"Axborot kommunikatsion texnalogiyalari va iqtisod" kafedrasi Maxsus fan o‘qituvchisi O‘sarova Gulruh Samatovnaning



Download 424,5 Kb.
bet2/3
Sana10.01.2020
Hajmi424,5 Kb.
#33089
1   2   3
Bog'liq
Axborot kommunikatsion texnalogiyalari va iqtisod kafedrasi Ma

MUNDARIJA







DASTURIY TA'MINOT TUZILISHI 13

2.2. Uskunali dasturiy ta'minot 18

2.3. Amaliy dasturiy ta'minot 19

DASTUR VERSIYALARI VA MODEFIKATSIYALARI 24

3.1. Dasturiy mahsulotlarni tarqatish va distributivlar 27

OPERATSION TIZIMLAR VA ULARNING FUNKSIYALARI 29

4.1. OT ning turlari 31

4.2. Foydalanuvchi interfeysi (muloqoti) 33

4.2.1. Foydalanuvchi matnli interfeysi 33

4.2.2. Foydalanuvchi jadvalli interfeysi 35

4.2.3. Foydalanuvchi grafik interfeysi 36

5-bob. WINDOWS OT GRAFIK INTERFEYSI 37

5.1. Obyekt tushunchasi 40

5.2. Grafik interfeysning asosiy elementlari 40

5.2.1. Ish stoli 41

5.2.2. Oynalar 41

5.2.3. Yorliq va belgilar 44

5.2.4. Tugmalar (кнопки) 46

5.2.5. Panel 48

5.2.6. Menyu 51

5.2.7. Papka 59



KIRISH

Hozirgi vaqtda axborot texnologiyalari amalda inson faoliyatining hamma jabhalariga chuqur kirib bormoqda va rivojlanishda davom etmoqda. Keng tarqalgan shaxsiy kompyuterlar bilan bir qatorda zamonaviy hisoblash tizimlari va vositalari ham keng tarqalib bormoqda. Turli hisoblash tizimlari foydalanuvchilari soni ham ko‘payib bormoqda, shu bilan birga bir-biriga qarama-qarshi tendensiya rivojlanmoqda. Bir tomondan, axborot texnologiyalari murakkablashib borishi bilan uni tatbiq qilish uchun chuqur bilimlar talab qilinsa, ikkinchi tomondan, foydalanuvchining kompyuter bilan muloqoti (interfeysi) do‘stona tus olib, informatika va hisoblash texnikasi sohasida mutaxassis bo‘lmagan insonlar uchun ham tushunarli bo‘lmoqda. Bunday imkoniyatning sababi, foydalanuvchilar va ularning dasturlari hisoblash texnikasi bilan maxsus (tizimli) dasturiy ta’minot — operatsion tizim orqali muloqot (interfeys)da bo‘lganliklaridadir.

OT bajarilayotgan ilovalar uchun ham, foydalanuvchilar uchun ham muloqot (interfeys) imkonini yaratadi. Foyda- lanuvchi dasturlari va yana ko‘pgina xizmatchi dasturlar OT dan ixtiyoriy dasturlarning ko‘plarida uchraydigan amallarning bajarilishini so‘raydilar. Bu amallar: kiritish-chiqarish, dasturlarni ishga tushirish, to‘xtatish, qo‘shimcha xotira blokini olish yoki bo‘shatish va h.k.lar. Bunday amallarni har safar yangidan dasturlash maqsadga muvofiq emas, shuning uchun ham bular OT ning asosiy funksiyalaridan hisoblanadi. Amaliy dasturlar va boshqa ko‘pgina tizimli ishlov beruvchi dasturlar (dasturlash tizimlari yoki ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimlari) kompyuter apparat qismiga bevosita murojaat qila olmaydilar, ular bilan faqat OT ga murojaat orqali muloqotda bo‘lishlari mumkin. Foydalanuvchilar OT buyruqlarini kiritish orqali yoki tizim taklif qiladigan harakatlar to‘plamidan tanlash orqali kompyuter va o‘z dasturlari bilan muloqotda bo‘ladilar. Bunday muhim funksiyalarni bajarishdan tashqari, OT lar hisoblash resurslarini samarali taqsimlash va ishonchli hisoblashlarni tashkil etishga javob beradi.

Mavzu: Operatsion tizimlar haqida ma'lumot

Insoniyat rivojlanish bosqichlarini diqqat bilan tahlil qilish natijalari shuni ko'rsatadiki, bu bosqichlarni belgilovchi xususiyatlar insonni axborotlarni saqlash, uzatish va ishlov berish vosita va usullari bilan qat'iy bog'langandir. Bunda axborotga ishlov berish tezligi, ayniqsa, axborotni uzatish tezligi muhim ahamiyat kasb etadi.

Turfa axborotlarni qabul qilish, uzatish, eslab qolish va ma'lum tarzda ishlov berish xususiyati jonli olamning asosiy belgisi hisoblanadi. Bu xususiyatlar u yoki bu darajada jonzotlar, o'simliklar va hatto bakteriyalarga ham xos xususiyatdir. Haqiqatan ham, o'simliklar ham, jonzotlar ham tashqi muhit haroratiga va alohida predmetlar holatiga u yoki bu tarzda javob qaytaradilar. Tashqi muhitdan biror-bir axborotni olgandan so'ng, tirik organizmlar ma'lum tarzda ularga ishlov beradilar va olgan natijalari asosida biror-bir javob qaytaradilar. Tirik organizmlar tashqi muhitdan nafaqat axborot oladilar, balki o'zlari ham tashqi muhitga axborot uzatadilar, muhimroq axborotlarni eslab qoladilar.

Xulosa qilib aytganda, tirik organizmlar turfa axborotlarni qabul qilish, uzatish, saqlash va ishlov berish yordamida o'z hayot faoliyatini ta'minlaydilar.

Inson ham, barcha tirik organizmlar kabi, o'zining his qilish organlari yordamida tashqi muhitdan axborot oladi.

Axborot manbayi bo'lib, uni saqlash va uzatish uchun xizmat qiladigan ixtiyoriy moddiy muhit hisoblanadi.

Inson o'z hayoti davomida har soniyada axborotni qabul qilish, uzatish, ishlov berish va saqlash zaruriyatiga duch keladi.

Ilgari ajdodlarimiz hayotida axborot nutq saqlash va uzatish usuli bo'lib xizmat qilgan. Keyinchalik yozuv yuzaga kelib, u axborotni saqlash, uzatish va ishlov berish uchun vosita bo'lib qoldi.

XV asr o'rtalarida kitob nashr etish ixtiro qilinib, bilimlarni qog'oz jamlamalarida uzoq vaqt saqlash manbayi yuzaga keldi.

Kitob nashr qilish ixtiro qilingandan 200 yil o'tib, sonli ma'lumotlarga ishlov berish uchun mexanik qurilmalar ishlab chiqildi va shu vaqtdan boshlab axborotlarga ishlov berish vositalarining mexanik bosqichi boshlandi.

Elektr toki ixtiro qilingandan so'ng esa axborotlarga ishlov berishning keyingi elektromexanik bosqichi boshlandi va turli tabulatorlar ishlab chiqildi.

XX asrning 30-yillarida dasturiy boshqariluvchi hisoblash mashinalari yuzaga keladi. Ishlab chiqarishning tezlashgan tarzda rivojlanishi inson bilimi hajmining mos tarzda o'sishiga olib keldi. Axborot oqimining bu tarzda o'sishi insonlar uchun unga samarali ishlov berish imkonini murakkablashtirdi.

XX asr o'rtalarida kompyuter ixtiro qilinishi muammolarni hal qilish imkonini berdi. Kompyuterlarning turli avlodlari yuzaga keldi.

Axborotlarga ishlov berishdagi keskin o'zgarishlar shaxsiy kompyuterlardan keng ko'lamda foydalanishdan so'ng yuz berdi.

Oldindan ishlab chiqilgan dasturlar tufayli, hisoblash mashi- nalaridan axborotga ishlov berish masalalarini inson faoliyatining turli sohalarida qo'llashga keng imkoniyat yaratildi. Bu holda, turli soha mutaxassislari o'zlari dastur yaratishlari va uning yaratilish usullarini o'rganishlari shart bo'lmay, ularga faqat kompyuterda ishlash usullarini o'rganishlari yetarlidir. Bunday mutaxassislar foydalanuvchilar deb ataladi.

Foydalanuvchi deb, u yoki bu predmet sohasiga mansub aniq masalalarni yechish yoki boshqa maqsadlarda hisoblash texni- kasidan foydalanadigan shaxsga aytiladi.

Shaxsiy kompyuterlar bir qancha mashinalarni o'z ichiga oluvchi tarmoqqa birlashtirilgan va bu mashinalar yer sharining turli joylarida joylashgan bo'lishi mumkin.

Buning natijasida minglab masofadagi odamlar qisqa soniya- larda bir-biri bilan bog'lanib, ma'lumot almashishlari va jahon axborot markazlari bilan o'z ish joylaridan murojaat qilishlari mumkin bo'lib qoldi.

Shunday qilib, XX asrga kelib, axborot bilan ishlash tubdan o'zgardi va shu jarayon natijasida yangi fan, ishlab chiqarishning yangi doirasi va mehnat resurslarini qo'llashning yangi jabha- lari — informatika fani yuzaga keldi.

Informatika — axborotning umumiy xossalari va tuzilishi, shu bilan birga axborotlarga ishlov berishning avtomatlashtirilgan vositalari yordamida amalga oshirilishi va insoniyat faoliyati turli jabhalaridagi bilim, dalil, kattaliklar va ma'lumotlarning aksi sifatida olinadigan tabiiy fundamental fandir. Bu axborotlarni yig'ish, almashish, saqlash va ishlov berish usul va vositalari haqidagi fandir.

Axborot texnologiyalari — axborotlarni qabul qilish va uzatish, ishlov berish, qidirish, jamlash, yig'ish usul va vositalarining ma'lum tizimidir. Ma'naviy jihatdan eskirgan axborot texno- logiyasiga misol qilib axborot bilan qog'oz yordamida ishlashni ko'rsatish mumkin.

Zamonaviy axborot texnologiyalari, xususan, quyidagilarni ko'zda tutadi:


  • birlamchi axborotni mashina jamg'armalarida hisobga olishdan boshlab, axborotning qog'oz jamlamalaridan amalda to'liq voz kechish;

  • yer sharining ixtiyoriy nuqtasida, ixtiyoriy vaqtda, ixtiyoriy axborotni ola bilish (albatta, qonun bo'yicha taqiqlanganlaridan tashqari).

Axborot ustida bajariladigan asosiy amallar axborotni yig'ish, almashish, saqlash va ishlov berishdan iborat.

Axborotlarni yig'ish — bu insonning yoki texnik qurilmaning zaruriy ma'lumotlarni olish faoliyati.

Axborot almashish — bu axborotni, turli obyektlar orasida — inson va inson o'rtasida, inson va texnik qurilma o'rtasida, turli qurilmalar o'rtasida uzatish jarayoni.

Axborotni saqlash — bu axborotni zarur vaqtda va kerakli ko'rinishda uzatishni ta'minlaydigan holatda ushlab turish jarayoni.

Va nihoyat, axborotga ishlov berish — bu uni maqsadga mu- vofiq tarzda o'zgartirishning tartibga solingan jarayoni.

NAZORAT SAVOLLARI



    1. Axborotning tabiatdagi o'rni.

    2. Nutq, yozuv va kitob nashrining jamiyat rivojlanishidagi o'rni.

    3. Informatika rivojlanishining mexanik va elektromexanik bosqichlari.

    4. Axborot bilan ishlashning zamonaviy texnologiyalarini tu- shuntiring.

DASTURIY TA'MINOT TUZILISHI

Dasturiy ta'minot deganda kompyuterning (hisoblash tizi- mining) shu modelida bajarilishi mumkin bo'lgan dasturlarni o'z ichiga olgan majmua dasturiy hujjatlarini tushunamiz.

Hisoblash mashinalarining turli modellari turli arxitektu- raga, ma'lumotlarni kodlashtirishning turli usullari, turli buy- ruqlar tizimiga egadir. Shuning uchun ham bir kompyuter modeliga mo'ljallangan dastur, ko'pincha, boshqa kompyuter modelida bajarilmaydi. Shunday qilib, aniq model yoki dastur jihatdan mutanosib mashinalar oilasi dasturiy ta'minoti haqida gapiriladi.

Dastur bilan birgalikda hujjatlar majmuasi ham xarid qili- nadiki, unda dastur vazifasi, imkoniyatlari, kompyuterning ap- parat vositalariga bo'lgan texnik talablar (zaruriy operativ tashqi xotira hajmi, maxsus qurilma mavjudligi va h.k.) dasturni o'rnatish usullari va dasturni boshqarish usullari haqidagi ma'lumotlar beriladi. Bundan tashqari dasturlarda, ularning bevosita bajarilish vaqtida ham murojaat qilish mumkin bo'lgan Help — Yordam tizimi mavjud.

Barcha dasturiy vositalar va ularga zarur kattaliklar (ma'­lumotlarni — software (dasturiy ta'minot), apparat vositalar yig'indisini hardware (apparat ta'minot) deb ham ataydilar. Ixtiyoriy kompyuterda aniq apparat va dasturiy vositalar to'plami va shu bilan birga turli ma'lumotlar to'plami mavjudki, ular kompyuter resurslarini tashkil etadi.

Demak, kompyuter resurslari deb, hamma apparat vositalari hamda hamma dasturlari va uning operativ hamda tashqi xotirasida joylashgan ma'lumotlarning yig'indisiga aytiladi.

Qoida bo'yicha ma'lumotlarga ishlov berish uchun dasturga ma'lum yordamchi ma'lumotlar talab etiladi. Undan tashqari, bir-biriga yaqin funksiyalar guruhini bajarish uchun, ko'pincha, bitta emas, balki bir nechta o'zaro bog'langan dasturlar yaratiladi.

O'zaro bog'langan dasturlar guruhi, bir-biriga yaqin, ma'lu­motlarga ishlov beruvchi, ularga zarur yordamchi ma'lumotlar bilan birgalikda dasturlar paketi yoki dasturiy tizim deb ataladi. Ommaviy tarzda ko'paytiriladigan dastur yoki dasturlar paketi dasturiy mahsulot deb ataladi.

Hozirgi vaqtda shaxsiy kompyuterlarning dasturiy ta'minotida dasturlarning quyidagi guruhlarga ajratilishi qabul qilingan:


      1. tizimli dasturiy ta'minot;

      2. uskunali dasturiy ta'minot;

      3. amaliy dasturiy ta'minot.

2.1. Tizimli dasturiy ta'minot

Bu guruh dasturlari ma'lumotlarga ishlov berish uchun mumkin bo'lgan kompyuter texnologiyalaridan foydalanishda apparat vositalari bilan bajariladigan ko'pgina yordamchi ishlarni bajarishni avtomatlashtiruvchi dasturlardir.

Tizimli dasturiy ta'minot — shaxsiy kompyuter apparatu- rasining samarali ishlashini ta'minlash uchun xizmat qiladi. Tizimli dasturiy ta'minot guruhi dasturlariga:


  • operatsion tizimlar;

  • operatsion qobiq (оболочка);

  • utilitalar;

  • drayverlar;

  • arxivatorlar;

  • antivirus va yana turli dasturlar kiradi.

  • Operatsion tizimlar kompyuter (hisoblash tizimi) hamma apparat vositalarining ishini va uning barcha resurslarini samarali boshqarish imkoniyatini ta'minlaydi.

  • Operatsion qobiqlar (оболочки) operatsion tizimlar ishini boshqarish qulayligini oshirishga mo'ljallangan qo'shimcha dasturlardan iboratdir. Masalan, Norton Commander, Windows Commander.Utilitalar (utility — foydalilik) hajmi kichik, ammo juda foydali dasturlar bo'lib, apparat vositalar ishini boshqarish bo'yicha turli xildagi yordamchi funksiyalarni bajaradi va ularning ishlovchanlik qobiliyatini, xizmat qilish va sozlashni tekshiradi.

  • Dasturlar va turli tashqi qurilmalar o'rtasida ma'lumot almashish amallarini bajarish uchun OT tarkibiga qator mos- lashtirilgan maxsus dasturlar kiritilgan, ular drayverlar (drive — boshqarish) deb ataladi. Agar mos drayver bo'lmasa yoki qurilmaga drayver to'g'ri kelmasa, bu qurilma kompyuter yoki hisoblash tizimi uchun befoydadir.

  • Arxivator dasturlar muhim dasturlar va ma'lumotlar maj- muasining arxiv nusxalarini yaratish uchun xizmat qiladi. Arxi- vator, shu bilan birga, hajmni minimallashtiradi va arxivni tashqi jamlamaga joylashtirish oson bo'ladi.

  • Antivirus dasturlar — foydalanuvchini kompyuter viruslari bilan kurashishda zaruriy vositalar bilan ta'minlaydi.

Tizimli dasturlar tizimli dasturchilar deb ataluvchi mutaxassislar tomonidan ishlab chiqiladi, sozlanadi, ishchi holatda ushlab turiladi va kuzatiladi. Ular yuqori darajada malakaga ega bo'lishi, kompyuterning apparat ta'minotini detallashgan holda bilishlari, kattaliklar bilan mashina darajasida ishlash usullarini ham bilishlari kerak.

Oddiy foydalanuvchilarning ham doimiy tarzda tizimli dasturlar bilan to'qnashishlariga to'g'ri keladi, ammo ularni ekspluatatsiya qilish va o'z masalalarida ularning imkoniyatlaridan foydalanish nuqtayi nazaridan to'qnashadilar.

2.2. Uskunali dasturiy ta'minot

Uskunali dasturiy ta'minot — bu amaliy dasturchilar deb nomlanadigan kategoriyadagi mutaxassislar uchun ish qurolidir.

Uskunali dasturiy ta'minot turli xildagi, inson faoliyatining turli sohalarida ishlatiladigan dasturlar paketlarini ishlab chiqishga mo'ljallangan.

Amaliy dasturchilar nafaqat ma'lumotlarga ishlov berish usullarini bilishlari, balki dasturlarni ishlab chiqishni ham bilishlari kerak. Ular axborot texnologiyalarini aniq qo'llash sohalari —muhandislik sohalari, matematika, fizika, nashriyot tizimi, bux- galterlik, tibbiyot va h.k. sohalarda yaxshi o'zaro bog'lanishi yoki yaxshi birikishi lozim.

Oddiy foydalanuvchilar bu guruh dasturlar bilan, qoida bo'yicha, to'qnashmaydilar. Uskunali dasturlar guruhiga quyidagi dasturlar kiradi: turli algoritmik tillar translatorlari (ular dastur matnini mashina tiliga o'tkazadi — tarjima qiladi) — bog'lovchi muharrir- lar — ular dasturning alohida-alohida bo'laklarini bir-biriga birlashtirib, butun holatga keltiradi; sozlovchi (отладчик)lar — ular yordamida dasturni yozishdagi yo'l qo'yilgan xatolar topiladi va bartaraf qilinadi.

Mutaxassis integrallashgan muhiti hamma keltirilgan kompo- nentlarning dasturini ishlab chiqish uchun yagona, qulay tizimga birlashtiradi.

2.3. Amaliy dasturiy ta'minot

ADT amaliy dasturchi uchun uning faoliyatining natijaviy maqsadi bo'ladi va bir vaqtning o'zida foydalanuvchining ish qurolidir. Aniq soha mutaxassisi bir vaqtning o'zida ma'lumotlarni qayta ishlash sohasida mutaxassis bo'lishga majbur emas, u dastur tuzishni bilishi ham shart emas. Ammo u kompyuter bilan ishlash usul va yo'llarini, tizimli, ayniqsa, amaliy dastur vazifasi va imko- niyatlarini o'zining muammoli sohasi uchun bilishi shart.

Amaliy dasturiy ta'minot kompyuterning ishlov berish tizim- larini, turli sohalar masalalarini yechishini ta'minlaydi. Amaliy dastur yoki ilova — bu ma'lumotlarga ishlov beruvchi axborot texnologiyalarining aniq soha masalalarini yoki masalalar sinfini yechishga mo'ljallangan dasturdir. AT ni qo'llashning aniq so- hasi muammoli soha deyiladi.

Quyida amaliy dasturlarning turlari keltiriladi:

• Matn muharrirlari ^дак^р) — Word, Word Perfect, Text va ko'pgina boshqa turli bosma hujjatlar — ma'lumotnoma, vedomostlar, maqola, hisobot va h.k.larni tayyorlash uchun ishlatiladi. Matn muharrirlarining eng kuchlilari matn protsessorlari deb ataladi. Matn muharrirlarining maxsus ko'rinishlari nashr tizimlari deyiladi, ular gazeta, jurnal, reklama bukletlari, prospekt va kitoblarni ko'paytirish uchun ishlatiladi. Bu Ventura Publisher, Adobe Acrobat, Adobe Page Maker va Quart Xpress dir.

12


  • Grafik muharrirlar, ular yordamida turli rasm, chizma, grafik, diagramma, illustratsiya va shu bilan birga uch o'lchamli tasvirlar ishlab chiqiladi. Ular Paint, Adobe Photo Shop, Corel Draw, 3D Studio MS va h.k.lar.

  • Elektron jadvallar odatdagi jadvallarning elektron ko'rinishi bo'lib, ularning yordamida matn va sonli ma'lumot avtomatik tarzda qayta ishlanadi. Ular — Lotus, Super Cale, Excel, Quattro Pro va qator shunga o'xshash tizimlardir.

  • MB — bir yoki bir nechta obyektlar ma'lumotlari, xossalari va o'zaro bog'lanishlari haqidagi ma'lumotlarni saqlashga mo'ljallangan dasturiy tizimlar. MB ni ma'lumotlar bilan birlamchi to'ldirish va ma'lumotlarni faol holatda qo'llash (ya'ni predmet sohasini real holatiga mos joriy holatida qo'llash) uchun ma'lu­motlar bazalarini boshqarish tizimlari (MBBT) deb ataladigan dasturlarning uskunali paketlari xizmat qiladi. Hozirgi vaqtda eng ommaviy MBBT lar Access MBBT, Fox Pro, Paradox, Informix, Oracle va boshqa dasturlar hisoblanadi.

  • Integrallashgan tizimlar, yuqorida keltirilgan maxsus paket- larga o'xshash komponentlarni, paketning hamma tashkil etuv- chilari bilan birga yagona o'zaro bog'lanish uslubini ta'min- laydigan tizim va shu bilan birga paketning turli komponentlari o'rtasida qulay, samarali usulni ham ta'minlaydi. Bunday tizimga yaqqol misol bo'lib MS Office paketi hisoblanadi. Bundan tashqari Corel Word Perfect ni misol qilsa bo'ladi, u o'z ichiga Word Perfect matn muharririni, elektron jadvallarni qayta ishlovchi Quattro Pro ni oladi. Bundan tashqari, yana «Sun» kompa- niyasining Star Office paketi mavjud, bu paket turli apparat va dasturiy platformalarda ishlay oladi.

Yuqorida keltirilgan hamma paketlar ofis ishi uchun zarur bo'lgan to'liq majmuani o'z ichiga oladi, shu jumladan: matn muharriri, elekron jadvallarni qayta ishlovchi dasturlar, MBBT va h.k. dasturlarni o'z ichiga oladi.

  • Hujjat aylanuvi tizimlari — rejalashtirish va boshqarish usku- nalarini, xo'jalik va moliya faoliyatini avtomatlashtirish, mahsulotlarni hisobga olish, turli hisobotlarni tayyorlash, devonxona hujjat almashinuvi, turli ish yozishmalari va h.k. uskunalarni o'z ichiga olgan tizimdir (masalan, «SKAT», «Parus», «Evfrat»).

  • Buxgalterlik va moliya dasturlari, ular turli korxona va tash- kilotlarning analitik va buxgalterlik bo'limlari ishini avtomat- lashtirish imkonini beradi.

  • Korrektorlar — ixtiyoriy matn, hujjat va hisobotlarda imlo qoidalarini tekshirishni ta'minlovchi dasturlar. Ular hamma zamonaviy bo'g'in ko'chirish, orfografik va tinish begilari qoida- lariga amal qiladi («Orfo», «Propis» tizimlari).

  • Tarjimon va elektron lug'atlar, bu dasturlar matnni bir tildan ikkinchisiga avtomat tarzda tarjima qiladi. Masalan, «Lingua Match. Corresponded» paketi ish yozishmalarini 6 ta tilda olib borish imkonini beradi. «Multileks Pro» elektron lug'ati 2 mln rus va ingliz so'zlarini o'z ichiga olgan.

  • Shaxsiy menejer va organayzerlar. Bu dasturlar insonga turli ma'lumotlar: telefon raqamlari, manzillar, tug'ilgan kunlarni olgan yon daftarcha va turli uchrashuv, anjumanlar kuni, vaqti va h.k.lar belgilangan yozuv daftari o'rnini bosadi. Shaxsiy menejer — bu dastur shaxsiy va jamoa faoliyatini rejalovchidir yoki shaxsiy «budilnik-eslatuvchi» desa bo'ladi, yana bu «bir umrlik kalendar», pochta dasturi va h.k.larni o'z ichiga oladi. U shaxsiy va ish ma'lumotlarini tashkillashtiruvchidir. Masalan, MS Outlook.

  • Ta'lim, o'rgatuvchi va multimediali ensiklopediya dasturlari. Ta'lim dasturlari paketi turli fanlar: matematika, chet tili, kimyo, biologiya va h.k.lar bo'yicha individual ta'lim berish va o'qitish sifatini tekshirish dasturlaridan iboratdir.

  • Multimedia dasturlari tovush va videoma'lumotlarni ko'rish hamda eshitishga yordam beradi va ularni yaratish, yozish, tahrir- lash vositalarini o'z ichiga oladi.

  • O'yin va dam olishga yordam beradigan dasturlar.

NAZORAT SAVOLLARI

    1. Dasturiy ta'minot deganda nima tushuniladi?

    2. Kompyuter resurslarining vazifalari nimalardan iborat?

    3. Tizimli dasturiy ta'minot guruhi dasturlariga nimalar kiradi?

    4. Instrumental dasturiy ta'minotning ma'nosini tushuntirib bering.

    5. Amaliy dasturiy ta'minot qayerlarda ishlatiladi?

DASTUR VERSIYALARI VA MODEFIKATSIYALARI

Amalda dasturlarni ishlatish jarayonida ularning kamchiliklari namoyon bo'ladi, ya'ni dasturlarni ishlab chiqishda ko'zga tashlanmagan xato va imkoniyatlar ko'rinib qoladi. Dasturni ishlab chiqadigan firmalar bu tipdagi ma'lumotlarni hisobga oladilar va ishlatilayotgan dasturlarga mos tarzda o'zgartirishlar kiritadilar. Bu o'zgarishlar mavjud dasturiy mahsulot versiyalari va mode- fikatsiyalari tarkibiga kiradi.

Modefikatsiya ko'zga tashlangan kichik xatolar tuzatilgan yoki kichik o'zgarishlar kiritilgan dasturlar paketi yoki dasturdan iborat.

Versiya — prinsip jihatdan yangi funksiya qo'shilgan, dastur va ma'lumotlar o'zgacha tashkil etilgan yoki foydalanuvchi bilan muloqot qilishning yangi usullari qo'llaniladigan, mohiyati jihatdan tubdan o'zgartirilgan dastur yoki dasturlar paketidir.

Qoida bo'yicha dasturlarning yangi versiya va modefikatsiyalari oldingi o'z nomlari bilan nomlanadi, faqat nomining o'ng to- monida modefikatsiya belgisi beriladi. Masalan, Win 1.0, Win 2.0, ... Win 95, ... Win NT, Win 2000, Win XP (experience — tajribali) va h.k.

Ko'pincha, aynan bitta dastur versiyalari yoki modefikatsiyalari oila deb ataladi va versiya belgisi uchun x harfidan foydalanib, versiyalarni ajratish uchun raqamlardan foydalaniladi. Masalan, Win 9x oilasi Win 98, Win 95. Ba'zan, operatsion tizim oilasiga nisbatan platforma so'zi ishlatiladi.

Windows NT, Win 2000 va Win XP bitta oila hisoblanadi va Win NT/2000/XP kabi belgilanadi.

Demak, oila deb bitta prinsipial asosga ega bo'lgan va bir-biri bilan qat'iy bog'langan dastur tizimlariga aytiladi.

Versiya atamasi dasturiy ta'minotga nisbatan yana boshqa ma'noda ham ishlatiladi. Dasturiy mahsulotlarni ishlab chiquvchi kompaniya ko'pgina xato va kamchiliklarni o'z ichiga oluvchi, alfa-versiya deb ataluvchi sinov paketlarini ishlab chiqadi. Bu paketlarni testlovchi shaxslar, ishlab chiquvchilarga o'zlarining fikr va tanqidiy mulohazalarini bildiradilar. Fikr, tanqidiy mulohazalarni, hamma ko'rsatilgan kamchilik va xatolarni tuzatib, kompaniya dasturning beta-versiyasini ishlab chiqadi. Shundan so'ng yana sinov ekspluatatsiya va qolgan xato va kamchiliklarni tuzatish amalga oshiriladi, keyin beta-versiya xatolari tuzatiladi va RC- versiya (Release Candidate — amalga oshirishga nom- zod — кандидат на peaлизaцию) ishlab chiqiladi, bu versiya amalda hech qanday kamchilikka ega emas. Oxirgi bosqichda, yashirin xatolar tuzatilgan holda, dasturiy mahsulotga tovar ko'rinishi beriladi va oxirgi natijaviy versiyasi sotuvga chiqariladi (release — peaлизaция).

Dasturiy tizimlarning interfeysida milliy tillardan foydalana- digan versiyalari lokallashtirilgan versiyalar deb ataladi.

3.1. Dasturiy mahsulotlarni tarqatish va distributivlar

Dasturiy mahsulotlarni quyidagi usullar yordamida tarqatish mumkin: commercial ware — tijorat, share ware — qisman to'la- nadigan yoki shartli — bepul, free ware — bepul va trial — sinov usullari. Dasturni sotib olishda (legal sotib olishda) xaridor paket bilan birga sertifikat yoki litsenziyani oladi.

Ko'pincha, dasturlar paketi «distributive ko'rinishda (distribu­te — tarqatish) amalga oshiriladi, u dasturlar paketi va optik yoki yumshoq disklarda maxsus formada yozilgan ma'lumotlardan iborat. Bunda legal distributiv bilan zaruriy hujjatlar va olingan dasturdan foydalanish litsenziyasi bo'ladi.

Paket yoki dasturni ishchi holatga keltirish, o'rnatish yoki installatsiya protsedurasini bajarish talab etiladi, ya'ni dastur va ma'lumotlar hujjatlarda ko'rsatilgan qoidalar bo'yicha ishchi holatga keltiriladi. Ko'pincha, distributiv paketlar maxsus kodlar bilan himoyalanadi.

NAZORAT SAVOLLARI


  1. DT sinflari.

  2. TDT nima uchun kerak? TDT ning asosiy dasturlari-chi?

  3. OT nima uchun zarur?

  4. Qobiq dasturlar nima uchun kerak?

  5. Utilitalar nima uchun kerak?

  6. Drayverlarning roli qanday?

  7. Uskunaviy DT dan qanday maqsadda foydalaniladi?

  8. «Amaliy dastur» va «Ilova»ga ta'rif bering.

  9. Matn va grafik muharrir nima uchun ishlatiladi?

  10. Elektron jadval nima uchun ishlatiladi?

  11. MB ning ta'rifini bering. MB ga misol keltiring.

  12. MBBT nima uchun kerak?

  13. Integrallashgan tizimning xususiyatlarini ayting.

  14. Microsoft Office paketini ta'riflang.

  15. Sizga ma'lum amaliy dasturlar paketlarini tavsiflang.

  16. Dastur modefikatsiyasi versiyadan nimasi bilan farq qiladi?

  17. Yangi versiya va modefikatsiyalar qanday belgilanadi?

  18. Datsur alfa va beta-versiyalari deganda nimani tushunasiz?

  19. Operatsion tizimning qanday versiyalari lokallashtirilgan deyiladi?

  20. Dasturlar paketi qanday tarqatiladi?

  21. Distributiv deganda nimani tushunamiz va installatsiya nima uchun zarur?

OPERATSION TIZIMLAR VA ULARNING FUNKSIYALARI

OT lar tizimli dasturiy ta'minot asosi hisoblanadi. Operatsion tizimsiz kompyuter apparaturasi va dasturlari bilan bog'lanish mumkin emas. Hamma apparat va dastur vositalari bilan faqat «dallol» dasturi — operatsion tizim yordamida bog'lanish mumkin (4.1-rasm).






















Operatsion tizim




Kompyuter apparaturasi va dasturlar

Foydalanuvchi




























4.1-rasm. Foydalanuvchining kompyuter apparat va dasturiy vositalari bilan bog'lanishi.



Operatsion tizim deb, kompyuterning apparat va dasturiy resurslari bilan bog'lanishi avtomatlashtirishni ta'minlovchi das- turlar majmuasiga aytiladi.

OT ning asosiy funksiyalari quyidagilardir:


  • dasturlarni operativ xotiraga yuklash va ularning bajarilishini boshqarish;

  • tashqi qurilmalar va bajarilayotgan dasturlar orasida ma'lu- motlarni almashish amallarini ta'minlash;

  • dasturlar bajarilishi vaqtida nostandart holatlarga xizmat qilish;

  • bajarilib bo'lingan dasturlarni operativ xotiradan olib tashlash va yangi dasturlarni yuklash uchun joy bo'shatish;

  • dasturlar va ma'lumotlarni tashqi qurilmalarda qidirish va saqlashni tashkil etish;

  • foydalanuvchi va operatsion tizim o'zaro bog'lanishini tashkil etish — foydalanuvchi buyruqlarini qabul qilish va bajarish;

  • bir disk qurilmasidan boshqasiga nusxa olish, disk quril- malarini formatlash va boshqa turli yordamchi (servis-xizmat- chi) funksiyalarni bajarish.

Operatsion tizimning kiritish-chiqarish asosiy tarkibiy qismi, odatda, kompyuter doimiy xotirasiga yoziladi, qolgan qismlari esa lazer, vinchester diski yoki yumshoq diskda joylashtiriladi, u shuning uchun ham tizimli disk deb ataladi. Tizimli disksiz kompyuter prinsip jihatdan ishlamaydi.

Operatsion tizim kompyuter ishlash jarayonida doimo ishchi holatda bo'ladi. OT ishi kompyuter yoqilganda boshlanadi va u o'chirilganda tugaydi.

4.1. OT ning turlari

Kompyuterning har bir modeli uchun individual OT lar ishlab chiqiladi. Yana shu bilan birga aynan shu model uchun, qoida bo'yicha, turli vazifali va turli imkoniyatli va xossali, turlicha OT lar mavjud.

Bitta foydalanuvchiga xizmat qiladigan bitta foydalanuvchili OT yoki ko'p foydalanuvchiga xizmat qiladigan ko'p foydala- nuvchili OT lar mavjud.

Mutanosib (coBMecTOMbift) shaxsiy kompyuterlar uchun bir nechta turli operatsion tizimlar oilasi ishlab chiqilgan: MS DOS, Windows, Linux (ommaviy UNIX tizimining bir ko'rinishi) va boshqalar.

SHK uchun yaratilgan eng oddiy OT lardan bin, birmuncha eskirgan bir dasturli va bir foydalanuvchili MS DOS (Microsoft Disk Operation System) dir. Uning birinchi versiyasi 1981— 1982-yillarda ishlab chiqilgan. Windows 9x operatsion tizimlar oilasi ko'p dasturli va bir foydalanuvchili OT lar hisoblanadi, Win NT/2000/XP va Linux OT lari ko'p dasturli va ko'p foyda­lanuvchili va tarmoq OT lar hisoblanadi.

Har bir OT uchun ko'p sonli dasturlar ishlab chiqilgan. Bu dasturlar qaysi OT uchun ishlab chiqilgan bo'lsa, o'sha OT boshqaruvchi ostida ishlaydi. Shuning uchun ham, «Apparat platforma» atamasi bilan birga «Dasturiy platforma» atamasi ham ishlatiladi. Bu atama ishlatilganda u yoki bu OT uchun yozilgan dastur to'g'risida gapirilganda u «shu muhitda» ishlaydi deb tushuniladi. Keyingi vaqtda, Intel protsessori asosida apparat platformasi va Win OT dasturiy platformasi birgalikda bo'lganda Wintel platformasi atamasi ishlatiladi.

4.2. Foydalanuvchi interfeysi (muloqoti)

Foydalanuvchi va operatsion tizimning o'zaro muloqoti har doim bir operatsion tizim uchun maxsus qoidalar asosida amalga oshiriladi. Bu qoidalar foydalanuvchi interfeysini tashkil etadi. Foydalanuvchining u yoki bu dasturiy tizim bilan o'zaro muloqoti standart kelishuvlari qoidalari, usullari va vositalari majmuasi foydalanuvchi interfeysi deyiladi.

Operatsion tizim foydalanuvchi interfeysining quyidagi 3 ta ko'rinishi mavjud: matnli, jadvalli va grafik.

4.2.1. Foydalanuvchi matnli interfeysi

Foydalanuvchi matnli interfeysi MS DOS, Unix, Linux va boshqa operatsion tizimlarda ishlatiladi. Bunda operatsion tizim va foydalanuvchi o'rtasidagi muloqot dialog ko'rinishida amalga oshiriladi. Bu degani, operatsion tizim yuklangandan so'ng foydalanuvchining buyruq va ko'rsatmalarini qabul qilishga tayyorligi haqida signal beradi. MS DOS operatsion tizimda bu signal ekranda kiritishga taklif ko'rinishida bo'ladi. Odatda, taklif > simvolidan iborat bo'lib, uning chap tomonida yordamchi xizmatchi ma'lumot chiqishi, masalan, biror disk qurilmasi nomi, joriy vaqt va h.k.lar bo'lishi mumkin.

Masalan, 07-04-03 C:/> taklif joriy vaqt 7-aprel 2003-yil ekanligi va joriy qurilma C diski ekanligini bildiradi.

Foydalanuvchi OTning biror funksiyani bajarishni so'rashi uchun, klaviaturadan > simvolning o'ng tomoniga operatsion tizimga buyruq — ko'rsatma kiritadi. Masalan, kompyuterga o'r- natilgan operatsion tizim versiyasini aniqlash uchun quyidagi buyruq beriladi:

07-04-02 C:/>Ver

Masalan, kompyuterga MS DOS ning 6-22 versiyasi o'rnatilgan bo'lsa, displey ekranida MS DOS Version 6.22 namoyon bo'ladi.

Foydalanuvchi buyrug'i bajarilgandan so'ng, yana ekranga taklif belgisini chiqaradi va keyingi buyruqni kutadi. Shunday qilib, foydalanuvchi va operatsion tizim orasidagi muloqot matnli so'zlar almashinuvi tariqasida ro'y beradi, shuning uchun ham muloqot matnli deb ataladi. Foydalanuvchi buyrug'i displeyda bir qatorni egallagani uchun, bu qator buyruq qatori (командная строка) va muloqot — buyruq qatori interfeysi deb ataladi.

4.2.2. Foydalanuvchi jadvalli interfeysi

MS DOS operatsion tizimi bilan ishlash tajribasi, ko'pgina foydalanuvchilar uchun matnli muloqot murakkab va noqulay tuyulardi, chunki ish uchun zarur ko'p sonli buyruqlarni yozish qoidalarini eslab qolish kerakligini ko'rsatdi. Shuning uchun ham turli, foydalanuvchiga OT bilan qulay muloqot yaratib beradigan yordamchi dasturlar ishlab chiqila boshlandi. Bunday dasturlar qobiq (оболочка) dasturlar nomini oldi. OTga yordamchi bo'lgan bunday qobiq dasturlar, OTning hamma imkoniyatlari bilan ishlashni ta'minladi va foydalanuvchi va OT muloqoti stili va qoidalarini o'zgartirib yubordi.

Shunday qilib, qobiq dastur deb, foydalanuvchi va OT o'rtasida qulay muloqotni ta'minlovchi dasturga aytiladi. Yana shuni ta'kidlash lozimki, qobiq dasturlarning o'zi emas, ular faqat qaysi OT uchun yaratilgan bo'lsa, o'shalar bilan birgalikda ishlaydi.

Turli qobiq dasturlar foydalanuvchining turli xil muloqotidan foydalanadi. Masalan, Norton Commander yoki For jadval interfeysidan foydalanadi. Bunda hamma buyruqlar yoki uning elementlari tayyor jadvaldan foydalanib tanlanadi, buyruq matn shaklida kiritilmaydi. Ammo jadval interfeysida matn interfeysidan foydalanish imkoniyati jadval ostidagi buyruq qatorini qo'shish orqali saqlab qolingan.

4.2.3. Foydalanuvchi grafik interfeysi

Hozirgi vaqtda grafik interfeys ommaviylashib bormoqda, uning asosiy xususiyati dastur, qurilma, biror-bir harakat uchun tez esda qoladigan shartli belgilar ishlab chiqilgani. Foydalanuvchi kerakli belgini ma'lum tarzda ko'rsatsa, OT shu belgi bilan harakatni bajaradi. Grafik interfeys, hozirgi zamonaviy OT lari Win9x, Win NT/2000/XP uchun asosiy hisoblanadi.

NAZORAT SAVOLLARI



  1. Operatsion tizim ta'rifini ayting.

  2. OT ning asosiy funksiyalarini keltiring.

  3. Operatsion tizimning qanday sinflarini bilasiz?

  4. Foydalanuvchi interfeysi nima?

  5. Matnli interfeys deganda nimani tushunasiz?

  6. Qobiq dasturning funksiyasi nima? Qanday qobiq dasturlarni bilasiz?

  7. Matnli va jadvalli interfeysni taqqoslang.

  8. Grafik interfeysni tushuntiring.

5-bob. WINDOWS OT GRAFIK INTERFEYSI

Foydalanuvchining OT bilan eng qulay va ko'rgazmali munosabatda bo'lishida kompyuterning u yoki bu imkoniyati va resurslariga murojaat qilishda foydalanuvchining grafik interfeysi muhim asos bo'lib xizmat qiladi.



Win OT ning grafik interfeysi oyna tushunchasiga asoslanadi, shuning uchun u ba'zan oynali interfeys deb ataladi. Grafik muhit tushunchasi grafik interfeys tushunchasiga to'liq mos keladi.

Bu interfeysning farqli xususiyatlari oson eslab qolinadigan grafik obyektlar — dasturlar, qurilmalar, harakatlar va hokazolarga bog'langan belgilardir.






5.1-rasm. Ish stoli, oynalar va Windows operatsion tizimining klassik stildagi belgilari.



Foydalanuvchi kerakli belgini ko'rsatsa, OT u bilan bog'liq harakatni bajaradi.

Biz Win NT/2000/XP OT larning grafik muhitini ko'rib chiqamiz. Shuni ta'kidlash lozimki, umuman, turli OT larning interfeysi bir-biridan farq qiladi, ammo bu farqlar unchalik katta emas (5.1-rasm).

5.1. Obyekt tushunchasi



Win OT obyektli yondashuv metodologiyasiga asoslanadi, shunga mos tarzda borliq va uning ixtiyoriy qismi bir-biri bilan o'zaro aloqada bo'lgan obyektlar majmuasidir. Obyektlarga aniq xossalar va harakatlar xosdir. Turli obyektlar xossalari va harakatlari turlichadir.

Win OT va uning grafik interfeysi, xususan, obyektli yondashuv prinsiplari asosida qurilgan.

5.2. Grafik interfeysning asosiy elementlari



Win OT foydalanuvchi interfeysi asosiy elementlari quyida- gilardir: ish stoli, oynalar, belgilar (znachki), yorliqlar, klavishlar, panellar, menyu, papkalar, ilovalar va hujjatlar. Interfeys obyekt- lariga shu bilan birga kompyuterning ixtiyoriy apparat va dasturiy resurslari ham kiradi. Kompyuter ham, umuman, obyekt hisob­lanadi. Quyida ko'rsatilgan asosiy interfeys obyektlarining xusu- siyatlari va harakatlari ko'rib chiqiladi.

5.2.1. Ish stoli



Win OT da displeyning butun ekrani mutaxassisning ish joyi deb qaraladi, chunki unda axborotga ishlov berish uchun zaruriy barcha sharoit yaratilgan bo'lib, ish stoli yuzasida kerakli hujjatlar va ular bilan ishlashning turli vositalari joylashtirilgan.

Ish stoli deb, foydalanuvchining kompyuterning hamma resurslariga, ya'ni eng ko'p foydalaniladigan dasturlari, hujjatlari va apparat vositalariga samarali murojaatni ta'minlaydigan va mos ulanishlar mavjud bo'lsa, lokal va global tarmoqlari resurslariga ham murojaatni ta'minlaydigan grafik interfeysining asosiy elementiga aytiladi. Foydalanuvchi interfeysining qolgan barcha elementlari ham ish stoliga yoki bu holatda bog'lanadi. Unda oynalar, hujjatlar belgilari, dastur va qurilmalar belgilari guruhini o'z ichiga olgan turli panellar joylashtiriladi.

5.2.2. Oynalar

Hujjat, dastur, papka, qurilmalarning har biri ish stolida alohida oyna bilan beriladi. Win oynalari dasturlarni boshqarish foyda­lanuvchi va dasturlar o'rtasida axborot almashinish imkonini beradi. Ish stolida bir vaqtning o'zida ixtiyoriy sondagi oynalar joylashgan bo'lishi mumkin. Rasmdagi ish stolida ikkita oyna joylashgan (5.2-rasm).

Oynalar stolda o'lchamini, joylashgan o'rnini o'zgartirishi mumkin, xuddi real stoldagi kabi bir nechta varaq qog'ozga o'xshab






Download 424,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish