov. 
Qamrov mazmunni cheklaydi, tavsiflaydi yoki aniqlashtiradi. 
Muayyan ma’noda qamrov mazmun parametrining bir qismi sifatida qaralishi 
mumkin. Mazmun keng bo‘lsa, qamrov esa uni cheklovchi omil sifatida qaralib, 
axborot resurslarining hajmi, to‘liqligi va yetarliligi bilan tavsiflanadi. 
Axborot hajmi muammo bo‘yicha foydalanuvchida mavjud bo‘lgan umumiy 
ma’lumotlar sonini xarakterlasa, to‘liqlik o‘rganilayotgan muammo bo‘yicha 
mavjud axborotlar hamda foydalanuvchida mavjud bo‘lgan axborotlar o‘rtasidagi 
munosabatni ifodalaydi. Axborotning yetarliligi foydalanuvchida mavjud bo‘lgan 
axborotlar bilan belgilangan maqsadga erishish imkoniyatini bildiradi. Shu nuqtai 
nazardan, foydalanuvchi katta hajmdagi ma’lumotlarga ega bo‘lishiga qaramasdan, 
ularning to‘liqligi belgilangan maqsadlarga erishish uchun yetarli bo‘lmasligi 
mumkin. Bu esa foydalanuvchini qo‘shimcha tadqiqotlar olib borishga majbur 
qiladi va natijada bu muammoni hal qilishga yordam beradigan yangi axborot 
vujudga keladi. 
Vaqt. 
Vaqt ham axborot resurslarining muhim xususiyatlaridan biri bo‘lib, u 
ob’ekt haqidagi ma’lumotlar mazmunining ob’ektning hozirgi vaqtdagi haqiqiy 
holatiga mosligini belgilaydi. Shu bilan birga, ob’ekt haqida bilimlarni sintez 
qilishda nafaqat ob’ektning o‘zini, balki joriy vaqtni ham hisobga olish zarur. 
Qolaversa, boshqa tizimlar kabi axborot ham o‘z hayotiylik davriga ega bo‘lishi 
mumkin. Axborot hayotiylik davrining turli bosqichlarida qaror qabul qilishda turli 
muhimlilik darajasiga ega bo‘ladi. 
Real jarayon va uning axborotdagi aks etishi o‘rtasidagi vaqt farqi katta 
bo‘lsa, ya’ni axborotning kechikishi sodir bo‘lsa, axborotsiz davrni, bu esa qaror 
qabul qilish uchun noaniqlik sharoitini keltirib chiqaradi. Bundan kelib chiqadiki, 
axborot muhimligini baholashda vaqt omili muhim ahamiyatga ega. 
Axborot hujjatlarining aksariyati vaqt o‘tishi hamda ilm-fan rivojlanishi va 
boshqaruvga oid vaziyatning o‘zgarishiga bog‘liq holda o‘z ahamiyatini yo‘qotib 
boradi. Masalan, ijtimoiy-siyosiy sohaga oid hujjatlar yiliga 20 foiz miqdorida o‘z 
qiymatini yo‘qotadi. Ilmiy nashrlarning foydaliligi nashr etilgan kundan boshlab 
o‘rtacha 10 yilgacha davom etadi [1]. 


International scientific conference "INFORMATION TECHNOLOGIES, NETWORKS AND 
TELECOMMUNICATIONS" ITN&T-2022 Urgench, 2022y April 29-30 
616 
Sanoat namunalarida qayd etilgan loyihaviy yechimlar 20-30 yilgacha o‘z 
ahamiyatini saqlab qolishi aytiladi 
2
. Shuningdek, 150 yil ilm-fan va texnologiyaga 
nisbatan pastki chegaradir [2]. Ammo ilm-fandagi bugungi taraffiyot bu vaqtni 
yanada kamaytiradi. 
Manba. 
Manba axborotning kelib chiqishini aniqlashga imkon beradi va u 
quyidagilar bo‘lishi mumkin: 
-
nashrlar (tashkilot hujjatlari, ensiklopediyalar, rasmiy va ilmiy hisobotlar, 
texnologik hujjatlar, maqola, kitob, shaxsiy hujjat va boshqalar); 
-
hujjatlar to‘plami (arxiv, kutubxona, axborot markazlari, ma’lumotlar 
bazasi va boshqalar); 
-
muayyan muammoli sohalarda axborot resurslariga ega bo‘lgan, zaruriy 
axborotlarni olishga imkon beruvchi aniq shaxslar yoki tashkilotlar. 
Shu bilan birga Xalqaro axborot olish tizimlari sifatida: axborot tizimlari, 
kutubxonalar, 
axborot 
markazlari, 
arxivlar, 
ekspertlar, 
axborot-qidiruv 
xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlar, maslahat berish firmalari faoliyat 
ko‘rsatishadi. 
Har bir manba o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, axborot manbasini 
yo‘qotish ma’lumotlarning qaytarilmas bo‘lib yo‘qotilishiga olib kelishi 
mumkin. Shu sababli axborot manbalarini himoyalash muammosining dolzarbligi 
oshib boradi. 
Sifat. 
Axborot resurslariga nisbatan sifat tushunchasi muayyan faoliyatni 
amalga oshirishda foydalanuvchi oldida turgan maqsadlarga erishish uchun 
ob’ektlar va ularning o‘zaro bog‘liqligi haqida aniq ma’lumotlarning yaroqliligini 
aks ettiruvchi xususiyatlar to‘plamini belgilaydi. Shuni qayd etish lozimki, axborot 
manbasining va axborot manbasidan olingan axborotning sifati bahosi farqlanadi. 
Shu bilan birga, bir xil axborotning sifati har xil maqsadlar yoki faoliyatni amalga 
oshirishda turli ko‘rsatkichlarga ega bo‘lishi mumkin. 

Download 5,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish