“Orol dengizi mintaqasidagi ekologik ofat oqibatlarini yumshatish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish” mavzusidagi xalqaro konferensiya ishtirokchilariga


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov



Download 180,5 Kb.
bet14/15
Sana19.01.2017
Hajmi180,5 Kb.
#636
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov

Toshkent shahri, 2014-yil 22-oktabr

ISLOHOTLARNING HUQUQIY BAZASINI TAKOMILLASHTIRISH MAQSADLARIDA

29-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Qonunchilik palatasi Kengashi tomonidan taklif etilgan kun tartibi tasdiqlanganidan keyin deputatlar jamiyat hayotining turli sohalaridagi islohotlarning huquqiy bazasini yanada takomillashtirishga qaratilgan bir qator qonun loyihalarini ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqdilar.

Majlis Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini ro‘yobga chiqarish doirasida tayyorlangan yangi tahrirdagi «Investitsiya faoliyati to‘g‘risida»gi qonun loyihasini muhokama etishdan boshlandi.

Ushbu hujjat xo‘jalik yurituvchi subyektlar va fuqarolarning investitsiya jarayonlaridagi ishtirokini kengaytirishga, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlashga, investitsiyalar kiritish uchun qo‘shimcha rag‘batlar va sharoitlar yaratishga, shuningdek, investitsiyalarni rag‘batlantirish, investorlarning huquq va mulklarini himoya qilish usullarini kengaytirishga qaratilgan. Umuman olganda, ushbu qonun loyihasi xususiy investitsiyalarni rag‘batlantirish borasida muhim hujjat bo‘ladi va investitsiyalar sohasidagi davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishda yordam beradi.

Qonunning amaldagi tahririga investitsiya loyihasini ro‘yobga chiqarishda investitsiyalarni amalga oshirishni, investitsiya faoliyatini rag‘batlantirishni tartibga soluvchi yangi moddalar kiritildi. Bundan tashqari, investitsiya faoliyatining obyektlari va subyektlari, investorlarning huquqlari, investitsiya faoliyati subyektlarining o‘zaro munosabatlari, markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan investitsiyalar, investitsiya jamg‘armalari, investitsiya faoliyati subyektlari huquqlarining kafolatlari kabi huquqiy tushunchalarni belgilab beruvchi moddalar, boshqa normalar sezilarli ravishda kengaytirildi.

Qonun loyihasini ikkinchi o‘qishga tayyorlash chog‘ida ishchi guruh o‘ndan ortiq tadbir o‘tkazdi. Tadbirlarda barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari va O‘zbekiston Ekologik harakatdan saylangan deputatlar guruhining vakillari faol ishtirok etdilar. Ular tomonidan deputatlar, ekspertlar, olimlardan tushgan barcha takliflar ko‘rib chiqildi. Har tomonlama va moddama-modda muhokama yakunlariga ko‘ra, Qonunchilik palatasi ushbu qonunni qabul qildi. Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuboriladi.

Shundan so‘ng deputatlar «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi qonun loyihasini muhokama etdilar. Ushbu qonun loyihasining maqsadi – fuqarolarning davlat organlariga murojaat etishi tartibini yanada takomillashtirishdan, shuningdek, yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishdagi huquqiy bo‘shliqni to‘ldirishdan iborat.

Zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari va texnologiyalaridan foydalanib, murojaatlarni kiritish imkoniyatining huquqiy jihatdan mustahkamlanishi ushbu qonun loyihasining muhim jihatidir. Umuman olganda, ushbu hujjatda fuqarolarning huquq va erkinliklarini, shuningdek, yuridik shaxslarning qonuniy manfaatlarini himoya qilishning qo‘shimcha kafolatlari mavjud. Ushbu qonun loyihasining qabul qilinishi davlat organlari va boshqa tashkilotlarning ushbu sohadagi ishini sifat jihatidan yuqori darajaga ko‘tarish imkonini beradi.

Qonun loyihasini ikkinchi o‘qishga tayyorlash jarayonida yuzdan ortiq taklif tushdi. Ularning ko‘pchiligi loyihani maromiga yetkazishda hisobga olindi. Murojaatlar sohasidagi chet el qonunchiligi va huquqni qo‘llash amaliyoti o‘rganildi. Jumladan, Yevropa mamlakatlarining, chunonchi Germaniyaning hamda Osiyo mamlakatlarining, masalan Koreya Respublikasining qonunchiligi va amaliyotini o‘rganishga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy seminarlar tashkil etildi.

Qonun moddama-modda va puxta muhokama etilganidan keyin Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilindi. Qonun Oliy Majlis Senatiga yuboriladi.

Majlis kun tartibiga Jinoyat kodeksining 144-moddasiga va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 43-moddasiga o‘zgartishlar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ham kiritildi. Tuzatishlar “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinishi munosabati bilan kiritilmoqda. Xususan, nafaqat fuqarolarning, balki yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilash nazarda tutilmoqda.

Deputatlar moddama-modda muhokama etish chog‘ida bildirilgan fikr-mulohazalarni inobatga olgan holda, ushbu hujjatni maromiga yetkazish uchun yubordilar. Qonun loyihasini keyingi o‘qishda ko‘rib chiqish uchun tayyorlash mas’ul qo‘mitaga topshirildi.

Qonun loyihalarini muhokama etish chog‘ida barcha siyosiy partiya fraksiyalari va O‘zbekiston Ekologik harakatidan saylangan deputatlar guruhi vakillari savol va takliflar bilan so‘zga chiqdilar. Deputatlar jamiyatimiz hayotining turli sohalarida olib borilayotgan islohotlarning huquqiy bazasini doimo takomillashtirish, Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida belgilangan vazifalarni amalda ro‘yobga chiqarish muhim ekanligini alohida ta’kidladilar.


Download 180,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish