Axborot haqida tushuncha


-Mavzu: Ma’lumotlar ombori (MO)



Download 3,46 Mb.
bet48/54
Sana26.01.2022
Hajmi3,46 Mb.
#411334
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   54
Bog'liq
Ma\'ruza matni (informatika)-2015 1



14-Mavzu: Ma’lumotlar ombori (MO).


Reja:

        1. Ma’lumotlar ombori.

2.Ma’lumotlarning omborida ma’lumotlarni saqlash.

3.Ma’lumotlar omborinining imkoniyatlari.


Tayanch iboralar: Ma’lumotlar omborini (MO). Integrallashgan va paketli dasturlar, tizim.
Ma’lumotlar ombori

Ma’lumotlar omborini tashkil etuvchi elementlar turli ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Eng ko‘p tarqalgan va amaliyotda qo‘llaniladigan ma’lumotlar matnli fayllar hisoblanadi. Chunki matnli fayllar orqali turli axborotlarni ifodalash va kompyuter xotirasida saqlash mumkin.

Kompyuterlar asosidagi axborot texnologiyalarining ko‘rinishlaridan biri ma’lumotlar ombori hisoblanadi. Oddiy fayllardan farqli ravishda ma’lumotlar ombori kompyuter xotirasida joylashgan axborotlarni izlash va saralashni amalga oshirish imkoniyatiga ega.

Ma’lumotlar ombori deb, kompyuterning uzoq muddatli xotirasida saqlanayotgan axborotlar va ular ustida aniq bir ishlash usullariga imkon beradigan ma’lumotlar yig‘indisiga aytiladi.

Ma’lumotlar omborida turli ma’lumotlar sakdanishi mumkin. Masalan, poezd, samolyot, avtobuslarning harakatlanish jadvali, do‘kon yoki ombordagi mahsulotlarning mavjudligi haqidagi ma’lumotlar, talaba, o‘qituvchi va xodimlar haqidagi ma’lumotlar, kitoblar haqidagi ma’lumotlar va boshqalar ma’lumotlar omboriga misol bo‘la oladi.

Ma’lumotlar omborini yaratish va uni ishlatish uchun shaxsiy kompyuterdan foydalanish shart emas. Masalan, tabibning qabulxonasidagi bemorlar kartotekasini ma’lumotlar ombori deb xisoblash mumkin (kartotekalar qog‘ozdan yoki kartonlardan foydalanib bajarilgan bo‘lishi mumkin).

Masalan, tabib kompyuterda matn fayllarni yaratishni o‘rganib, bemorlar kartotekalarini bir nechta fayllarda yozib «kompyuterli» ma’lumotlar omborini hosil qilishi mumkin. Albatta, bunday ma’lumotlar omboridan foydalanilganda bemorlarni hisobga olish va kerakli hujjatlarni tayerlash (bemorga ma’lumotnoma berish, reqept yozish va h.k.) ancha tez bajariladi.

Ma’lumotlar omborini axborotlarni kompyuterlashgan shakldagi alohida yig‘indisi deb tushunish mumkin.

Biror kutubxonadagi barcha kitoblar yoki butun dunyoda chiqayotgan jurnallardagi matematik tadqiqotlar haqidagi barcha maqolalar ro‘yxatining jamlanishi ma’lumotlar omboriga misol bo‘lishi mumkin.

Er yuzida keng foydalanilayotgan mavjud 3000 ma’lumotlar omborlaridan ko‘p qismini xususiy kompyuterlarda yaratilgan. Ular omborlarda qanday ma’lumotlarni saqlash, axborotni qanday yig‘ish, qanday yangilash va rasmiylashtirish kerakligi masalalarini hal etishgan. Ma’lumotlar omborlari ham ular joylashgan davlatlar kabi turli-tumandir. Ba’zi axborot tizimlari katta emas. Masalan, Avstraliyadagi «Ausinet» tizimi 17 omborga, Amerikaning «DAYaLOG» tizimi 250 dan ortiq omborga ega. Ko‘pchilik tizimlar o‘rtacha o‘lchamlarga ega. Shveqariyaning «Data— Star» tizimi 46, G‘arbiy Germaniyaning «INKA» tizimi 42, Franciyaning «Kestelg‘» tizimi 45, Buyuk Britaniyaning «Pergamon Infolayn» tizimi 35 omborga ega.

Ma’lumotlar omboridagi axborotlar bir necha usullar bilan tashkil etilishi mumkin.

Ma’lumotlar omborlarining eng sodda va keng tarqalgan shakli jadval ko‘rinishidir. Ma’lumotlar omborining bunday ko‘rinishi relyatsion omborlar deb ataladi. Relyatsion omborlar aniq sondagi ustunlarga ega bo‘lib, ularning hammasi nomlarga ega bo‘ladi Masalan, guruxdagi o‘quvchilar haqidagi Ba’zi ma’lumotlarni quyidagicha tasvirlash mumkin:

2-jadval


Familiyasi

Ismi

Bo‘yi (sm)

Og‘irligi (kg)

Ko‘zining rangi

Saidova

Shaxlo

168

74

Jigar rang

Qodirov

Dilshod

185

79

Ko‘k

Halimova

Mashraboy

170

70

Qora

Iskandarov

Rustam

186

80

Yashil

Kompyuterdan aksariyat hollarda matnli fayllar (turli xat, referat, shehr va h.k.) ni yaratishda foydalaniladi. Foydalanuvchining tajribasi oshib borgan sari u matnli fayllar o‘rnida turli shakldagi va berilgan vazifalarni bajaruvchi fayllardan foydalana boshlaydi. Masalan, matn fayl ichida turli xil sonli, belgili ma’lumotlarni kiritish orqali jadvalli, kartotekali, videotekali, tashkilotlar manzili, kasallik varaqalari, telefon nomerlari va boshqa ma’lumotlarni jamlovchi ombor sifatida foydalanishi mumkin. Bunday omborlarda axborotni tasvirlash va joylashtirishni foydalanuvchining o‘zi belgilaydi.

Matnli fayllarda axborotni joylashtirishning bir variantini aniq misol tariqasida ko‘rib chiqaylik. Masalan, O‘zbekistonda tug‘ilgan va fundamental fanlar (fizika, matematika, biologiya, kimyo va h.k.) sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan yirik mutaxassislarning «Fanlar ekspertlari ombori» deb nomlanadigan kartotekasini (matnli fayllarda) yaratish mumkin. Bunday kartotekalardan foydalanish ancha qulay.

Har bir olim (ombor atamasida — ekspert) 30 ta banddan iborat maxsus anketani to‘ldiradi. Har bir bandga shartli ravishda ikkilik kodi beriladi. Masalan, NA— ekspertning familiyasi, ismi va sharifi, DA—uy manzili, ED— ma’lumoti, FTP— chet elga xizmat safariga borganligi va boshqa kodlashlar ma’lum ma’lumotlarni bildirsin.

Operator har bir anketani matnli faylga kiritadi.

Masalan:


NA — Saxobov Anvar To‘ychievich.

DA — 700019, Toshkent sh., G‘.G‘ulomov ko‘chasi, 34, 26 uy.

ED —- oliy.

FTP — 1998 yilda Angliyaga borgan.

Ba’zi bandlar matnli faylning bir necha satrida yoziladi va butun anketadagi satrlar soni o‘zgaruvchan bo‘ladi. Egallagan lavozimi, unvonlari, faoliyat ko‘rsatgan institutlari «ochiq» matnda kiritiladi va ularning nomlarini yozish ixtiyoriy ko‘rinishda bo‘ladi. Masalan: «laboratoriya mud» yoki «lab mud».

Tushunarliki, bunga o‘xshash ma’lumotlar omborlari ish jarayonida juda asqotadi: ularni o‘qish, nusxalash, o‘zgartirish, qog‘ozga chiqarish, biror bo‘lagini ajratib olish, hattoki oddiy axborotni izlash (NA, ED kabi) osongina bajarilishi mumkin. Ammo bunday omborlarning afzalliklari shu bilan tugaydi. So‘ngra uning kamchiliklari ketma-ket sanab o‘tiladi. Bir tomondan, yuqorida qayd qilingan ko‘rinishda axborotni kiritish juda murakkab va qiyin ish. Bir xil bandlarni ko‘p marotaba kiritishga to‘g‘ri keladi. Boshqa tomondan esa, fayllarga kirish oson bo‘lganligi sababli fayllarni saqlash paytida undagi ma’lumotlarning buzilishi (qisman uchib ketishi, o‘zgarishi)ga olib kelishi mumkin.

Eng asosiysi shundaki, ma’lumotlar omborini yaratishdan maqsad hosil qilingan ma’lumotlardan foydalanish qulayligidir. Birinchidan, turli alomatlariga ko‘ra axborotlarni tartiblash, ikkinchidan, ixtiyoriy belgilariga ko‘ra ajratib olish oson. Matnli fayllar esa ma’lumotlarni bunday tashkillashtirishni amalga oshira olmaydi.

Axborotlar tizimi vositasida qayta ishlash uchun jadval ko‘rinishidagi ma’lumotlar qulay hisoblanadi. Kompyuterning dasturiy ta’minotiga kiradigan dasturlar xotiradagi jadvallarni «taniydi». Kompyuter xotirasida jadval sifatida sakdanadigan fayllar, asosan, kengaytmasi dbf (Data Base File) bo‘lgan fayllardir. Biz yuqorida ko‘rib o‘tgan olimlar haqidagi ma’lumotlarni saqlovchi fayl ham dbf kengaytmali faylga misol bo‘ladi.




Download 3,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish