Axborot kommunikasion vositalar bilan ishlash



Download 50 Kb.
Sana26.04.2022
Hajmi50 Kb.
#584729
Bog'liq
Axborot kommunikasion vositalar bilan ishlash


Axborot kommunikasion vositalar bilan ishlash


Reja


1. Multimediya vositalari bilan yaqindan tanishish.
2. Multimediya vositalarini o’kitish jarayonida tadbiq etish.
3. Internet dan foydalanish
4. Elektron pochta xizmatidan foydalanishni o’rganish

1.Multimediya vositalari bilan yaqindan tanishish va ularda ishlashni o’rganish
Multimediya vositalari o’qitish jarayonida foydalanish o’qitishning sifatini va samarasini oshirib o’rgatishning eng qulay usullaridan biri hisoblanadi. Multimediya vositalari bilan olib borilgan dars o’quvchining darsga bo’lgan qiziqishini va bilim olish saviyasini oshiradi.
Multimediya vositalari - kerakli fan, mavzu, darsni o’quvchining o’zi tanlab o’rganish imkonini beradi. O’qituvchining bevosita ishtirokisiz xam o’quvchi o’z ustida ishlash mumkin bo’ladi.
Hozirda multimediya degan so’z kundalik faoliyatimizda juda ko’p ishlatilmokda. Ta’limda multimediya texnologiyasini tadbiq etish uchun dastlab, "Multimediya nima o’zi?" degan savolga javob beraylik. Кo’pgina mutaxassislar bu atamani turli xil izohlamoqdalar. Ularning fikrlarini umumlashtirib multimediyaga shunday ta’rif berish mumkin:
Multimediya - bu informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari asosida axborotning an’anaviy va original turlari asosida o’quv materiallarini tinglovchilarga etkazib berishning mujassamlashgan xoldagi ko’rinishidir.

Multimediya hozirda juda tez rivojlanayotgan zamonaviy axborot texnologiyasi bo’lib, u quyidagilarni o’z ichiga oladi:


- an’anaviy axborot turlari: matn, jadval, turli xil bezaklar va original axborot turlari (nutq, musiqa, videofilmlardan parchalar, telekadrlar, animasiya ko’rinishidagi axborot turlari);


- video va audio axborotlarni kompyuterda qayta ishlash va aks ettirish uchun markaziy prosessorning xarakatchanligi, ma’lumotlarni uzatish shinasining o’tkazish qobiliyati, tezkor va video-xotira, katta si\imli tashqi xotira, hajm va kompyuter kirish-chiqish kanallari bo’yicha almashuvi tezligini taxminan ikki baravar oshirish talab etiladi;
- "inson-kompyuter- inson" interaktiv muloqotining yangi darajasining ta’minlanishi, muloqot jarayonida foydalanuvchi ancha keng va har tomonlama axborotlarni olishdir.
Ta’lim jarayonida multimediya vositalari yordamida darslarning samaradorligini oshirish asosida tinglovchilarga ta’lim berish va kadrlarni qayta tayyorlashni yo’lga qo’yish hozirgi kunning dolzarb masalalaridan biridir. Rivojlangan xorijiy davlatlarda o’qitishning bu usulini ta’lim sohasining yo’nalishlari buyicha tadbiq qilmoqda. Hozirda sotilayotgan har bir kompyuterni multimediya vositalarisiz tasavvur etish qiyin.
Кasbiy ta’limda multimediya vositalarining
afzalliklari va muammolari

Ta’lim sohasiga 70-yillarda ilk bor kompyuterlarning tatbiq etilishi ancha samarasiz bo’ldi. Bu samarasizlik o’sha paytlarda texnikaviy va dasturiy vositalarni ishlab chiqarish sifatini nihoyatda pastligi hamda dasturiy vositalar unchalik ham moslanuvchan emasligi bilan izohlanar edi. Hozirda amaliyot shuni ko’rsatmoqdaki, multimediya vositalari yordamida tingloavchilarni o’qitish ikki barobar samarali bo’lmoqda. Ma’lumki, eshitgan materialning to’rtdan bir qismi xotirada qoladigan bo’lsa, tinglovchilarga berilayotgan materiallarni video orqali amalga oshirsak, axborotni xotirada saqlanib qolishi va tasavvur qilish imkoniyati 35-70 foizgacha oshadi. Shuningdek, mazkur o’quv dasturlar audio, video va grafika ko’rinishida mujassamlashtirilgan xolatda tinglovchilarga berilsa, materialarni xotirada saqlab qolish 70-95 foizga oshishi kuzatilmokda.


2.Ta’lim sohasida multimediya vositalari yordamida tinglovchilarga bilim berish afzalliklari:


1. Ta’lim jarayonida berilayotgan materiallarni chuqurroq va
mukammalroq o’zlashtirish imkoniyatining mavjudligi.
2. Ta’lim olishning yangi sohalari bilan yaqindan aloqa qilish
ishtiyoqini yanada oshishi.
3. Dars jarayonida bilim olish vaqtining qisqarishi
natijasida vaqtni tejash imkoniyatiga erishilishi.
4. Olingan bilimlar kishi xotirasida uzoq muddat saqlab
qolinishi va uni amaliyotda qo’llash mumkinligi.

O’quv materiallarini ishlab chiqishda hozirda Respublikamizda ma’lum bir ishlar qilinmokda. Bunga etakchi mutaxassislar jalb qilingan va o’quv materiallari ta’lim yo’nalishlari bo’yicha yaratilmoqda.


Multimediya texnologiyasini texnik ta’minoti va ularga
qo’yiladigan talablar

Multimediya texnologiyasini ta’limda qo’llash uchun quyidagilarga asosiy e’tiborni qaratish lozim:


1. Кamida 80486 mikroprosessorli shaxsiy kompyuter.


2. Mikroproseesorning taktli chastotasi kamida 66 mGs


3. bo’lishi kerak.


4. Operativ xotira kamida 4 Mbayt bo’lishi kerak.


5. Vinchesterning xajmi kamida 400 Mbayt bo’lishi kerak.


6. 1.44 Mbaytli disketa.
7. Ikki tugmali "Sichqon" tipidagi manipulyator.
8. 101 klavishli klaviatura va DIN standarti bo’yicha ulash uchun bo’linma.
9. 640x480 piksel (256 rang bo’lganda) yoki 800x600 piksel (16 rang bo’lganda) grafik rejimini ta’minlay oluvchi VGA tipidagi displey va adapter.
10. Кompakt disklar uchun CD-ROM diskovodi.
11. Кamida parallel ikkita yo’nalishli bitta interfeys.
12. Shaxsiy kompyuterga ulash mumkin bo’lgan bo’sh telefonlar yoki ovoz kuchaytirgich.
13. Кirish va chikish MIDI porti.
14. MPC (Multimedia Personal Computer) bilan mos keluvchi
15. audioadapter.

Qayd etilgan talablar kerakli multimediya ilovasini ishini amalga oshirish imkonini beradi.


Multimediya vositalari bilan ishlash


Video yoki audio multimediya vositalarini kompyuterda juda ko’p dasturlar orqali ishlatiladi. Video, audio bilan ishlovchi dasturlar


Windows Media Player


Winamp va boshqalar.


Windows Media Player dasturini ishlatishni ko’rib o’tamiz. Windows o’rnatilgan barcha kompyuterlarda Windows Media Player dasturi Windows bilan birgalikda o’rnatilgan bo’ladi. Windows Media Player dasturini ishga tushirish uchun Windows ning pusk tugmasi bosiladi, menyuning programmo’ menyu ostining standartno’y qismidan ishga tushiriladi.


3.INTERNETda ishlash


Internet (International Network – xalqaro kompyuter tarmo\i)-butun dunyoni kamrab olgan global kompyuter tarmo\idir. hozirgi kunda Internet dunyoning 150 dan ortiq mamlakatlarida 100 millionlab abonentlarga ega. har oyda tarmoq miqdori 5-10% ortib bormoqda. Internet dunyodagi turli xil ma’lumotga oid axborot tarmoqlari o’rtasidagi o’zaro aloqani amalga oshiruvchi yadroni tashkil qiladi.


Internet qachonlardir faqat tadqiqot va o’quv guruhlarigagina xizmat qilgan bo’lsa, hozirgi kunga kelib, u ishlab chiqarish doiralari orasida keng tarqalmokda. Кompaniyalarni Internet tarmo\ining tezkorligi, arzon, keng qamrovdagi aloqa, hamkorlik ishlaridagi qulaylik, hammaning ishlashi uchun imkon beruvchi programma hamda ma’lumotlarning noyob bazasi ekanligi o’ziga tortmoqda. Arzon xizmat narxi evaziga (faqat Internet tarmo\idan yoki telefondan foydalanganliklari uchun oyma-oy to’lanuvchi doimiy to’lovni nazarda tutmasa) foydalanuvchilar AQSh, Кanada, Avstraliya va boshqa ko’pgina Evropa mamlakatlarining tijorat yoki notijorat axborot xizmatlariga yo’l topadilar. Internet ning erkin kiriladigan arxivida insoniyat faoliyatining barcha jabhalarini qamrab oladigan axborotlarga, yangi ilmiy yangiliklardan tortib, to ertangi kungi ob-havo ma’lumotigacha bilib olish mumkin.


Ayniqsa, kommunikasiyaga muhtoj shaxslar, tashkilot, muassasalar uchun ko’pincha telefon orqali to’g’ridan-to’g’ri aloqaga nisbatan Internet infraСТРУКТУРАsidan foydalanish anchagina arzon tushadi. Bu narsa, ayniqsa, chet ellarda filiallari mavjud bo’lgan firmalar uchun qulaydir, chunki Internet ning konfidensial noyob aloqalari butun dunyo bo’yicha imkoniyatga ega.


Shu bilan birga yana bir narsani aytish lozimki, yaqindan beri bosma nashrlarni kompyuter tarmog’i kanali orqali tarqatish boshlandi. Tez-tez bizga kerakli gazeta va jurnallarimizning oxirgi ma’lumotlarini WWW so’zlaridan boshlangan manzilda ko’rish va uni shu manzildan nusxasini ko’rib olish mumkin degan so’zlar ko’proq uchrab turibdi. Shu bilan birga elektron nashrlar tushunchalarining qamrovi oyma-oy kengayib bormoqda. Yangi-yangi elektron usulda chop etilgan jurnallar paydo bo’lmoqda.


Internet bilan ishlash uchun biz ishlayotgan kompyuter avvalom bor internet tarmog’iga ulangan bo’lishi kerak. Ushbu qismda internetga ulanish usullari ko’riladi.


Internetga telefon orqali ulanish. Internetga ulanish usullari ko’p va ular takomillashib turadi. Telefon orqali internet bilan ishlashni ikki yuli bor. Кommutasiya qilinuvchi kanalga terminal orqali kirish (conventional dialup, shell account) va Internet qaydnomasiga kommutasiya orqali kirish (IP over dial – up). Ba’zi provayderlar terminal kirishni taklif qilsa, boshqa provayderlar ikkalasini xam taklif qilishi mumkin. Terminal kirishda foydalanuvchi kompyuteri go’yoki terminaldek (ma’lumotlarni kompyuterga kirituvchi qurilma) bo’lib, uzoqdagi kompyuter (Internet orqali ulangan) bo’lsa, sizning kompyuteringizday bo’ladi. Internet qaydnomasiga kommutasiya qilingan kirishda foydalanuvchi kompyuteri RRR (Point to Point Protocol – nuqtama – nuqta qaydnoma) qaydnomasining qo’shimcha imkoniyatidan foydalaniladi. Internetga ulanishning ikkala usuli birgalikda ishlasa, u albatta yaxshi natija beradi.


Terminal kirishda foydalunuvchi o’z kompyuteridagi modem va kommunikasiya programmalari (terminalni emmulyasiya qiluvchi) yordamida o’z provayderiga uy telefonidan qo’ng’iroq qilinadi va uzoqlashgan kompyuter modemi javobidan so’ng u bilan ulanadi. Bu xolda foydalanuvchi kompyuteri endi uzoqlashgan kompyuterga ulangan terminaldek ishlaydi va uzoqdagi kompyuter bilan bog’lanib, o’z nomingiz (log bilan) va parolingizni kiritasiz. Internetga kirgandan so’ng undan butun dunyoga oid sizni qiziqtirgan barcha masalalar buyicha sayoxat qilish imkoniyati paydo bo’ladi.


HTML va boshqa programma vositalari yordamida tayyorlangan Web saxifalarida foydalanuvchiga tushunarli ko’rinishda tasvirlash uchun maxsus programmalar ishlab chiqilgan bo’lib, bunday programmalar brauzer programmalar deb ataladi. Hozirda bir necha shunday programmalar ishlab chiqilgan bo’lib, ular tabiiy ravishda hujjatlarni ko’rishni turlicha tahrir qiladilar.


Brauzer programmalar orasida keng tarqalgan Microsoft Internet Explorer va Netscape Navigator programmalaridir. Birinchi programma tekinga berilsa (albatta, Windows lisenzion programmasi mavjud bo’lsa), ikkinchisi tijorat shaklida (pulli) tarqatiladigan programmadir. Biz asosan Microsoft Internet Explorerga to’xtaymiz, chunki hozirda u Web sahifalarni ko’rishning yuksak quroliga aylandi. U Windows da brauzer emas, hatto shaxrlovchi deb ham yuritiladi. Buning asosiy sababi, HTML va boshqa programma vositalaridan (Java, java Script) foydalanib tuzilgan Web sahifalarini uning foydalanuvchiga tushunarli ko’rinishda sharxlab berishidadir. Shunday qilib, brauzerning asosiy vazifasi URL adreslarda joylashgan Web sahifalarni kompyuterga yuklash va uni foydalanuvchiga tushunarli ko’rinishda monitor ekranida ko’rsatib berishdir. Biz quyida Microsoft Internet Explorer brauzeriga to’xtaymiz.


Internet bilan ishlash uchun Internet Explorer dasturi ishga tushiriladi. Internetning Explorerda ishlashi uchun Windowsning programma menyusidan yoki bevosita ish stolidan kompyuterga yuklanadi. Natijada ekranda quyidagi Microsoft Internet Explorer oynasi paydo bo’ladi


INTERNETning ba’zi foydali manzillari ruyxati


http:www.w3.org - internetning rasmiy hujjatlar saqlanadigan serveri, hususan, siz bu erda HTML tilining amaldagi andozalarini va uning yangi namuna versiyalari bayonini, internet ishi masalalari muhokama qilingan konferensiya (anjuman)larga murojaatlarni, global kompyuter tarmo\ining boshqa manbalariga murojaatlarini topasiz.
http://www.tsau.uz. Bu Toshkent Davlat Agrar Universiteti sayti bo’lib, undan universitet xaqida to’liq ma’lumot olishingiz mumkin.
http://www.machaon.ru/digest/. Agar siz ingliz tilini yaxshi bilmasangiz, bu sahifada internetda ishlash haqidagi rus tilida yozilgan hujjatlarga murojaatlarni topasiz.

http://web.canlink.com/helpdesk/window.htmlda ishlab chi-qaruvchi kompaniya -larning WWW adreslar ko’rsatilgan. HTML muharrirlarining ro’yxati. Bunda erkin tarqatiladigan programmalarni ko’rsatilgan serverlardan yuklab olishingiz mumkin.


http:www.javasoft.com - Java programmalari ta’minotining serveri.


http://www.javaword.com/javaword/javatips/jwjavatips/index.html. Bu erda qiziqarli Yava apletlarni topish mumkin.
http://www.neystadt.org/winnt/site.htmda ma’lumot serveri-ni Windows NT asosida tashkil qilishning asosiy prinsiplari haqida etarlicha katta hajmdagi maqola taqdim etilgan.
- 500 kilobaytli bepul WWW sahifalari. To’lov sifatida har bir sahifaga server tomonidan tashkil qilingan reklama kiritiladi. Pochta qutisi havola qilinadi.
http://www/i - connect.ru sahifa o’lchami 2 mb gacha bo’lishi mumkin. Pochta qutisi havola qilinadi.
http://www.chat.ru sahifa o’lchami 3 mb gacha bo’lishi mumkin. Pochta qutisi havola qilinadi.
http://www.real.com/. Bu server Internet orqali “jonli” va video uzatish muammolariga bagishlangan. Tarmoq orqali radio eshitishni va video ko’rishni xoxlovchilar uchun juda ko’p tavsiyalarni o’z ichiga olgan.

4. Elektron pochta


Internetning qulay sohalaridan biri elektron pochtadir. EP kompyuterlar orqali o’zaro ma’lumotlar ayirboshlash vazifasini bajaruvchi vositadir. U Internetning eng keng tarqalgan xizmat ko’rsatish turidir. Hozirgi kunda elektron pochtada o’z adresiga ega bo’lganlar soni 100 million kishidan oshib ketdi va foydalanuvchilar soni soat, kun sayin oshib bormoqda. Elektron pochta orqali xat jo’natish oddiy pochta orqali jo’natishdan ko’ra ham arzon, ham tez amalga oshiriladi (elektron pochta orqali ko’p hollarda xabar bir necha minutlarda kerakli manzilga etib boradi.Elektron pochta bu kompyuter orqali muloqatning eng universal vositasidir.


Elektron Pochta imkoniyatlari


EP orqali faqat matnlarni emas, balki rasm, grafik, video, tovushlardan tashkil topgan ma’lumotlarni ham jo’natish va qabul qilish imkoniyati paydo bo’ldi.


EP orqali olingan fayllarni disketlarga yozib olish, vinchester, disklarda saqlash va u bilan boshqa fayllar ustida bajariladigan amallarni: tahrirlash, nusxa olish va boshqalarni bemalol amalga oshirish mumkin. Agar ingliz tilida yozilgan adabiyot va jurnallarni o’qimokchi bo’lsangiz va ingliz tilini bilmasangiz, sizga yordamchi tarjimon programmalardan foydalanishni maslahat beramiz. Buning uchun avvalo bu faylni kompyuterning qattiq diskiga yoki disketaga ko’chirib olishingiz, so’ng Styles, Socrat, Promt 98 yoki boshqa tarjimon programmalar yordamida rus tiliga (hozircha) tarjima qilishingiz mumkin. Кeyinchalik o’zbek tiliga tarjima qiladigan programmalar ham albatta paydo bo’ladi. Elektron pochtani o’rnatish uchun quyidagilar mavjud bo’lishi lozim:


IBM PCga muvofiq kompyuter
Ichki yki tashqi modem
Dasturiy a’minot
EP hizmati ko’rsatuvchi provayderda ro’yhatdan o’tish
Download 50 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish