Har bir qidiruv tizimi Internet tarmog’ida o'z adresiga ega. Masalan, yuqorida sanab o'tilgan qidiruv tizimlari mos ravishda www.rambler.ru, www.aport.ru, www.yahoo.com va www.google.uz adreslarga ega. Qidiruv tizimi Web-brauzer orqali ishga tushiriladi, ya'ni brauzerning adreslar satriga qidiruv tizimining adresi kiritiladi. Qidiruv tizimlari (Web-sahifasi) turli ko'rinishga ega bo'lgani bilan ularning ishlashi deyarli bir xil. Ulardan foydalanishni Rambler qidiruv tizimi misolida ko'rib chiqamiz. Qidiruv tizimida ishlash Ramblerni ishga tushirish uchun avval Internet Explorerni ishga tushiramiz, Brauzerning adreslar satriga Rambler qidiruv tizimining adresi - www.rambler.ru ni kiritib Enter tugmasini bosamiz. Brauzer ma'lumotlar maydoniga Rambler qidiruv tizimining Web-sahifasi chiqadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |