6-Ma'ruza: Axborot texnologiyalari soxasidagi loyixalar
Reja:
Axborot texnologiyalari soxasidagi loyixalar.
Elektron hukumatning asosiy maqsadlari.
Elektron hukumatning hamkorlik turlari.
Elektron hukumat – davlat boshqaruvining elektron hujjat aylanishi tizimi bo‘lib, mamlakat miqyosidagi boshqaruv jarayonlarining barchasini avtomatlashtirishga asoslangan va davlat boshqaruvining samaradorligini oshirish hamda jamiyatning har bir a’zosi uchun ijtimoiy kommunikatsiya xarajatlarini kamaytirish maqsadiga xizmat qiladi.
Elektron hukumatni yaratish hujjatlarni boshqarish va ularni qayta ishlash jarayonlari bilan bog‘liq vazifalarni amalga oshiruvchi jamoat boshqaruvining umumdavlat taqsimoti tizimini barpo etishni talab qiladi.
Elektron hukumat an’anaviy hukumatning qo‘shimchasi yoki o‘xshash jihati emas, balki davlat xizmatlarini taqdim etishning samaradorligini oshirish maqsadida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan faol ravishda foydalanish asosida hamkorlik qilishning yangi usulini belgilab beradi.
Kelajakda «bir darcha ostidagi» elektron hukumat bugungidan ko‘ra dolzarblik kasb etadi. Bu yo‘nalish web 2.0 tarzidagi ijtimoiy tarmoqlarni rivojlantirish natijasi hisoblanadi. Mazkur texnologiyalar siyosiy kommunikatsiya imkoniyatlarini jiddiy ravishda kengaytiradi va hukumat, biznes va fuqarolar o‘rtasidagi integratsiyaning yangi shakllarini qo‘lga kiritish imkonini beradi.
Hozirgi vaqtda elektron hukumatning yagona konsepsiyasi mavjud emas. Faqat umumiy talablar to‘plami bo‘lib, fuqarolar va biznes axborot jamiyati hukumati tomonidan ularning bajarilishini kutishga haqli. Iste’molchilarning turli toifalarini axborot olishning samaraliroq vositalarini qo‘lga kiritish, tranzaksiyalar qiymatini kamaytirish, davlat organlari bilan oddiy, tezkor va qulay tarzda hamkorlik qilishga bo‘lgan yagona intilish birlashtiradi.
SHunday qilib, elektron hukumat quyidagi asosiy maqsadlarga ega:
aholiga va biznesga hukumat xizmatlarini etkazib berishni maqbullashtirish;
mamlakat rahbarligi va boshqaruvi jarayonlarida barcha saylovchilarning ishtiroki darajasini oshirish;
fuqarolarning o‘ziga o‘zi xizmat qilish imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlash va kengaytirish;
fuqarolarning texnologik savodxonligi va malakasini oshirish;
geografik joylashgan erdagi omillarning ta’sirini kamaytirish.
CHunonchi, elektron hukumatni yaratish faqatgina rasmiyatchilikka oid sarf-xarajatlarni kamaytirishni ta’minlabgina qolmay, balki jamiyat va hukumat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni tubdan o‘zgartirishni ta’minlashi ham lozim. Pirovardida, bu demokratiyaning takomillashuviga va hokimiyatning xalq oldidagi mas’uliyati oshishiga olib keladi.
Elektron hukumatning o‘zaro hamkorlik turlari
• Davlat va fuqarolar o‘rtasida (G2C, Government-to-Citizen);
• Davlat va biznes o‘rtasida(G2B, Government-to-Business);
• Davlat hokimiyatining turli tarmoqlari o‘rtasida (G2G, Government-to-Government);
• Davlat va davlat xizmatchilari o‘rtasida (G2E, Government-to-Employees)1.
Do'stlaringiz bilan baham: |