Axborot texnologiyalari kafedrasi psixologlar uchun informatika



Download 34,41 Mb.
bet75/160
Sana18.01.2022
Hajmi34,41 Mb.
#391161
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   160
Bog'liq
majmua Dasturlash 2018-2019 1-semestr

Kompyuter viruslari


Kompyuter virusi - bu o’lchami katta bo’lmagan, maxsus yozilgan dastur bo’lib, u o’zining nusxalarini yaratish (albatta aslidek bo’lishi shart emas) va ularni boshqa dasturlarga, kompyuterning tizim soxalariga, kompyuter tarmoqlariga joylashi mumkin. Ichida virus bo’lgan dastur «zararlangan» deyiladi. Bunday dasturni ishga tushirilganda boshqaruvni avval virus amalga oshiradi. Virus boshqa dasturlarni topadi va zararlaydi, shuning­dek qandaydir buzg’unchi harakatlarni bajaradi (masalan, diskdagi fayllarni va shu fayllar joylashgan jadvalni ishdan chiqaradi (buzadi) operativ xotirani bo’lar-bo’lmas «axlat» bilan to’ldiradi va h.k.). Virus o’zini yashirish maqsadida dasturni zararlantirish harakatlari har doim ham bajarilavermaydi. Ular faqat muayyan sharoitda amalga oshadi. Virus kerakli harakatlarni bajarib bo’lgandan so’ng, boshqaruvni o’sha o’zi o’rnashib olgan dasturga beradi (virus shu dasturning ichida yotadi) va u oldingidek ishlayveradi. shu bilan bir qatorda virus bilan zararlangan dastur xuddi viruslanmagan dastur kabi faoliyat ko’rsatadi.

Mavjud bo’lgan viruslarning ko’pchiligi yadro tizimli fayllarni afzal ko’radilar, chunki ko’p zamonaviy kompyuterlarda fayllar tizimi bir xil nomlanadi. Masalan, viruslar aksariyat hollarda, Command.com fayliga birlashadi va Dir buyrug’i bilan boshqa disk va direktoriyalarga tarqaladi. Ko’p hollarda tizimning zararlanishi kiritish-chiqarish jarayoniga murojaat qilganda ro’y beradi.

Aslini olganda, viruslar tizimlarga birikib ketish uchun har qanday yo’llarni ishlatishadi, shuning uchun ham zararlanmaydigan tizimlar yo’qdir.

Shaxsiy kompyuterlarga viruslar kirib ketishining asosiy yo’li bo’lib zararlangan disketalar xizmat qiladi. Viruslar borgan sayin beshafqat va hech narsadan qo’rq­maydigan bo’lib borayapti, hatto eng yetuk viruslarga qarshi dasturlar ham ular bilan kurashishga bahzan ojizlik qilayaptilar. shunday viruslar mavjudki, ular energiyaga bog’liq bo’lmagan xotiraga yashirinib olib, tizimni tozalashda juda katta qiyinchiliklar tug’diradilar. hatto haqiqiy firma belgisiga ega bo’lgan, arxivlangan dastur ham virusdan holi ekanligiga hech kim kafillik bera olmaydi. Viruslarni CD-ROM disklarning shtampovka jarayonida ham o’rnashganlik hollari mavjuddir.

Viruslar ko’payishi shartli ravishda 5ta fazaga bo’linishi mumkin:


  1. kompyuterga kirib olish;

  2. virusning faollashishi;

  3. zararlash uchun ob’ektlarni qidirish;

  4. virus nusxalarini tayyorlash;

  5. virus nusxalarini joylash.

Xar bir fazani aloxida ta’riflaymiz.

Kompyuterga kirib olish. Viruslar kompyuterga zararlangan fayllar yoki disklarning yuklanish sektori orqali kirib olishi mumkin. Kirib olish vaqtida, chervlardan farqi shundaki, ular xech qanday noxushliklarni amalga oshirmaydi.

Virusning faollashishi. Buning uchun zararlangan obhekt ishga tushishi kerak. Bu fazada viruslar zarar yetkazishi mumkin bo’lgan obhektlariga ko’ra turlarga bo’linadilar.

Zararlash uchun ob’ektlarni qidirish. Bu fazada viruslar o’zlarini ikki xil tutishi mumkin:



  1. Boshqaruvni olgan virus zararlash uchun birinchi obhektni topgach ishni o’zi joylashgan faylga beradi.

  2. Boshqaruvni olgan virus xotirada joylashib olib o’zi ishlayotgan muhit ishini tugatguncha zararlash obhektlarini to’xtovsiz qidiradi.

Virus nusxalarini tayyorlash. Virus nusxalarini tayyorlash oddiy nusxa olishdan ko’ra farqli bo’lib, mualliflar ularni xar xil yo’llar bilan yashirishga urinishadi. Asliga o’xshamagan nusxalar tayyorlash texnologiyalari xilma-xildir.

Virus nusxalarini joylash. Bu ish ikkita bir-biridan farqli usullar bilan amalga oshirilishi mumkin:



  1. Virus kodini zararlanishi kerak bo’lgan obhektga joylash;

  2. Obhektni virus nusxasiga almashtirish. Almashtirilayotgan obhekt, qoidaga ko’ra nomi o’zgartiriladi.

Birinchi usul viruslarga xos, ikkinchisi esa ko’pincha troyan va chervlar tomonidan qo’llaniladi.

Download 34,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish