Axborot haqida tushuncha, uning turlari, xususiyatlari


Ta'limda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining o‗rni va ahamiyati



Download 24,74 Kb.
bet2/2
Sana19.01.2022
Hajmi24,74 Kb.
#391864
1   2
Bog'liq
AKT

Ta'limda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining o‗rni va ahamiyati.

XXI asr – axborotlashtirilgan jamiyat sari asrida axborot texnologiyalarning roli va o`rni kundan – kunga o`sib boraveradi, hamda har bir jabhaning ajralmas qismiga aylanib boradi. Bugungi kunda hayotimizni axborot-kommunikatsiya texnologiyalarisiz tassavur etib bo`lmaydi. O`zbekistonda ta'lim jarayonida AKTni qo`llash bo`yicha keng qamrovli ishlar olib borilmoqda va uning huquqiy va me'yoriy asoslari yaratilgan.

Jumladan, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 30-maydagi “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot texnologiyalarini joriy etish to`g`risida”gi PF-3080 sonli farmoniga binoan: - O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 6-iyundagi “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora–tadbirlari to`g`risida”gi 200-sonli qarori; - O`zbekiston Respublikasining 2003-yil 11-dekabrda qabul qilingan “Axborotlashtirish to`g`risida”gi Qonuni; - O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 8-iyuldagi “Axborotkommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishning qo`shimcha chora-tadbirlari to`g`risida”gi PF 117-sonli qarori;



O`zbekiston mustaqillikka erishganidan boshlab ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanib, xalqaro integratsiyaga qo`shilmoqda. Jamiyatimizning turli sohalarida rivojlanish ketayotganligi uchun axborotlar almashuvi masalasi tug`ildi. Insoniyat ishlab chiqarish jarayonida tartibsiz mexanik operatsiyalardan tartibli boshqaruv operatsiyalari tomon jadal harakatlanmoqda. Elektron ofislar har xil axborotlashtirish vositalari bilan ta'minlangan. Insonning ish joyi o`zgarmoqda. Ma'lumotlarning elektron shakli hayotning barcha jabhalarida inson faoliyati xarakterini o`zgartirmoqda. Axborot texnologiyasi va uning apparat dasturiy ta'minotining rivojlanishi, ofisda ish o`rinlarining evolyusion va informatsion to`yinishiga sharoit yaratadi. Ta'lim muassasasi tomonidan yo`qotilgan axborot - bu natija va boshqaruvning yo`qotilganidir. Shuning uchun axborot tizimlari qurilishida qo`yiladigan strategik maksad, ta'lim muassasasi erisha oladigan oqimlarining barchasini jamlashga sharoit yaratish muassasada avtomatlashgan ish joyini integratsiya qilishga kerak bo`lgan axborot oqimlari: nutq, tasvir, matn, ma'lumotlarni olishdir. Og`zaki xabarlar (nutq). Og`zaki xabarlar xodimlarning ta'lim muassasasi ichida hamda tashqarida telefon tarmoqlari orqali bo`ladigan og`zaki muloqot paytida kelib chiqadi. Telefon og`zaki kommunikatsiyaning muhim vositasi bo`lib, 1878 yildan ekspluatatsiya qilina boshlagan. Bundan buyon o`z funksiyalarini sezilarli darajada o`zgartirdi. Ta'lim muassasasida telefon ikkita rolni bajaradi:  og`zaki muloqotni ta'minlaydi;  ta'lim muassasasining bir qator texnik vositalarini uzoqda joylashgan abonentlar bilan ulaydi. Zamonaviy telefon vositasining funksiyalari ko`p: u - avtojavob beruvchi, qo`ng`iroq qilayotgan abonentning raqamini aniqlovchi, telefon raqamini bilib olishdan himoyalash va hokazo. Unga xotira va boshqarish bloklari birlashtirilgan. Telefonga radio signallarni qabul qilish imkoniyati o`rnatilgan bo`lsa, u o`tkazgichsiz ishlashi va ta'lim muassasasi ichida joydan joyga ko`chish imkonini beradi. Bugungi kunda “uyali” aloqa keng qo`llanilmokda. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari esa o`z navbatida motivlarni yuzaga keltiruvchi eng muhim omillardan biridir. Chunki, axborotlarning jamlanganligi, ko`rgazmaliligi, ya'ni turli xil taqdim etish imkoniyatlariiing mavjudligi, animatsiyalardan foydalanish, ta'lim-tarbiya oluvchilarning yoshi va fiziologik xususiyatlariga mos axborotlarni taqdim etib borish o`quvchilarda ta'limga bo`lgan qiziqishni va bilim olishga bo`lgan ichki harakatlantiruvchi kuchlar(motiv)ni yuzaga keltiradi. Bu borada olib boriladigan ishlar mazmuni motivni o`stirishga, uni qo`ya bilishni o`rgatishdan iborat. Axborotlashtirish axborot jarayonlarini rivojlantirish vosita va sharoitlarining butun majmui bo`lib, tegishli texnik, bazani yaratish, tashkiliy, iqtisodiy, madaniy-ma'rifiy islohotlar qilishni o`z ichiga oluvchi jarayon bo`lib, u ta'limni texnologiyalashtirishga keng imkoniyatlar yaratadi. Insoniyatning axborot ishlab chiqarish bo`yicha imkoniyatlarini kuchaytiruvchi zamonaviy texnologiyalar, axborotlashgan jamiyatning intellektual salohiyati sifatini ham belgilaydi va bunday jarayonlar axborotlashtirish sanoatini muntazam rivojlanishini ta'minlaydi. Axborotlardan samarali foydalanish asosida faoliyat ko`rsatish quyidagi vazifalarni hal etishning ma'qul yo`llarini ta'minlab beradi

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari so`z, raqam, tasvir, tovush va boshqa ko`rinishlarda beriladigan axborotni qayta ishlash uchun keng imkoniyatli vosita sanaladi. Ularning vosita sifatidagi asosiy xususiyati axborot olish va qayta ishlash bilan bog`liq turli xil amallarni bajarish uchun sozlash (dasturlashtirish) imkoni mavjudligidir. O`quv jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish foydalanuvchilarning tafakkur ko`nikmalarini va murakkab vazifalarni hal qilish malakalarini rivojlantirishning yangi yo`llarini ochib beradi, ta'limni faollashtirish uchun prinsipial yangi imkoniyatlarni taqdim qiladi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari auditoriya va mustaqil mashg`ulotlarni yanada qiziqarli va ishonchli, o`rganiladigan axborotning katta oqimini oson o`zlashtiriladigan qilish imkonini beradi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalarining ta'limning boshqa texnik vositalariga qaraganda asosiy ustunliklari nozikligi, ta'limning turli modellari va algoritmlariga sozlash, shuningdek, har bir ta'lim oluvchining xattiharakatlariga yakka tartibda reaksiya qilish imkoniyati sanaladi. Bunday vositalardan foydalanish ta'lim jarayonini yanada faollashtirish, unga tadqiqotchilik va izlanuvchanlik xarakterini bag`ishlash imkonini yaratadi. Darsliklar, televidenie va kinofilmlardan farqli o`laroq, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ta'lim oluvchining xatti-harakatiga zudlik bilan javob berish, turli toifadagi ta'lim oluvchilar uchun materialni takrorlash, tushuntirish, puxtaroq tayyorgarlikka ega bo`lgan ta'lim oluvchilar uchun yanada murakkab va o`ta murakkab materialga o`tish imkoniyatini ta'minlaydi. Bunda individual sur'atlarda o`qitish oson va tabiiy tarzda amalga oshiriladi. Bilimlar hajmining ortib borishi va tahlil metodlarining murakkablashishi bilan ta'limni asosan an'anaviy usulda tashkil etish tobora qiyinlashib bormoqda. Murakkab muammolarni tushunish va hal qilish malakalari, juda katta hajmdagi dastlabki ma'lumotlarni foydali umumlashtira olish qobiliyati - bularning hammasi katta ahamiyat kasb etib, o`quvchilardan yanada faol bo`lishni talab etadi. Aynan, shu nuqtai nazardan kompyuter ta'lim sohasi uchun nihoyatda keng imkoniyatlar taqdim qiladi. O`qitish (mustaqil o`qishdan farqli o`laroq) ta'rifiga muvofiq muloqotli hisoblanadi. Zamonaviy axborot texnologiyalari muhitida didaktika, zamonaviy axborot texnologiyalaridan faol foydalanish orqali bilimlarning samarali o`zlashtirishga yo`naltirilgan o`quv faoliyatining keng jabhali turlarini salohiyati, axborotni qabul qilish va o`zlashtirish qobiliyatlariga bevosita bog`liq bo`lmoqda. Elektron resurslarining afzalliklari qatoriga axborotlarning jamlanganligi, ko`rgazmaliligi, ya'ni turli xil taqdim etish imkoniyatlariiing mavjudligi, animatsiyalardan foydalanganligi, ta'lim-tarbiya oluvchilarning yoshi va fiziologik xususiyatlariga mos axborotlarni taqdim etib borish jihatlarini kiritish mumkin. Bu o`quvchilarda ijodiy fikrlashni, tarbiyaviy ko`nikma va malakalarni rivojlantirish orqali resurslarni har tomonlama chuqur o`zlashtirilishiga imkoniyatning mavjudligi bilan alohida ahamiyatga ega. Bizning fikrimizcha, boshlang`ich ta'limi va tarbiyaviy jarayonlariga axborot texnologiyalarini tatbiq etishdagi asosiy vazifalar quyidagilardir: • yangi axborot texnologiyalarini ta'lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etishning zaruriy moddiy-texnika bazasini yaratish; • ta'lim-tarbiya jarayoni uchun zamonaviy axborot texnologiyalarini loyihalash va qo`llash; • foydalanuvchilarning zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi bilim va ko`nikmalarini shakllantirish • zamonaviy texnologiyalar negizida ta'lim va tarbiya jarayonlaridagi samaradorlikni kafolatlash. O`zbekiston mustaqillikka erishganidan boshlab ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanib, xalqaro integratsiyaga qo`shilmoqda. Jamiyatimizning turli sohalarida rivojlanish ketayotganligi uchun axborotlar almashuvi masalasi tug`ildi. Insoniyat jamiyati ba'zi bir murakkab masalalarni yechish, odamlarni ma'lum bir jamoaga to`plashni talab etadi. Bu maqsadda mukammalroq tizimlar inson muloqotining o`rnini bosa olmaydi, lekin axborot texnologiyalari ular ishtirokining samarasini oshirishga va ijodiy faoliyatni avtomatlashtirishga imkon yaratadi. Inson shaxsining o`z-o`zini boshqarish va ta'lim jarayonlarni takomillashtirish borasida axborotlar texnologiyasi tomonidan qo`lga kiritilgan yutuqlar juda muhim hisoblanadi. Ayniqsa, ma'lumotlar asri bo`lgan 20-asrda va har bir alohida ma'lumotning qadr-qimmatini oshishi bashorat qilingan. Masalan, oddiy muloqot jarayonini yanada takomillashtirish, shaxslararo munosabatlardagi ta'sirchanlikni, samaradorligini oshirishda zamonaviy texnologiyalarning o`rni va roli juda muhim. Hozirgi fan-texnikaning rivoji bir tomondan axborotlarni, ma'lumotlarni ko`paytirsa, ikkinchi tomondan, o`quvchilarda bilimlarga barqaror qiziqishning yo`qolishiga olib keladi, chunki qat'iylik, ijodiy izlanish, irodaviy zo`r berish o`rnini loqaydlik, faoliyatsizlik egallaydi. Boshqacha aytganda, ular «tayyor axborotlarning quli»ga aylanadilar. Chunki kompyuter, displey, EHM, kalkulyatorlar inson aqliy mehnatini yengillashtiradi, ularni aqliy zo`r berishdan xalos qiladi. Bunda tarbiya jarayonining tashkilotchisi va boshqaruvchisi hisoblangan o`qituvchi roli muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki jarayonning to`g`ri tashkil etilishi yuqoridagi kamchiliklarni keltirib chiqarmaydi, balki ana shu imkoniyatlarning ijobiy tomonlarini topa olish va samarali foydalana olish imkoniyatlarini yaratadi. O`qituvchi o`quvchilar jamoasi kishilardan tashkil topganligini unutmasligi har bir o`quvchi shaxsini e'tibordan chetda qoldirmasligi kerak. O`quvchilar bilan psixologik aloqaning qisqa muddatga bo`lsada yo`qolishi, og`ir oqibatlarni vujudga keltiradi. Jarayonning to`g`ri tashkil etilishi bevosida pedagogning vazifalarini aniqlab olish va bajarilishining ta'minlanishiga bog`liq. Axborot, uni olish vositalari va o`qitish dasturlariga boy. Bunday o`quv muhitida o`qituvchining roli qanday? Birinchidan, an'anaviy o`qitishdagi o`qituvchining bilim berish vazifasi o`rniga o`quv jarayonini boshqarish, o`quv dasturlarining barcha bosqichlarida o`quvchiga maslahat berish, uning bilimi sifatini nazorat qilish vazifasi yuzaga keladi. Ikkinchidan, tarbiyalash vazifasi. Ta'lim bu - professional va shaxsiy sifatlarni rivojlantiruvchi murakkab va ko`p qirrali jarayon. Shaxsni tarbiyalash jarayonidagi «jonli» muloqot insoniyat jamiyatining mavjudligi asosidir.

Elektron tarbiyachi. Biz “MAKTAB” deganimizda, faqatgina bolalarni o`qitadigan maskanni emas, balki ularga hayot yo`lida o`z o`rnini topishga yordam beradigan pedagoglarni, ularga to`g`ri yo`lni topishga yo`naltiradigan tarbiyachilarni ham ko`z oldimizga keltiramiz. Biz hozir aynan tarbiya jarayonida yangi informatsion texnologiyasidan foydalanish xususida so`z yuritamiz. Ma'lumki, kompyuter bugungi kunda ham bizning, ham bolalar hayotining, faoliyatining bir bo`lagiga aylanib ulgurdi. Biroq hamma yerda bo`lgani kabi bu o`rinda ham yangilikka qarshi chiquvchilar, kompyuter imkoniyatlaridan tarbiya jarayonida foydalanishni istamaydiganlar talaygina. Albatta, biz bolalarimiz tarbiyasini hyech qanday aqlli mashinalarga ishonolmaymiz. Biroq, kompyuter bizning faolitimizda beminnat yordamchi bo`lishi, ta'lim-tarbiya jarayoniga yangi informatsion texnologiyalarni mahorat bilan olib kirishi lozimki, o`quvchilar sezmay ham qolsinlar! O`qituvchining tarbiyaviy funksiyasi maktab ishidagi yetakchi o`rinlardan birini egallaydi. Bu funksiyani to`laqonli amalga oshirish imkoniyatlaridan biri, sinf tarbiyaviy soatlaridir. Sinf tarbiyaviy soatlarini tayyorlash va o`tkazishda kompyuterdan foydalanish o`quvchilarni qiziqishini ortishiga, tarbiyaviy soat sifatini ortishiga xizmat qilishi tabiiy hol deb bemalol aytishimiz mumkin Barchamizga ma'lumki, bugun sotuvda tarbiyaviy xarakterga ega ko`plab badiiy va hujjatli filmlarning disklari va kassetalari mavjud, shuningdek, tayyorsinf tarbiyaviy soatlarining ishlanmalarini ham topish mumkin. Televizorda ham tamaki mahsulotlarini chekish, alkogolli ichimliklarni iste'mol qilishning zararli oqibatlari haqida hikoya qiluvchi ko`rsatuvlar ham talaygina. Bu filmlarni bolalar tarbiyaviy soatlarda ko`rishlari va muhokama qilishlari kerak. Bu o`rinda ham albatta, internetga ulanish imkoniyati bo`lgan kompyuter kerak bo`ladi. “Dunyo global tarmog`i”da biz hohlagan yo`nalishdagi, mavzudagi badiiy va hujjatli filmlarni topish imkoniyati mavjud. Undan nafaqat tarbiyaviy soatda, balki ayrim mavzularni o`rganishda ham foydalanish mumkin. Yurtimizda barcha tarmoqlar kabi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ham jadallik bilan rivojlanib borishi pedagoglar oldiga yangidan – yangi vazifalarni yuklamoqda. Ushbu tarmoqni yetuk malakali kadrlar bilan ta'minlash zamon talabi bo`lib, ta'limda axborot texnologiyalarini qo`llash pedagogdan quyidagilarni bilishni talab qiladi: - axborotdan jarayon sifatida bilim olish va ijod qilish; - fan-texnika va madaniyatdagi axborot va kreativ jarayonlar; - axborotda jamiyatni rivojlantirish muammolari; - sun'iy intellektning axborot tizimlari va bilim berish usullari; - axborotlashning texnik vositalari va telekommunikatsiya vositalari; - o`quv materiallari haqida axborotli ma'lumot tizimini bilish va qo`llay olish; - universal va muammoli-masofali axborot texnologiyalarini amalga oshirishning dasturiy vositalari haqida tasavvurga ega texnologiyalarni; - axborotni modellashtirish asoslari; - o`qitish va nazorat qilishning avtomatlashtirish tizimi; - global internet kompyuter tarmog`idan foydalanish; - o`quv jarayonida amaliy dastur paketlarini qo`llash;

FOYDALANILGAN ADABIYOT

9. Azizxo„jaeva N. N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. –T.: O„zbekiston yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg„armasi nashriyoti. 2006 y. 200b.

10. Axmedova M., Abdurahmonova N., Jumaev M. Matematika. 1-sinf uchun darslik. T.: “Turon-iqbol”. 2008-yil.

11.Божович Л.И. Проблемы формирования личности. –M.: 1997 г.

12. Burxonov S., Xudoyorov O„., Norqulova Q. Matematika. Umumiy o„rta ta'lim maktablarining 3-sinfi uchun darslik. “Sharq” nashriyot matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati. –T.: 2012 yil. 208 bet. 13.Выготский Л.С. Педагогическая психология. –M.: 1996 г.



14.Ziyomuxamedov B. Pedagogika. Oliy o„quv yurtlari uchun o„quv qo„llanma. –T: “Turon-Iqbol”. 2008 yil. 112-bet.
Download 24,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish