Hududiy nashrlar kerakmi?
Kerak, albatta. Chunki har bir gazeta muayyan tuman, shahar aholisining oʻy-fikrlari, istak va xohishlari, maqsad va intilishlarini ifoda etuvchi haqiqiy minbardir. Qolaversa, hech qaysi markaziy OAV joylarda boʻlayotgan voqea-hodisalarni, mahalliy yangiliklarni butkul qamrab ololmaydi. Buni faqat hududiy nashrlar uddalaydi. Shuning uchun jahon tajribasida mahalliy yangiliklarni yorituvchi hududiy nashrlarga ehtiyoj katta. Yaponiya, Islandiya, Norvegiya, hatto qardosh Turkiyada ham aholi oʻz shahri, tumani bilan bogʻliq mahalliy yangiliklarni hududiy nashrlardan oʻqishga odatlangan.
Bizda ham hademay mahalliy aholi hududiy nashrlarga oʻzi xohishi bilan obuna boʻladigan yoki matbuot nashrlarini sotish shoxobchalaridan gazeta xarid qiladigan kunlar keladi. Buning uchun hududiy nashrlar, avvalo, oʻquvchilarning talab va ehtiyojiga mos axborot yetkazish, hududda boʻlayotgan voqelardan xabardor qilish orqali xalq ishonchini qozonishi kerak. Sifatli axborot mahsulotini yetkazish orqali aholi oʻrtasida gazetxonlik madaniyat
Hududiy gazetalar obunasi nega kam?
Jizzax shahrida “Hududiy bosma nashrlar holatini yaxshilash boʻyicha taklif va tavsiyalar” mavzusida seminar-trening oʻtkazildi.
Oʻzbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi hamda Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi hamkorligida tashkil etilgan seminarda hududiy gazetalar bosh muharrirlari, markaziy nashrlarning viloyatdagi muxbirlari, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti oʻqituvchilari, mutaxassislar ishtirok etdi.
Tadbirda hududiy nashrlarning bugungi holati, sohada menejment va marketing muammolari, jurnalist tekshiruvini olib borish bosqichlari va tamoyillari, jamoatchilik nazoratini oʻrnatishda jurnalistning roli kabi mavzularda maʼruzalar tinglandi.
Viloyatda “Jizzax haqiqati” va “Djizakskaya pravda”, yoshlarga moʻljallangan “Bilagʻon”, Jizzax davlat pedagogika institutining “Ziyo chashmasi”, Jizzax politexnika institutining “Bunyodkor yoshlar” hamda 5 tarmoq, 12 shahar va tuman gazetalari jami 61 ming 600 dan ortiq nusxada chop etilayotir. Keyingi yillarda matbaa korxonalari yangi texnologiyalar bilan jihozlangani bois gazetalarning bosma sifati, dizayni tubdan yaxshilandi.
Biroq, haftasiga bir marta, ayrimlari oyda bir-ikki chiqadigan tuman gazetalarining aholiga tezkor maʼlumot yetkazishi haqida gapirish ortiqcha. Bu ahvolni tuzatish uchun esa, mablagʻ kerak. Mablagʻning asosiy manbai boʻlgan obuna barcha tuman gazetalarining muammosi. Ayrim tumanlarda obuna sonining ikkinchi yarim yillikdan boshlab kamayib ketishi gazetalarning chiqmay qolishiga ham olib kelmoqda.
– Obuna mavsumida muassisga yukni tashlamasdan yillik xarajatni qoplaydigan mablagʻ toʻplash masalasi shu kunlarda tahririyatlar jamoasini oʻylantirayotgan muammodir, – deydi viloyat matbuot va axborot boshqarmasi boshligʻi Ulugʻbek Odilov. – Endi tahririyatlar jamoasi obunani eskicha “ixtiyoriy-majburiy” usulda koʻpaytirib boʻlmasligini anglab yetmoqda.
Boʻlib oʻtgan muhokama, bahs va savol-javoblar asosida viloyatdagi bosma ommaviy axborot vositalari, xususan, shahar, tuman hamda tarmoq gazetalari adadini koʻpaytirish uchun bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqib, tahririyatlarda marketing va menejment yoʻnalishlarini joriy etish, oʻquvchiga tezkor, asosli, qiziqarli va oʻqishli axborot yetkazish yuzasidan qator takliflar bildirildi.
Davr oʻzgaryapti. Shunga monand hududiy bosma nashrlarning oʻzgarishini davrning oʻzi taqozo etmoqda. Shunday ekan, harakatni boshlash fursati yetdi. Qolganini vaqt koʻrsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |