Axborot kutubxona katalogi va fondi


Hujjatlarni  sistemalashga  qo‘yiladigan  talab  va  qoidalar



Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/194
Sana15.01.2022
Hajmi5,22 Mb.
#367171
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   194
Bog'liq
fayl 1380 20210624 (1)

Hujjatlarni  sistemalashga  qo‘yiladigan  talab  va  qoidalar:
 
Sistemalashdagi  asosiy talablar:
1.  Hujjatning  sosiy  mazmunini  aniqlash.  Bunda  indekslana- 
digan  mavzuning  asosiy,  xususiy  mazmunini  aniqlab,  jadval­
ning  qaysi  bo‘limiga  ajratishni  bilganimizdan  so‘ng,  unga  asosiy 
bo‘limning  indeksini  qo‘yamiz.  Mavjud  resursning janri,  shakli 
yoki qaysi kitobxonga mo‘ljallanganligi keyinchalik hisobga olinadi. 
Masalan, «Kutubxonachilik ishi tarixi» kimga moljalanganligidan 
qat’i  nazar  birinchi  navbatda,  asosiy  mazmuni  bo'yicha  kutub­
xonachilik  78.33  bo‘limida  yoritiladi.  Keyinchalik bu  kitob  dars­
lik ekanligini umumiy namunaviy bo‘linishdan foydalanib «ya 73» 
oliy  o‘quv  yurtlari  uchun  darslik  ekanligi  ko‘rsatiladi,  boshqacha 
qilib  aytganda  nashrning yo‘nalishi,  kim uchun  mo‘ljalIanganligi 
belgilab  qo‘yiladi.  Bunda  mazkur  kitobning  indeksi  quyidagicha 
ifodalanadi:  78.33  ya  73
2.  Hujjatning  mazmunini  boshqa  bo‘limlar  bilan  chega- 
ralanishiga qarab indekslash. Agar hujjat bir necha sohalarga taal­
luqli bo'lsa, uning bitta asosiy bo‘limini aniqlab,  boshqa bo'limlar 
bilan  chegarasini  ajratib  olish  kerak  boladi,  chunki  ana  shunda 
ortiqcha  takroriy  aks  ettirishga  yo‘l  qo‘yilmaydi.  Bitta  tushun- 
cha  boshqa  sohada  qo‘llaniladigan  bo‘lsa,  o‘sha  qo‘llaniladigan 
bo‘limning indeksi asosiy bo‘lib xizmat qiladi yoki indekslanadigan 
mavzuning,  predmetining  aspektiga  qarab  (qaysi  tarmoqda  aks 
ettirilishiga)  indeks  tanlash  ko‘zda tutilgan.
Masalan, o‘lkashunoslikka, geografiyaga doir adabiyotlar 26.89 
indeksida,  masalan:  « 0 ‘zbekiston  bo‘ylab  yo‘l  ko‘rsatkich»  kitobi 
26.89 (5 0 ‘zb)+75.81  (5 0 ‘zb) indeksini olsa, « 0 ‘zbekiston iqtisodiy 
geografiyasi» kitobining asosiy indeksi «65.049 (5 O lzb)» bo‘limida 
yoritiladi,  ammo  qo‘shimcha  ravishda  26.89  o‘lkashunoslik 
bolim ida  ko‘rsatilmaydi,  chunki  bu  kitobning  asosiy  mazmuni 
iqtisod  sohasiga  bag‘ishlangan.  Lekin  «Mamalakatlar  va xalqlar» 
kitobida  Afrika  olkasini  va  tarixini  o‘rganadigan  m a’lumotlar
83


mavjud bo‘lganligi uchun  uning  indeksi  ikkita bo'limda:  26.89(6) 
+  63.5(6)  da yoritiladi.
Adabiyotni  hududiy  jihatdan  ko‘rib  chiqish  maqsadga  muvo­
fiq  bo‘lgan  har  bir  bo‘limda  o‘z  o‘lkasi  (viloyat,  shahar,  tuman, 
qishloq)  to‘g‘risidagi  adabiyot  uchun  bo‘limga  ajratiladi.  Shu  nar- 
sani  eslatib  o'tish  kerakki,  o‘lkashunoslik  adabiyoti  maxsus  ajra- 
tilgan  rubrikalardangina  emas,  balki  tarmoq  bo‘limining  tegishli 
kichik  bo‘limlarida  ham  yig‘iladi.  Masalan,  Farg‘ona  haqida 
o‘lkashunoslik adabiyoti 26.3 (5 O‘zb-2 Far) indeksi ostida yig‘iladi.
Kitoblar  bilan  bir  qatorda  maqolalar,  qo‘lyozma  materiallari, 
fotosuratlar va shu kabilar aks ettirilgan o‘lkashunoslik kartotekasi 
bo‘lganda  sistemali  katalogning  maxsus  bo‘limchalarida  max­
sus  umumiy  xarakterdagi  o‘lkashunoslikka  oid  adabiyotni- 
gina  «Toshkent  viloyatining  qishloq  xo‘jaligi»  va  boshqa  rubri- 
kalar  yig‘ish  mumkin,  bunday  hollarda  sistemali  katalogning 
o‘lkashunoslik  bo‘limchalaridan  o‘lkashunoslik  kartotekalariga 
albatta  havola beriladi.
Oraliq  xarakteriga  ega  bo‘lgan  fanlar  talab  ehtiyojlari  sababli 
vujudga  kelgan  sohalarga  qaraydi:  chunonchi,  astrofizika  —  ast- 
ranomiyaga,  biofizika  —  biologiyaga,  kimyoviy  texnologiya  — 
texnika  fanlari  bo‘limiga  qaraydi.  Ko‘p  tomlik  kitoblar  umumiy 
mazmuniga qarab  sistemalashtiriladi,  xarakterli sarlavhalarga ega 
va  ular uchun  qo‘shimcha  tavsiflar tuzilgan  ayrim  tomlar esa  o‘z 
mazmuniga  muvofiq takroriy aks  ettiriladi.
Olimlar,  yozuvchilar,  rassomlar,  davlat  va  jamoat  arboblari 
va  shu  kabilarning  hayoti  hamda  faoliyatiga  oid  adabiyot  klas­
sifikatsiyaning  tegishli  tarmoq  boiim lariga  qaraydi.  Faoliyati 
ilm-fanning  ko‘pgina  sohalari  bilan  bog‘liq bo'lgan  ensiklopedist 
olimlar masalan:  Ibn  Sino,  Umar Hayyom, Al-Xorazmiy, Ahmad 
Farg‘oniy va boshqalar  haqidagi  adabiyot  72.3  (5  0 ‘zb)  bo‘limida 
yoritiladi.
Masalan,  M ahmud  Qoshg‘ariy  —  tilshunos  «Devonu  lug£atit 
turk»  asarini  turkiy  qavmlar  etnografiyasi,  tarixi,  geografiyasi, 
etnogenezisini  o‘rganishdagi  tarixiy  ahamiyati  63.3(5  0 ‘zb)  454 
bo‘limida qo‘shimcha  ravishda ko‘rsatiladi.  Shu bilan birga ayrim 
fan sohalarining  tarixiga  doir kitoblar shu  sohaning  o‘z  indeksini


oladi  va  «g»  fan  tarixi  (UNB)  bilan  yoziladi.  Masalan:  Kimyo 
fanining  tarixi  24  g,  «Mendeleyevning  davriy  sistemasi»  24  g 
Mendeleyev  indeksini  oladi.
Abu  Ali  Ibn  Sinoning  «Tib  qonunlari»  asari  5  g  Ibn  Sino 
indeksini  oladi.  Lekin  Abu  Ali  Ibn  Sinoning  «Kitob  ash  shifo» 
falsafiy  ensiklopediyasida  falsafa,  logika  va  boshqa  aniq  fanlarga 
doir masalalar yoritilganligi uchun  bu  asarning  to‘la  indeksi  72.3 
(5  0 ‘zb)  +87.3  (5  0 ‘zb)  g  Ibn  Sino  tarzida  ko‘rsatiladi.
Ko‘p qirrali olimlarning ilm-fanning faqat bir sohasidagi faoli- 
yatiga  oid  kitoblari  klassifikatsiyasining  tegishli  bo‘limchalarida 
aks ettiriladi.  Chunonchi A.Navoiy she’riyati to‘g‘risidagi tadqiqot 
adabiyotshunoslikning kichik bo‘limiga kiritilishi lozim.  Mabodo 
shaxs  faoliyatining  turli  sohalarida  o£zini  namoyon  etgan  bo‘lsa, 
u vaqtda  uning  haqidagi  adabiyot uchun asosiy o‘rin ushbu shaxs 
asosan bog‘liq bo‘lgan yoki u eng ko‘p mashhur bo‘lib kelgan faoli- 
yat turi ko‘rsatilgan kichik bo‘limda beriladi.  Masalan:  Leonardo 
de Vinchi to‘g‘risidagi adabiyot uchun asosiy o‘rin «85.143(3)  chet 
mamlakatlarning  rassomlik san’ati»  indeksi bo‘ladi.
Ba’zan  kitoblarda  shaxs  faoliyatining  ayrim  tomoni  yoritiladi. 
Bu  esa  uning  biografiyasi  fakti  sifatidagina  qiziqish  tug‘diradi. 
Bunday xarakterdagi  kitoblar  mazkur shaxs  to‘g‘risidagi  adabiyot 
yig‘ilgan asosiy bo‘lim  indeksini  oladi.
Hujjatlarni  sistemalashtirish  — hujjatning  mazmuni va  boshqa 
belgilariga  qarab  kutubxona-bibliografik  klassifikatsiyasi  bo‘lim 
va bo‘limchalari  bo‘yicha  taqsimlashdir.  Sistemalashda  hujjatlar­
ga  bir xil  yondashishni  ta’minlash va  bir qarorga  kelishda  xilma- 
xillikni  soqit  etish  uchun  sistemalashtirish  maxsus  ishlab  chiqil- 
gan  qoidalar,  nizomlar  asosida  o‘tkazilib  u  umumiy  va  xususiy 
uslublarga bo‘linadi.
Sistemalashtirish  uslublarining  vazifasi  iste’molchiga  ax­
borot-kutubxona  muassasasi  fondini  maqsadga  muvofiq  bir xilda 
ifodalanishini  ta’minlash  va  ularni  tokchalariga  qo‘yib  chiqish 
sistemali  katalog va kartotekalarga taqsimlashdan  iborat.
Sistemalashning  umumiy  uslublari  deb  hujjatni  hamma  so- 
halari  bo‘yicha  sistemalashtirish  talab  etiladigan  qoida  va  usul- 
larga aytiladi.
85


Xususiy 
uslublar 
bilimning 
muayyan 
sohasini 
sistemalashtirishdagi  talab  va  qoidalardir.  Xususiy  uslublar  umu- 
miy uslublar asosida tuziladi.
Umumiy  uslublarni  bilish  hujjatlarning  sistemalashtirish  ja- 
rayonini  tartibga soladi  va  osonlashtiradi.

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish