d)Ta'lim texnologiyasini loyihalash algoritmi
Texnokrat - kasb - hunar, «boshqaruv san'ati», tadbirkorlik kabi ma'nolarni anglatadi.
Pedagogikadagi bu yo'nalish tarafdorlari yoshlar hulq atvorini boshqarish masalalaridagi amorflik ya'ni bir qolipga, shaklga kirmaganlik, o'rniga samarali pedagogik texnika kelishiga ishonch hosil qiladilar.
Muxandis pedagog uchun «loyihalash», «texnika», «texnologiya» kabi atama tushunchalar nisbatan tanish va tushunarlidir. Go'yoki bu tushuncha-atamalar uning faoliyatining ikki funktsiyasini bir-biriga bog’lab turganday, ular o'rtasidagi umumiylikni ochishga imkon beradi va mehnatlarini ancha engillashtiradi.
Texnik loyihalashning anchagina sermahsul g’oyalarini o'ziga qamrab olgan pedagogik loyihalash, biz uchun qandaydir tartibsizday ko'ringan holatdan olib chiqishga, pedagogik bilimlarni boyitishga layoqatdir. Pedagogik loyihalash ishlab chiqarish ta'limi ustasi va texnik fanlar o’qituvchilari faoliyatini optimizatsiyalashga imkon beradi.
Pedagogik loyihalash har qanday pedagog funktsiyasi bo'lib, uning tashkilotchilik, gnostik (ya'ni talaba bilan muloqotga kirisha olish, aloqa o'rnatish, munosabatda bo'lish yo'llarini qidirib topa olish, ijodkorlik, ixtirochilik qobiliyati) yoki kommunikativ qobiliyatlari ustun bo'lishi mumkin. Pedagogik tadqiqot ma'lumotlariga ko'ra texnik fan o’qituvchilari bu funktsiyani bajarish uchun o'z ish vaqtlarining 28% ni, ishlab chiqarish ta'limi ustalari esa 11% dan ko’proq qismini sarflar ekanlar.
Maktab va kasb-hunar kollejlarida o’quv-tarbiya jarayonlarini loyihalashtira olish tufayli bu murakkab jarayonni texnologik bo'lib qolishini ta'minlaydi.
Pedagogik loyihalash mohiyati bo'lajak faoliyatining taxminiy variantlarini yaratish uchun uni oldindan ko'ra bilish, uning natijalarini ko'ra bilishdir. Bunda pedagogning asosiy e'tibori yaratilgan yangilik mexanizmi va u yoki bu harakat, jarayon va tizimlar davom ettirilishiga, qo’llanilishiga qaratilishi kerak.
Darhaqiqat, aslini olganda muxandis-pedagog nimani loyihalaydi? U loyihalash ob'ektlarini aniqlashdan ish boshlaydi. Bu ob'ektlarning biri haqida biz aytib o'tgan edik - bu pedagogik jarayondir.
Bu o'z navbatida undan kelib chiqadigan pedagogik vaziyatlarga bo'linadi. Bular uning tarkibiy qismlaridir. Ular jarayonning bir holatidan ikkinchi holatiga o'tishi bilan tavsiflanadi. Pedagogik jarayonning o'zi ancha murakkab qurilmaning, ya'ni pedagogik tizimning bir qismidir. «Mayda» vaziyatlar jarayon tarkibiga kiradi, jarayon esa tizimga kiradi. («Matryoshkalar»).
Masalan, biz ta'lim tizimida ishlaymiz yoki kasb-hunar ta'limi tizimida ishlaymiz. Har ikki holatda ham «tizim» atamasi umumiy belgilariga ega. Ularni ochishga harakat qilamiz.
Aytaylik, talabalarga kasb tanlashlariga yordam berish maqsadida maktab talabalari o'rtasida kasb tanlashga yo'llash ishlarini olib borish zarur.
Pedagog kasb tanlashga ta'sir etadigan barcha omillarni (oila, auditoriya, ommaviy axborot vositalari ma'lumotlari, ko'cha-mahalla, o'smirning psixologik imkoniyatlari, ayniqsa ishlab chiqarish korxonalari ehtiyoji va imkoniyatlarini) fikran to'play boshlaydi. Kasb tanlashga yo'llash (proforientatsiya) tizimida bu omillarning hammasi juda muhim.
Pedtizim kichik, o'rta, katta va super katta bo'ladi. Kichik tizimga talabalarni tarbiyalashning ayrim tizimlari kiradi. Masalan, kollejlarda ishlab chiqarish ta'limi tizimsi talabalarning darsdan tashqari faoliyatlari, kasb tanlashga yo'llash tizimi, huquqiy tarbiya, kasbga uyushma ishlari, ekologik tarbiya va boshqalardan tashkil topadi. O'rtacha kattalikdagi tizim asosan kollej pedagogik faoliyatidan iborat katta pedtizim tuman, shahar, viloyat miqyosidagi ta'lim tizimlaridan iborat. Bu, odatda, katta sotsial-pedagogik majmuadan iborat bo'lib, unga maktablar va o’quv yurtlaridan tashqari madaniyat muassasalari, ishlab chiqarish korxonalari, maishiy va maishiy xizmat muassasalari, shuningdek, mazkur hududni boshqarish boshqarmalari ham kiradi.
Pedtizimning loyihalashtirishning ob'ekti bo'lishi - bu murakkab jarayon bo'lib, turli sifat ko'rsatkichlariga ega qismlardan iboratdir. Masalan, tizimga odamlar - pedagoglar, talabalar, moddiy texnika buyumlari - ta'limning texnika vositalari, elektron hisoblash mashinalari, ular bajaradigan funktsiyalar kiradi.
Supertizimga (o'ta katta tizim) hajmi va maqsadlari jihatidan katta hududlar, respublika miqyosida yaratilgan tizimlar kiradi.
Mazkur tizim bizning tarbiyalanuvchilarimiz va bizning o'zimizdan iboratdir. Har bir tizim o'zining belgilangan maqsadiga, o'z navbatida o'z qismlari to'plami majmuiga ega. Masalan, kasb-hunar ta'limi supertizim bo'lajak ishchilarni tayyorlash bilan bog’liq faoliyat mazmunini, uning tuzilishi, printsiplarini, pedagogik jarayonlarini, jarayon qatnashchilari bo'lgan talabalar, pedagoglar, ota-onalar, ishlab chiqarish hodisalarini, ularning huquq va burchlarini, pedagogik tizimni boshqarishni, moddiy texnika ta'minotini, o’quv-uslubiy, ilmiy, moliyaviy-xo'jalik va huquqiy-yuridik ta'minot majmuasini o'z ichiga oladi.
Loyihalash tizim komponentlarini bilish har qanday pedagogik tizim uchun juda zarurdir, garchi ularning to'la to'plami har doim ham ta'minlanavermasa ham pedagog faoliyati uchun muhimdir. Ta'lim sohasiga EHMning kirib kelishi o'z-o'zini takomillashtirish, o'z ustida ishlashni keskin yaxshilashga yordam berdi.
Pedagogik tizimlar - bu alohida xos hosiladir (jarayon mahsulidir). Ularning har biri o'zining faqat o'ziga xos belgilariga ega:
ular har doim o'z maqsadlariga ega: talabalar va pedagoglarni rivojlantirish, ularni muhitning noxush ta'sirlaridan himoya qilish;
ularning har biri tizim sifatida tashkil topadi va faoliyat ko'rsatish, tashqi ta'sir ostida o'zgara oladi, va hatto bu ta'sirni qabul qilib olgan taqdirda ham uni yumshatishga, zarur tomonga bura olishga, tekislay olishga, kuchaytira olishga layoqatlidir.
Muxandis pedagog qaysi aniq pedagogik tizimlar bilan ishlaydi. Amaliy jihatdan barcha turdagi tizimlar bilan. Darhaqiqat, respublika, hududiy, viloyat, shahar, tuman ta'lim tizimi nisbatan tor tizimlar - maktablar, kollejlar, oliy o’quv yurtlari faoliyatini belgilaydi, yo'naltiradi. Ular o'z navbatida talabalarning kasbiy tayyorligi tizimsiga, ularning estetik tarbiyasiga, ularning faoliyatiga ta'sir qiladi. Tizimlar doirasida pedagogik jarayonlar yaratiladi. O'z navbatida pedagogik tizim pedagogik jarayonlar yaratish uchun qulay sharoitlar yaratishni shakllantiradi. Shunday qilib, pedagogik jarayon pedagog uchun eng muhim loyihalash ob'ektidir.
Xulosa
Keys-stadi texnologiyasining asosiy maqsadi o‘quv guruh o‘quvchilarning bilim olish jarayonini faollashtirish, mavjud muammoli vaziyatlarni hal qilish orqali ularning ilmiy–ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishdan iboratdir. Shuningdek texnologiya talabalarning bilim, ko‘nikma, malakalarini hamkorlikda qo‘llashga, taklif qilingan yechimlarni tahlil qilish orqali muqobil yechimini izlashga o‘rgatuvchi ta’lim texnologiyasidir.
Birinchi bobda keys-stadi texnologiyasining vujudga kelish tarixi to‘laqonli ochib berilgan. Shuningdek keys-stadi texnologiyasining vujudga kelishida Suqrot maktabining ahamiyati kattaligi ko‘rsatilib o‘tilgan.
Umuman olganda keys-stadi texnologiyasi texnologiyasi ilk marotaba 1870 yilda Garvard biznes maktabida qo‘llanila boshlangan. “Muammo” (situatsiya) atamasiga keladigan bo‘lsak, ushbu so‘z ko‘proq tibbiyot va huquqshunoslik sohalarida qo‘llanilib kelingan, ta’lim tizimida bu so‘z yangicha talqin qilinadi.
Keys-stadi texnologiyasi asosan iqtisod fanlarini o‘qitishda qo‘llanilib kelingan. Amaliy iqtisodiy masalalarni yechishda qo‘llaniluvchi bu texnologiya keyinchalik barcha sohalarda foydalanilib borilgan. Shuningdek hozirda dunyo bo‘yicha maxsus keyslar ishlab chiquvchi Garvard biznes maktabi, Virjiniya universitetining Darden maktabi, Michigan universitetidagi Ross biznes maktabi, Richard Ivey biznes maktabi, Osiyo menejment instituti, Hindiston menejment instituti, Ahmedobod va Kong universitetidagi Osiyo keys tadqiqot markazlari mavjud.
Dissertatsiya ishining birinchi bobida shuningdek keyslarning o‘rganilish manbalari, turlari ham tahlil qilingan. Keys-stadi texnologiyasining tarixi va nazariy ahamiyati to‘liq ochib berilgan.
Keys-stadi texnologiyasi hozirgi kunda o‘zining innovatsion texnologiya sifatida ta’lim tizimida samarali qo‘llanilib kelinmoqda. Aynan birinchi bobning ikkinchi rejasida texnologiyani qo‘llashning maqsad va vazifalari tahlil qilingan.
ADABIYOTLAR RO’YXATI
udemy.com
infourok.ru
Do'stlaringiz bilan baham: |