Axborot texnologiyalari servisi



Download 3,92 Mb.
bet15/47
Sana01.01.2022
Hajmi3,92 Mb.
#287383
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   47
Topshiriq savollari

Guruhingiz jurnalidan o’zingizni nechanchi raqamda ekanligingizni aniqlang va topshiriqlar jildidan foydalanib shu nomerdagi loyiha nomini oling. Ushbu mavzu yuzasidan loyiha ustida amallarni bajaring. Topshiriqni bajarib bo’lgach uni word dasturidan foydalanib hisobot shaklida 3-Laboratoriyani tekshirish uchun jo’natish bo’limiga kirib fan o’qituvchisiga yuboring.

4 Laboratoriya ishi
Mavzu: Ma’lumotlar bazasida ma’lumotlar yozish, o’zgartirish va o’chirish.
Ishdan maqsad: ma`lumotlar bazasida ma’lumotlar yozish, o’zgartirish va o’chirish bo`yicha ko`nikmaga ega bo`lish.
Masalani qo`yilishi: avto_bekat ma’lumlar bazasi tashkil etilgan va unda bekat jadvali bor. Ushbu jadvalga ma’lumotlar qo’shing, so’ngra biror bir kortejdagi qiymatni o’zgartiring hamda o’chiring

Uslubiy ko`rsatmalar: ma`lumotlar bazasiga yangi ma’lumot qo’shish, o’zgartirish va o’chirish uchun quyidagilarni o`rganish zarur bo’ladi. Ma’lumotlarni qaysi atributga tegishli ekanligini, SQL so’rovlar oynasiga o’tishni, SQL da kod yozish jarayonida uning sintaksisini to’g’ri yozishni bilish zarur.

Birinchi o’rinda biz bazani tashkil etib olish bilan shug’ullanamiz. Chunki, ma’lumotlar bazasi tashkil etilmasdan turib uning ichiga ma’lumotlarni kiritish mumkin bo’lmagan holatdir. Yuqorida masalaning qo’yilishida avto_bekat nomli ma’lumotlar bazasini, uning ichida esa bekat nomli jadvalni tashkil etib olganmiz deb hisoblab uni quyidagicha tasavvur qilamiz:



Ushbu jadvalimiz hozircha bo’sh holatda turibdi, ya’ni jadvalimizga hali ma’lumot kiritilmagan.

Jadvalga ma’lumot kiritish uchun quyidagi SQL operatoridan foydalanamiz:

INSERT INTO VALUES( ,, , ,… );

Endi esa biz ushbu jadvalga ma’lumot kiritishni boshlaymiz. Uning uchun SQL so’rovlar oynasiga o’tib, quyidagicha SQL kodlarini yozamiz:



Yozilgan kodni faollashtirish uchun OK tugmasini bosamiz:



Yozilgan kodni tasdiqlaganimizdan so’ng uning jadvalga borib tushganligiga ishora qiluvchi oynani ko’ramiz:



Endi esa yuqoridagi tasdiq to’g’ri ekanligini tekshirish uchun joriy holatdagi jadvalimizni ochamiz(bekat jadvalining ustida sichqonchaning chap tugmasini bosamiz):



Demak, biz kiritgan SQL so’rovlar oynasidagi kodimiz faollashganligini ko’rishmiz mumkin. Huddi shu kabi qolgan ma’lumotlarni kiritamiz va ma’lumotlar bazasida ma’lumotlar ko’payishini ta’minlaymiz. Sizda savol tug’ilgan bo’lishi mumkin ya’ni agarda bizda ma’lumotlar ko’p bo’lsa 1ta, 1ta kiritishimiz kerak ekanda? Yo’q albatta, SQL so’rovlar oynasida ularni barchasini bir usul bilan kiritish imkoniyati ham mavjud. Uning uchun quyidagi SQL kodi faollashtiriladi:



So’rovimiz faollashganligini bildiruvchi oynani ko’rishimiz mumkin:



Endi esa joriy holatdagi jadvalimizga qaytib ma’lumotlar qo’shilganligini tekshirib ko’ramiz:



Demak, so’rov to’g’ri yozilgan va ma’lumotlar jadvalga kelib tushgan.

Sizda yana bir savol paydo bo’ldimi hurmatli talaba? E’tibor qaratgan bo’lsangiz biz ko’plab ma’lumotlarni kiritish vaqtida Damas’,_‘Qora’,_‘A666ANN’)'>VALUES(‘ ’, ‘Damas’, ‘Qora’, ‘A666ANN’) kodini yozdik, bu yerda esa 1-atributimiz ID ga tegishli edi, uning xususiyatida esa PRIMARY KEY hodisasinmi ham belgilaganmiz. Shu sababli ham kompyuter uning ID sini avtomatik tarzda nechanchi songa kelgan bo’lsa o’sib borish tartibida o’zi belgilaydi. Bu juda qulay, chunki siz qachondir nechanchidir ma’lumotni kiritishni esingizdan chiqazgan bo’lsangiz yoki e’tibordan chetda qoldirgan bo’lsangiz unga ehtiyoj sezasiz.

Keyingi bosqichga o’tadigan bo’lsak, ma’lumotni o’zgartirishga harakat qilamiz. Uning uchun quyidagi formulaga asosan uni amalga oshiramiz:



UPDATE SET atribut1=, atribut2=, atribut3=, … WHERE atributN=;

Misol tariqasida Tico avto mashinasini Largus nomiga o’zgartiraylik. Uning uchun SQL so’rovlar oynasiga o’tib, quyidagi kodni faollashtiraylik:

1-usul:

Aynan o’zgartirilishi lozim bo’lgan ma’lumotning atributidan foydalangan holatda o’zgartirilishi



2-usul:


O’zgartirilishi lozim bo’lgan ma’lumotning unga mos bo’lgan kortej qiymatining atributidan foydalangan holatidagi o’zgartirilishi

Usullardan biri tasdiqlanga quyidagicha so’rov to’g’ri bajarilganligini anglatuvchi oyna paydo bo’ladi:



Ma’lumot o’zgarganligini bilish uchun esa joriy holatdagi jadvalga nazar tashlab ko’ramiz:



Demak, biz yozgan SQL so’rovi natija berganligini ko’rishimiz mumkin. Barcha turdagi ma’lumotlarni o’zgartirish shu yo’l orqali amalga oshiriladi.

Endi esa ma’lumotlarni o’chirishni ko’rib o’tamiz, uning uchun quyidagi formulaga asoslanib uni amalga oshiramiz:

DELETE FROM WHERE atribut1=, atribut2=,… ;

Misol sifatida bekat jadvalidan Damas rusumli avto mashinanining ma’lumot­lari o’chirilishi talab etilsin. E’tibor qarating, bu operatorning qulayligi ham, noqulayligi ham bor. Qanday? deyishingiz mumkin. Bu operatorda jadvalning umumiy 1ta kortejining qiymatlari o’chiriladi. Ya’ni ixtiyoriy bir atributining elementi o’chirilganda qolgan atributlarining qiymatlari ham satrdan o’chirib tashlanadi.Ya’ni:





OK tugmasiga ta’sir etganimizda quyidagicha ogohlantirish darchasi hosil bo’ladi. Eslatib o’tamiz, faqatgina o’chirish amallaridagina ogohlantirish darchasi ochiladi. Bu esa to’satdan ma’lumotlarni o’chirib yuborishdan saqlanishdir.

OK tugmasini bosib quyidagi natijaga erishamiz:



  1. So’rov tasdiqlandi:



  1. Natijaviy jadval:

Demak, ushbu misollar orqali o’zingiz yaratmoqchi bo’lgan loyihangiz ustida ishlar olib borishingiz mumkin. Chunki bu kabi usullar ma’lumotlar ustida qilinadigan eng ko’p amallar hisoblanadi.




Download 3,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish