ALTER TABLE mahsulotlar RENAME TO products;
Natija va uning SQL so’rovlar oynasidagi so’rovi quyidagicha bo’ladi:
ALTER hodisasidan yana boshqa maqsadlarda ham foydalanish mumkin. Masalan, products jadvalining joriy holatida 6ta ustun mavjud edi. Unga yana bir ustun nomi “shtrix_kodi” ni qo’shaylik. Uning uchun quyidagicha SQL so’rovi yoziladi:
ALTER TABLE products ADD COLUMN shtrix_kodi varchar(10);
So’rvoning natijasi quyidagicha bo’ladi:
Yuqoridagidan aniq bo’ldiki bizning joriy holatdagi jadvalimizda endi 7ta maydon nomi keltirilgan ekan. Demak, so’rovimiz natija berdi.
Endi uni o’chirish haqida o’ylab ko’radigan bo’lsak, keling, yaxshisi biz yuqorida qo’shgan maydon nomini o’chirib ko’raylik. Uning uchun esa SQL so’rovlar oynasiga quyidagicha so’rov yozishimiz zarur bo’ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |