Shaxsiy kompyuter - shaxsan foydalanish uchun mo‘ljallangan hammabop kompyuter. Ko‘chma kompyuterlar shaxsiy kompyuterlarning tez rivojlanayotgan kenja sinfidir.
Printer - raqamli ma’lumotlarni qattiq tashuvchiga (odatda qog‘ozga) chop etish qurilmasi. Printerlar oqimli, lazerli, matritsali, sublimatsion va h.k., chop etish rangi bo‘yicha esa oq-qora va rangli bo‘ladi.
Lazerli printer - lazerli chop etish texnologiyasi uslubi asosida ishlovchi va kompyuter axborotini chop etish (chiqarish) vazifasini bajaruvchi apparat.
Lokal printer - kompyuterdagi portlardan bittasiga bevosita ulanadigan printer.
Matritsaviy printer - shakllantirilayotgan ramz yoki tasvir qismi nuqtalar shaklida aks ettiriladigan printer.
Chiziqli printer - bir paytning o‘zida butun qatorni chop etuvchi yuqori tezlikka ega bo‘lgan printer. Chiziqli printerlarning kamchiligi ularning grafikani chop etaolmasligi, past chop etish sifati va ish paytida qattiq shovqinlar bo‘lishidir.
Egiluvchan disk - kompyuter axborotni yozish uchun mo‘ljallangan, asosi yupqa egiluvchan polimer magnit moddadan plastina shaklida yasalgan magnit disk. Plastina chang va shikastlanishdan saqlovchi, ichki tomonida tozalovchi qoplama bo‘lgan zich korpusga joylashtirilgan. Korpusdagi o‘yiq ma’lumotlarni yozish va o‘qish uchun xizmat qiladi. Axborot diskda konsentrik yo‘laklar bo‘ylab joylashtiriladi va saqlanadi.
HD (Hard Disk) – 1. Qattiq disk. 2 High Density – Yuqori zichlik (axborotni yozishda).
Qattiq disk - diskovodda doim mustahkamlangan qattiq magnit disk yoki disklar majmui. U yozish va o‘qish kallaklari bilan birga changdan tozalangan atmosfera bosimi ostida oddiy havo bilan to‘ldirilgan germetik yopiq korpusga solingan bo‘ladi.
FD floppy disk - kompyuter axborotini yozish uchun mo‘ljallangan asosi yupqa egiluvchan polimer magnit moddadan plastina shaklida yasalgan magnit disk.
CD-RW - CD ReWriteable. Qayta yoziladigan kompakt-disk. Ko‘p marta qayta yozish imkoniyatiga ega.
CD-ROM - “Faqat o‘qish uchun” kompakt-diski. CD-ROM yuritmalari uchun axborot tashuvchisi. Qator formatlarda yozilishi mumkin:
– CD-DA (Digital Audio). An’anaviy audio disk. Amalda barcha yuritmalar tomonidan qo‘llanadi.
Modem - “Modulyator-demodulyator”ning qisqartmasi. Ushbu qurilmaning ish tamoyilini belgilaydi: kompyuterdan olingan raqamli signalni uzatish uchun analog shaklga aylantirish va qabul qilingan signalni analog shakldan raqamli shaklga qaytarish. Modem signalning telekommunikatsiya kanallari bo‘ylab uzatishni ta’minlaydi. Modem yordamida Internetda oddiy analog telefon tarmog‘i orqali ishlash mumkin. Bunday modemlarning nazariy jihatdan eng ko‘p foydalanish tezligi – 56 Kbit/s. Mazkur atama ba’zan tezkor kabel yoki DSL modemlari hamda ISDN terminal adapterlariga nisbatan qo‘llanilsa ham, ushbu qurilmalarning barchasi texnik nuqtai nazardan ma’lumotlarning raqamli uzatilishini amalga oshirib modem hisoblanmaydi.
Faks-modem - ichiga aloqa o‘rnatish, modulyatsiya va tasvirlarni uzatish bo‘yicha faks protokollari o‘rnatilgan modem. Bunday modem odatiy modemlar (ma’lumotlarni uzatish protokollari vositasida) kabi, faks- mashinalar (tasvirni uzatish protokollari orqali) bilan ham ishlay oladi. Odatda, barcha zamonaviy modemlar fakslarni birday yaxshi uzata oladi. Lekin odatiy fakslardan qolishmasada, qabul qilish vazifasini ularning hammasi ham eplay olavermaydi.
Skaner - 1 Qog‘oz, fototasma va h.k.lardan kompyuterga grafika va matn axborotni kiritish qurilmasi. Skaner yordamida kompyuter xotirasiga ikki o‘lchamli tasvirni kiritish mumkin (bosma matn, rasm, xarita, fotosurat va h.k.). 2 Dasturlash tizimlarida – leksikaviy tahlilchi. 3 Tarmoq xavfsizligini ta’minlash tizimlarida – tarmoqlararo ekranlar va boshqa tarmoq dasturiy ta’minotidagi zaifliklarni avtomatik ravishda topish dasturi. 4 Kabelli liniyalardagi qisqa tutashuv, uzilish, noto‘g‘ri o‘rnatilgan ajratkich kabi nosozlikni aniqlovchi asbob.
Skaner — kompyuterga matn, rasm, slayd, fotosur’at ko‘rinishida ifodalangan tasvirlar va boshqa grafik axborotlarni avtomatik ravishda kiritishga mo‘ljallangan qurilma.
Protsessor - 1 Kompyuterning buyruqlarni tahlil qiluvchi va bajaruvchi funksional qurilmasi. Protsessor kamida buyruqlarni boshqarish qurilmasi va arifmetik-mantiqiy qurilmadan iborat bo‘ladi. 2 Muayyan buyruqlarning aniq bajarilishini ta’minlovchi funksional qurilma.
Mikroprotsessor - Elementlari bitta yoki bir necha integral sxemaga maydalashtirilgan protsessor. Kompyuterlar, jumladan, shaxsiy kompyuterlar tuzilishining asosiy elementi. Mikroprotsessor ichki xotira yordamida arifmetik, mantiqiy va boshqaruv amallarini bajaradi.
Tezkor xotira - kompyuter xotirasining asosiy tezkor maydoni. Markaziy protsessorning bevosita nazorati ostida ma’lumotlarni va dasturlarni saqlash uchun ishlatiladi. Tezkor xotira protsessorga buyruq va ma’lumotlarni bevosita yoki kesh-xotira orqali uzatadi. Shu sababli, dastlab tezkor xotiraga operatsion tizim yoki, hech bo‘lmaganda, uning shu vaqtda ishlayotgan qismi yoziladi. Bundan tashqari, bu yerda shu dasturga zarur bo‘lgan, protsessorda bajarilayotgan dastur va ma’lumotlar saqlanadi. O‘z navbatida, tezkor xotira kattaroq hajmga ega, lekin sekinroq ishlaydigan tashqi xotira bilan o‘zaro ishlaydi.
MAVZU: «AXBOROT JARAYONLARINING DASTURIY TA’MINOTI, DASTURIY TA’MINOT TURLARI »
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) - 1 Xususiy, umumiy va ishlab chiqarish kommunikatsiyasida axborotlar tayyorlash, qayta ishlash va yetkazish bilan bog‘liq bo‘lgan obyektlar, harakatlar va qoidalar, shuningdek barcha texnologiyalar hamda sanab o‘tilgan jarayonlarni birlashgan ravishda ta’minlovchi sohalar majmuasi. AKT tushunchasiga mikroelektronika, kompyuter va dasturiy ta’minot, telekommunikatsiyalar ishlab chiqish hamda ishlab chiqarish, Internetdan foydalanishni ta’minlash, Internetning axborot resurslarini ta’minlash, shuningdek sanab o‘tilgan sohalar bilan bog‘liq bo‘lgan turli xil hodisalar
va bu faoliyat sohalarini tartibga soluvchi qoidalar (rasmiylari kabi norasmiylari ham) kiradi.
2 Axborotni yaratish, uzatish, boshqarish va unga ishlov berish bilan bog‘liq bo‘lgan texnologiyalar.
3 Xohlagan kommunikatsiya qurilmasi yoki qo‘llanmaga nisbatan ishlatiluvchi umumiy atama, jumladan: radio, televideniye, mobil telefonlar, kompyuterlar va tarmoq uskunalari va dasturiy ta’minot, yo‘ldosh tizimlari va h.k., shuningdek turli xizmatlar va ularga tegishli dasturlar, masalan, videoanjuman va masofaviy ta’lim. AKT, shuningdek, torroq ma’noda ham ishlatiladi, masalan, AKT ta’limda, tibbiyotda, kutubxonada va h.k. Yevropa Komissiyasi fikricha, AKT muhimligi texnologiyaning o‘zida emas, balki AKTning aholi orasida ko‘proq axborot va kommunikatsiyasidan foydalanish qobiliyatidadir. Dunyoning ko‘p mamlakatlari AKT rivojlanishi uchun tashkilotlar yaratgan, chunki rivojlangan mamlakatlarning texnologiya jihatidan kamroq rivojlangan
mamlakatlarga nisbatan ustunligi texnologiyalar bor va texnologiyalar yo‘q hududlar o‘rtasidagi iqtisodiy ajralishni keskinlashtirishi mumkin. Jahon miqyosida BMT raqamli tabaqalanishga qarshi vosita sifatida “AKT rivojlanish uchun” dasturini aktiv ravishda olg‘a surmoqda.
Apparat ta’minoti - Hisoblash tizimi tarkibiga kiruvchi, uning faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur bo‘lgan jami apparat vositalari. Apparat ta’minotiga kompyuter, tashqi qurilmalar, aloqa tarmoqlari va h.k. kiradi. Ular texnik nuqtai nazardan tizimning samarali ishini, undan foydalanuvchiga ma’lum xizmat turlarini ko‘rsatishni ta’minlaydi. Ushbu atama hisoblash tizimining dasturiy ta’minot bo‘lmagan qismini bildiradi.
Dasturiy vositalar - q: dasturiy ta’minot
Dasturiy mahsulot - Boshqa shaxslarga sotish yoki ishlash uchun
berishga mo‘ljallangan va qator talablarga javob beruvchi dastur (dasturlar paketi). Ushbu talablarning eng muhimlari quyida keltirilgan – dasturning o‘zi va unga tegishli ko‘rsatma o‘zining to‘laqonli foydalanilishi uchun yetarli ma’lumotlar miqdoriga ega bo‘lishi lozim; dastur ishlab chiqaruvchi tomon kuzatuvida bo‘lishi lozim, ya’ni topilgan xatolar sotib oluvchilar uchun bepul tuzatilishi lozim; dastur o‘rnatish va foydalanish uchun qulay shaklda, odatda epchil yoki lazer disklarda ko‘rsatma va muhofaza taxlami bilan yetkazilishi lozim; dastur qonuniy ravishda sotib olingan dasturiy vositalar yordamida yaratilgan va patentlangan bo‘lishi lozim.
operatsion platforma - amaliy dasturlarning turli operatsion
tizimlar bilan o‘zaro aloqada ishlashini ta’minlovchi funksional blok. Operatsion platforma bir necha operatsion tizimni qamrab oladi va amaliy dasturlar bilan guruh yoki bir umumiy amaliy interfeysga egadir.
operatsion tizim (OT) - dasturlarning bajarilishini boshqaradigan va tizimning resurslarini taqsimlash, rejalashtirish, kirish-chiqishni va ma’lumotlarni boshqarish kabi vazifalarni ta’minlaydigan dasturiy vosita. Garchand operatsion tizimlar ko‘proq dasturiy bo‘lsalar ham, biroq, qisman apparat vositalari qo‘llanishi ham mumkin. Operatsion tizimlarning asosiy vazifalariga:- fayl tizimini boshqarish (yozish, o‘zgartish, fayllardan nusxa ko‘chirish, foydalanishni nazorat qilish); dasturlar bajarilishini boshqarish (protsessor vaqtini taqsimlash, dasturlarni diskdan tezkor xotiraga yuklash, yashirin xavfli ta’sirni tutib olish va h.q.); xotirani boshqarish (keshlash, taqsimlash, ma’lumotlar butligi nazorati va h.k.); foydalanuvchi bilan muloqot (klaviaturadan, sichqonchadan buyruqlarni o‘qish, axborotni ekranga, printerga chiqarish va h.k.) kiradi. Bundan tashqari, operatsion tizimlar kompyuterlarni turli rusumdagi tarmoqlardan – lokal tarmoqlardan global korporativ tarmoqlargacha, shu jumladan, Internet tarmog‘idan foydalanishni boshqaradi. Operatsion tizimga misollar – MS-DOS, Linux, UNIX, Windows, Solaris, Doppix va boshqalar.
MS-DOS - Microsoft korporatsiyasi tomonidan taklif qilingan operatsion tizim. MSDOSning birinchi rusumi 1981 yilda paydo bo‘lgan. Avvalambor, Microsoft tomonidan IBM uchun ishlab chiqilgan MS-DOS, IBM bilan uyg‘un kompyuterlar uchun standart operatsion tizimdir. MS-DOS 16-xonali operatsion tizimi bo‘lib, u ko‘p foydalanuvchili va ko‘p vazifali rejimlarni qo‘llay olmaydi.
Operatsion tizimning muhim xususiyatlaridan biri mutaxassis bo‘lmagan foydalanuvchilarga amaliy jarayonlarni bajarishning qulay shakllarini taqdim qilsa, mutaxassislarga dasturiy ta’minotni ishlash uchun yaxshi asos taqdim qiladi. MS-DOS kataloglar shajarasini tashkil qiladi, rivojlangan buyruqlar tiliga ega. MS-DOS amaliy jarayonlar, fayllar va tashqi qurilmalar bilan samarali ishlay oladi.
Dasturiy ta’minot - Axborotga ishlov berish tizimining barcha yoki ba’zi dasturlari, tartiblari, qoidalari va ularga tegishli hujjatlar. Dasturiy vositalar ular yozilgan tashuvchidan qat’iy nazar intellektual mahsulot hisoblanadi.
Dasturchi - Kompyuter ta’minotini yozuvchi kishi. Kompyuter dasturchisi deb kompyuter dasturlash bo‘yicha mutaxassis yoki turli xil dasturiy ta’minot uchun kodlar yozuvchi mutaxassislarni atashadi. Amaliyotda dasturlashni formal tarzda o‘qitadigan insonlarni ham dasturiy tahlilchi deb nomlash mumkin. Dasturchining asosiy ishlov tilini (Lisp, Java, Delphi, C++, h.k.) nomiga qo‘shib xuddi veb muhitida ishlovchilarni veb nomlari bilan ishlatganday nomlashadi. Dasturchi atamasi ta’minot yozuvchisiga, ta’minot muhandisiga, kompyuter olimi yoki ta’minot tahlilchisiga nisbatan ishlatilishi mumkin.
Interfeys - Ikki tizim o‘zaro samarali aloqada bo‘lgan makon.
1 Ikkita funksional qurilmalar orasida birgalikda foydalaniladigan berk makon. U vazifa, fizik o‘zaro ishlash va signal almashinuvlari hamda boshqalarga xos turli tavsifnomalar bilan belgilanadi.
2 Qurilma va dasturlarning o‘zaro yoki foydalanuvchi bilan ishlashiga oid jami qoidalar va ushbu ishlashni amalga oshiruvchi vositalar. Interfeys tushunchasi turli qurilma yoki dasturlarni o‘zaro yoki foydalanuvchi bilan bog‘lovchi apparatli va dasturli vositalarni ham, ushbu vositalarga asoslanib yaratilgan qoida va algoritmlarni ham o‘z ichiga oladi. Masalan, qurilmalar interfeysi – bu ular orasidagi aloqa liniyalari, biriktirish qurilmalari, qurilmadan qurilmaga uzatiluvchi signal va ma’lumotlarni o‘girish usuli hamda aloqa kanalining fizik xususiyatlaridan iborat.
tarmoqlararo interfeys - Har xil tizim turlarining o‘zaro ishlashini belgilovchi interfeys.
Windows - Microsoft korporatsiyasi tomonidan shaxsiy kompyuterlar uchun ishlab chiqilgan operatsion tizimlar oilasi. Windows tizimi ko‘p vazifali va ko‘p oqimli bo‘lib, qulay grafik interfeys bilan tavsiflanadi, virtual xotiraning boshqaruvini taqdim qiladi va ko‘pgina tashqi qurilmalarni qo‘llaydi. Windowsni ishlatib, foydalanuvchi birdaniga bir necha amaliy jarayonlar bilan samarali ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Dunyoda ko‘pchilik kompyuterlar Windows operatsion tizimi boshqaruvida ishlaydi.
Windows 7 - Windows Vistadan keyin yaratilgan Windows NT oilasidagi Microsft operatsion tizimi. 2009 yil 22 oktabrda, ya’ni oldingi OT chiqarilgandan uch yildan so‘ng sotuvga chiqarilgan. Windows 7 OTda Internet Explorer brauzeri va Windows Media Player dasturini o‘chirish yoki yokish imkoniyati bor. Guruh siyosati va AppLocker funksiyasi tufayli ma’lum ilovalarning ishlatilishini taqiqlash mumkin. Windows 7 ning qo‘shimcha afzalligi drayver ishlab chiqaruvchilari bilan yanada yaqinroq integratsiyadir. Drayverlarning aksariyati avtomatik aniqlanadi. Windows 7 oltita versiyada chiqarilgan, biroq ko‘pchilik mamlakatlarda uning faqat uchta asosiya versiyasi sotiladi – Home Premium, Professional va Ultimate.
Parallelizm - Platforma (masalan, operatsion tizim, JVM va sh.o‘.) yoki dasturning xossasi. Operatsion tizim jarayoni bir necha parallel (yoki vaqt bo‘yicha tartibsiz) bajariladigan oqimdan iborat bo‘lishi mumkinligini bildiradi. Bir xil vazifalarni bajarganda kompyuter resurslarini samaraliroq ishlatishga erishish mumkin.
Drayver - boshqaruvchi dastur. Odatda, bu bajarilayotgan dasturning ma’lum moslama bilan o‘zaro ishlashini ta’minlovchi va undan qulay foydalanishga yordam beruvchi amaliy tizimning dasturidir. Masalan, klaviatura, displey, sichqoncha, printer va shular kabi drayverlar mavjud. Drayver dasturlarning moslamaga qaratilgan buyruqlarini qabul qilib, ularni moslamani boshqarish buyruqlariga aylantiradi, shuningdek u xizmat ko‘rsatilayotgan moslamadan uzilishlarni qayta ishlaydi. Bunda drayver moslamaning tuzilishidagi xususiyatlar va vaqtning voqeiy ko‘lamidagi ishlash xususiyatlarini hisobga oladi. Moslama mumkin bo‘lgan moslamalar ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lsa, bunday moslama drayveri odatda amaliy tizim tarkibiga kiradi. Moslamalar drayverlari kompyuter yoqilganda avtomatik tarzda yuklanib, undan keyin foydalanuvchi uchun ko‘rinmas tarzda bajariladi.
Utilita - kompyuter va kompyuter dasturlariga texnik xizmat ko‘rsatish quroli bo‘lmish xizmat dasturi. Utilitalar kompyuter tizimlarini sinovdan o‘tkazish, operatsion tizim yoki uning qismlarini testlash va qayta tiklash, buzilgan yoki yo‘qotilgan fayllarni qayta tiklash va h.k. uchun xizmat qiladi.
kompyuterlashgan dasturiy ta’minot ishlab chiqish - dasturiy ta’minot ishlab chiqishga mo‘ljallangan tizim. CASE texnologiyasi dasturlarni ishlab chiqishga, umumiy MB yaratishga, shu baza bilan o‘zaro ishlashning yagona usulidan foydalanishga mo‘ljallangan kompyuterlashgan tizim vositalari to‘plamidan iborat. Buning ustiga, bu yondashuv yagona axborot tarmog‘iga ulanadigan axborot tizimlarida ishlatiladigan OTlarning xilma-xilligini hisobga oladi. Bundan tashqari, CASE turli ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlatiladigan tarmoq texnologiyalarining yagona asosini belgilaydi. CASE yana, yaratilayotgan dasturlarni testlashning uslubiyatini va testlash vositalarini taqdim qiladi. CASE ni ishlatish evaziga ishlanmalar arzonga tushadi va ularni ishlab chiqish davri qisqaradi.
MAVZU: “OPERATSION TIZIMLAR, ULARNING TURLARI”
UNIX turidagi operatsion tizim - UNIX ta’siri ostida tashkil topgan operatsion tizim. Ushbu atamaga Bell Labsning UNIX tizimi asosida yaratilgan erkin va ochiq operatsion tizimlar yoki uning imkoniyatlari va ishlanmalarini taqlid qiladigan tizimlar, shuningdek, UNIX dastlabki kodiga asoslangan versiyalar kiradi.
UNIX - Ko‘p vazifali va ko‘p foydalanuvchili operatsion tizimlar guruhi. Birinchi UNIX tizimi 1969 yilda AT&T kompaniyasining Bell Labs bo‘linmasida ishlab chiqilgan. Undan keyin ko‘plab turli UNIX tizimlari yaratilgan. UNIX tizimlarining asosiy xususiyatlariga quyidagilar kiradi: tizimni sozlash va boshqarish uchun oddiy matn fayllaridan foydalanish, buyruqlar qatori orqali bajariladigan utilitalardan keng foydalanish, foydalanuvchi bilan virtual qurilma – terminal orqali o‘zaro ishlash, har biri bitta vazifani bajaruvchi bir necha dasturdan iborat konveyyerlardan foydalanish va h.k. UNIX serverlarda hamda turli uskunalar uchun ichiga o‘rnatilgan tizimlar sifatida, shuningdek, shaxsiy kompyuterlarda ham ishlatiladi.
DOS - disk operatsion tizimi. DOS atamasi ixtiyoriy operatsion tizimga tegishli bo‘lishi mumkin, ammo u ko‘pincha Microsoft kompaniyasining MS-DOS (Microsoft DOS) operatsion tizimiga nisbatan ishlatiladi.
OS q: - operatsion tizim (OT)
OS/2 - IBM tomonidan shaxsiy kompyuterlar uchun ishlab chiqilgan operatsion tizim. Operatsion tizimning birinchi rusumi OS/2, ilgari asosiy kompyuterlarda ishlatilgan tizimli amaliy arxitektura asosida 1987 yili yaratilgan. OS/2, asosan serverlarda foydalanish uchun mo‘ljallangan. Tizim yuqori darajadagi ishonchlilikka ega, lekin, u bilan faqat malakali foydalanuvchilar ishlashi mumkin. OS/2 ma’lumotlarga ishlov berishning tarqoq muhiti spetsifikatsiyasi bilan mos keladi va simmetrik multiprotsessorli ishlovni qo‘llaydi. Bu ishlovda tizimning 16 gacha protsessori ishtirok etishi mumkin. OS/2 turli rusumdagi protsessorlar bilan ishlaydi.
Minikompyuter - ma’lumotlarga ishlov berish imkoniyatlari cheklangan kompyuter. Minikompyuterlar 1960-yillarning oxirida paydo bo‘lgan. Asosiy kompyuterga qaraganda minikompyuter uzunligi kamroq bo‘lgan so‘zlar bilan ishlaydi, cheklangan tezkor xotira va nisbatan katta bo‘lmagan tezlikka ega. Shuning uchun minikompyuterlar asosiy kompyuterga qaraganda oddiyroq vazifalarni bajarish uchun qo‘llaniladi. Biroq, asosiy kompyuter bilan solishtirganda minikompyuter kichikroq hajmga ega, hamda foydalanishi osonroq. “Minikompyuter” atamasi shaxsiy
kompyuterlar yaratilishidan oldin paydo bo‘lgan. Bugungi shaxsiy kompyuterlar esa 1980-90-yillardagi ba’zi kompyuterlardan ham ustunroq keladi. Shuning uchun ham mazkur atamaning ishlatilishi kamayib, ishchi stansiyasi va shaxsiy kompyuter tushunchalariga o‘rin bermoqda.
Ma’lumotlarga avtomatlashtirilgan ishlov berish - ma’lumotlarni asosan hisoblash texnikasi vositalari yordamida qayta ishlash.
ma’lumotlarga ishlov berish - ma’lumotlar bilan aniq ketma-ketlikdagi amallarni bajarish jarayoni. Bunday amallarga misol tariqasida ma’lumotlarni izlash, saralash, ularni tahlil qilish va birlashtirishni keltirish mumkin. Iqtisodiy va muhandislik hisob-kitoblari, ilmiy-texnik masalalar va ishlab chiqarishni boshqarish masalalari ham ma’lumotlarga ishlov berish jaryonlaridir. Ma’lumotlarga ishlov berish abonent tizimlarda bajariladigan amaliy jarayonlar bilan amalga oshiriladi. Ma’lumotlarga ishlov berish foydalanuvchilar ehtiyojlari va tarmoq boshqarish ehtiyojlari uchun bajariladi. Foydalanuvchining topshirig‘iga binoan yoxud amaliy dastur tomonidan bajarilayotgan ishlov bir yoki guruh protsessorlar bilan, bir yoki bir nechta, tarmoqda parallel ishlayotgan tizimlarda bajarilishi mumkin. So‘nggi holda, ma’lumotlarga taqsimlangan ishlov berish yuz beradi. Ishlov ikki rejimda – interaktiv va vaziyat rejimida bajarilishi mumkin. Ma’lumotlarga ishlov berish muammosi quyidagi bo‘limlarga ajratiladi:
- ma’lumotlarga tarmoqli superishlov berish;
- hujjatlarga ishlov berish;
- tasvirlarga ishlov berish;
- nutqqa ishlov berish;
- signallarga ishlov berish;
- ro‘yxatlarga ishlov berish;
- matnlarga ishlov berish.
ma’lumotlarga ishlov berish markazi q: ma’lumotlar markazi
ma’lumotlarga ishlov berish tizimi - ma’lumotlarga ishlov berishni ta’minlovchi bitta yoki undan ko‘p kompyuter, chetki qurilmalar va dasturiy vositalar.
ma’lumotlarga masofadan ishlov
berish -
1 Ma’lumotlarga masofada ishlov berish.
2 Kiritish (yoki chiqarish) qurilmalari markaziy protsessordan uzoqda joylashgan holda ma’lumotlarga avtomatlashtirilgan ishlov berish.
Multidasturlash – bu hisoblash jarayonning tashkil qilish usuli bo‘lib, bitta protsessorda navbat bilan bir nechta dastur bajariladi.
Ma’lumotlar - 1 Rasmiylashtirilgan, ya’ni uzatish, izohlash va qayta ishlash uchun mos shaklda taqdim etilgan axborot.
2 Kompyuterda qayta ishlanishi jarayonida aylanayotgan hujjatlashtirilgan axborot.
3 Kompyuterda uzatish, saqlash va qayta ishlash uchun tayyorlangan, ya’ni ramzlar (raqamlar) shaklida taqdim etilgan axborot. Ma’lumotlar misoli sifatida kompyuterga kiritish uchun kodlangan yoki allaqachon kiritilgan matn, nutq, tasvir, istalgan kattaliklardagi jadvallar va h.k.ni keltirish mumkin.
Intel - dunyodagi eng katta kompyuter protsessorlari va mikrosxemalari ishlab chiqaruvchisi. Intel kompaniyasi 1968 yilda Bob Noys va Gordon Mur tomonidan yaratilgan.
planshetli kompyuter - ekran bilan bog‘langan qo‘lda kiritish planshet qurilmasi bilan jihozlangan noutbuklar klassi. Planshet kompyuter stilus yoki barmoqlar yordamida, klaviatura va sichqonchasiz ishlashga imkon beradi. Foydalanuvchi matnni qo‘lyozmani aniqlash dasturi, ekrandagi (virtual) klaviatura, nutqni tanish dasturi yoki oddiy klaviatura orqali kiritishi mumkin.
Noutbuk - ko‘chma ixcham shaxsiy kompyuter. Bunday kompyuterlarning ko‘pchiligi deyarli standart klaviaturaga, kompyuter grafikasi vositalariga ega. Bu kompyuterlar unchalik katta bo‘lmagan qattiq disklar yoki optik noutbuk.
Netbuk - internetdan foydalanish va ofis dasturlari bilan ishlash uchun mo‘ljallangan kichik noutbuk. Netbuklar ixcham o‘lchamlari, kichik vazni, kam energiya iste’moli va nisbatan arzon narxlari bilan ajralib turadi.
Linux - o‘zagi Unix operatsion tizimi asosida ishlangan tarmoq operatsion tizimi. Linux ilk bor 1991 yili Linus Torvalds tomonidan chiqarilgan. Linuxning muhim xususiyatlaridan biri – u bepul dasturiy ta’minot Fondi doirasida, GNU oshkora litsenziyasiga ko‘ra bepul tarqatiladi.
Apple - mikroprotsessor va shaxsiy kompyuterlar ishlab chiqaruvchi kompaniya. Apple Computer AQShda 1976 yili Stiven Jobs va Stiven Voznyak tomonidan yaratilgan va shaxsiy kompyuterlarni ishlab chiqarishning asoschisi va yetakchilaridan biri hisoblanadi. Apple Computer, shuningdek, kompyuterlar uchun keng ko‘lamdagi amaliy tizim va dasturiy ta’minot ishlab chiqaradi. Apple kompyuterlari katta imkoniyatlari va ularga xizmat ko‘rsatish osonligi bilan farqlanadi. Elektron idoralar va o‘rgatuvchi tizimlarda ayniqsa mashhur. Applening asosiy yangi tomonlari quyidagilardan iborat:
- ilk bor 1983 yili Lisa kompyuterida taqdim etilgan foydalanuvchining grafik interfeysi.
- 1977 yilda ishlab chiqarilgan Apple II kompyuteri birinchi rangli monitorli kompyuter bo‘lgan.
- ichiga o‘rnatilgan tarmoqni qo‘llash. 1985 yilda Apple kompaniyasi ichiga o‘rnatilgan tarmoqni qo‘llash (LocalTalk)ga ega Macintosh kompyuterining yangi versiyasini ishlab chiqargan.
- “Plug-and-play” texnologiyasi.
- 1991 yilda Apple kompaniyasi QuickTime, video, audio va boshqa multimediali qo‘llanmalar uchun ko‘p platformali standartni taqdim etgan.
- 1993 yilda Apple kompaniyasi Macintosh TV, ichiga o‘rnatilgan televizorga ega birinchi shaxsiy kompyuterni ishlab chiqargan.
- 1994 yilda Apple kompaniyasi RISC mikroprotsessoriga asoslangan Power Mac kompyuterini taqdim etgan.
- 1998 yilda Apple o‘zining iMac kompyuterini yaratdi.
- 2001 yil 24 mart kuni Mac OS X taqdim etildi. U NeXTning OPENSTEP va BSD Unixga asoslangan bo‘lib, uni ishlab chiqish uchun bir necha yil ketdi.
- 2001 yilda Apple iPod portativ raqamli audio pleyerni taqdim etdi. Mahsulot juda mashhur bo‘ldi – olti yil davomida 100 milliondan ko‘p iPod sotildi.
- 2003 yilda Apple iTunes Storeni taqdim etdi. Unda iPodga yuklash uchun narxi 99 sent bo‘lgan qo‘shiqlar sotila boshlandi.
- 2006 yilda Apple MacBook Pro deb nomlangan noutbukni taqdim etdi. U Apple Powerbook G4 kompyuterlarining o‘rnini bosish uchun yaratildi. Barcha modellar tegishning to‘rtta turini aniqlaydigan Multitouch trekpad va yorug‘lik datchigi bilan jihozlangan klaviaturaga ega bo‘lgan.
- 2007 yilda Apple to‘rt diapazonli GSM telefon iPhoneni taqdim etdi. U o‘zida iPod, mobil telefon va internet-planshet imkoniyatlarini mujassamlashtirgan. Qurilma telefonda ishlash uchun optimallashtirilgan Mac OS Xning modifikatsiyalangan versiyasi bo‘lgan iPhone OS boshqaruvida ishlaydi.
- 2008 yilda MacBook Air – MacBook seriyasidagi o‘ta portativ noutbuk taqdim etildi. Uning maksimal qalinligi – 1,93 sm, vazni – 1,36 kg.
- 2010 yilda iPad planshetni taqdim etdi.
Macintosh kompyuteri - Apple Computer tomonidan yaratilgan mashhur
kompyuter modeli. 1984 yilda yaratilgan bo‘lib, Macintosh kompyuterdan osonlik bilan foydalanish uchun oynalar, belgilar va sichqonchadan iborat grafik foydalanuvchi interfeysiga (graphical user interface, GUI) ega.
MAVZU: «ALGORITM VA UNING ASOSIY XOSSALARI»
Algoritm - bu qo‘yilgan masalaning yechimiga olib keladigan, ma’lum qoidaga binoan bajariladigan amallarning chekli qadamlar ketma-ketligidir.
Al-Jamol algoritmi - Diskret logarifmlash muammosiga asoslangan
kriptotizim. Axborot (raqamli imzo) autentifikatsiyasi uchun ham va shifrlash uchun ham foydalanish mumkin.
Algoritm - 1 Vazifani bajarishga qaratilgan aniq belgilangan qoidalarning tartiblangan chekli to‘plami.
2 Dastlabki ma’lumotlarni oxirgi natijaga o‘tkazuvchi hisoblash jarayoni orqali masala yechimini aniq ko‘rsatuvchi amallar mazmuni va ketma-ketligi. Algoritm tavsifnomalariga quyidagilar kiradi:
- berilgan dastlabki ma’lumotlar bilan natijaning bir turliligi;
- jarayonni inson yoki hisoblash mashinasi tomonidan bajarilishi mumkin bo‘lgan ayrim amallarning chekli soniga bo‘lish mumkinligi;
- ko‘p klassga oid masalalarga mos ko‘p dastlabki ma’lumotlar uchun natija olish mumkinligi.
Hisoblash mashinasiga algoritm dastur shaklida beriladi. Bitta masalani yechishning bir necha algoritmi mavjud bo‘lishi mumkin. Ular orasida eng samaralisini, bajarilishi uchun eng kam amallar, mashina vaqti, xotira va h.k.ni talab qiluvchi algoritmni tanlash lozim. Samarali algoritmlar mavjud bo‘lishi shartlari va ularni qurish (ishlab chiqish)ni o‘rganish algoritmlar nazariyasi asosini tashkil etadi.
Algoritm atamasi o‘rta asrlarda yashab ijod etgan buyuk o‘zbek matematigi Al-Xorazmiy nomidan kelib chiqqan. U IX asrning 825 yilidayoq o‘zi kashf etgan o‘nli sanoq tizimida to‘rt arifmetika amallarini bajarish qoidalarini bergan. Arifmetika amallarini bajarish jarayoni esa alxorazm deb atalgan.
Bu atama 1747 yildan boshlab algorismus, 1950 yilga kelib algorifm deb ham ataldi.Kompyuterlar paydo bo‘lishi bilan algoritm atamasi hozirgi ma’nosi bilan axborot texnologiyalari sohasida eng asosiy atamalardan biri bo‘lib qoldi.
Kompyuter - Hisoblarni bajarish, shu jumladan elektron shakldagi axborotni oldindan belgilangan algoritm bo‘yicha qabul qilish, qayta ishlash, saqlash uchun mo‘ljallangan mashina. Kompyuter so‘zi ingliz tilidagi to compute, computer, so‘zlarining hosilasi bo‘lib, ular “hisoblash”, “hisoblagich” deb tarjima qilinadi. Dastlab ingliz tilida bu so‘z, mexanik qurilmani jalb qilib yoki uning ko‘magisiz arifmetik hisoblarni bajaradigan insonni anglatgan. Keyinchalik uning ma’nosi mashinalarning o‘ziga ko‘chirildi, biroq, zamonaviy kompyuterlar matematika bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan ko‘plab masalalarni ham bajaradilar. XX asrning 90-yillaridan boshlab, kompyuter atamasi elektron hisoblash mashinalari (EHM) atamasini amalda siqib chiqardi. Kompyuter quyidagi asosiy bloklardan iborat:
- asosiy xotira;
- protsessor;
- tashqi qurilmalar.
Kompyuterning hamma bloklari o‘zaro tizim magistrali (shinasi) bilan bog‘langan. Uning o‘zagi bo‘lib, bitta protsessor yoki protsessorlar guruhi hisoblanadi. Ular, kesh-xotira yoki tezkor xotira bilan bevosita o‘zaro ishlaydi va kontrollerlar yordamida tashqi qurilmalarga shu jumladan, tashqi xotira qurilmalariga va kiritish- chiqarish qurilmalariga ulanishi mumkin.
Ma’lumotlarni kiritish uchun klaviatura, skanerlar va h.k. lar ishlatiladi. Ma’lumotlar ekranga, printerlarga, radiokarnaylar va boshqa qurilmalarga chiqariladi. Kompyuter ishini operatsion tizim boshqaradi. Birinchi – Z1 va Z3 – dasturlanadigan kompyuterlarni nemis muhandisi Konrad Suze (Konrad Zuse) 1938 va 1941 yillarda yaratgan.
kompyuter dasturi - 1 Masalani yechish algoritmining tavsifi. Dasturlash tilida beriladigan, dasturchi tomonidan tuziladigan va kompyuter bajaradigan ko‘rsatmalar yig‘masi.
2 Muayyan funksiyalarni, masalalarni va muammolarni yechish uchun zarur bo‘lgan, ixtisoslashgan dasturlash tilining qoidalariga bo‘ysunadigan va operatorlar yoki buyruqlar tavsifidan iborat sintaksis birlik.
3 Hisoblash mashinasiga algoritmni belgilab beradigan, ko‘rsatmalar (buyruqlar yoki tavsiflar va operatorlar) ketma-ketligi.
Kompyuter dasturi kompyuter qanday tartibda, qaysi ma’lumotlar ustidan va qanday amallarni bajarishi kerakligini, hamda qanday shaklda natija berishi kerakligini ko‘rsatib beradi. Kompyuterni boshqarish qurilmasi kompyuter dasturini mashina buyruqlari ketma-ketligi shaklida qabul qiladi. Kompyuter dasturini mashina tilida tuzish – noqulay va sermehnat jarayon.
Shu sababli, odatda kompyuter dasturini inson tomonidan biror-bir dasturlash tilida tuziladi, so‘ngra kompyuterning o‘zi bu dasturni mashina tiliga o‘tkazadi (translyatsiya qiladi).
Merkl jumboqlari - R. Merkl tomonidan ishlab chiqilgan kalitlarni tarqatish algoritmi. Uning mohiyati, shifrlash uchun foydalaniladigan maxfiy kalitni ko‘p sonli sharadalar – jumboqlar yig‘masining ichida berkitib uzatishdadir. Har bir jumboq shifrlangan matnni ifodalab, kichik kalitlar fazosida blokli shifrdan foydalanib olingan kriptografik kalitni o‘z ichiga oladi.
“teshik chelak” algoritmi - Tizimninig yuklanishi ortib ketganda, aloqa sifati eng yomon bo‘lgan kanallarni vaqtincha uzib qo‘yish bilan xatolardan himoyalanish usuli. Texnik ta’minot tizimning har bir abonenti uchun aloqa sifati haqidagi ma’lumotlar kiritiladigan o‘z hisoblagichini tuzadi. Bunday axborot asosida boshqaruv tizimi past sifatli “yomon” kanallarni saralaydi. Natijada qolgan abonentlardagi aloqa sifatining ko‘rsatkichlari yaxshilanadi.
shifrlash algoritmi - shifrning rasmiy tavsifi.
Genetik algoritm - Masala yechimini biologik mavjudotlar populyatsiyasining kelib chiqish va taraqqiyot jarayonlariga taqlid qilish orqali topish algoritmi.
JPEG algoritmi - shu nomli guruh tomonidan ishlab chiqilgan tasvirlarni zichlash algoritmi. Internetda ommaviyligi bo‘yicha (GIFdan so‘ng) ikkinchi o‘rinni egallaydigan grafik format. Saqlash uchun yo‘qotishli zichlash usulidan foydalanadi. Asosan sifatli fotosuratlarni saqlash uchun ishlatiladi.
LZW algoritmi - Axborotni zichlashtirish algoritmi, nomi mualliflar familiyalarining birinchi harflaridan tashkil topgan.
MAVZU: «DASTURLASH TILLARI. PASKAL DASTURLASH TILI»
ALGOL - Matematik masalalarni yechish uchun mo‘ljallangan dasturlash tili. Birinchi navbatda ALGOL (algoritmik til) sonli masalalarni yechishga mo‘ljallangan. Tilning sintaksisi aniq belgilanganligi ALGOLning muayyan tur tuzilmaga ega bo‘lgan kompyuterlarga nisbatan mustaqil bo‘lishini ta’minladi. Tilning alohida tomoni bo‘lib uning blokli tuzilmasidir. ALGOL ko‘proq Yevropada tarqaldi va yangi tillarning, masalan, Pascal tilining yaratilishida muhim bosqich bo‘ldi.
Pascal - Yuqori pog‘onali umumiy maqsadli dasturlash tili. 1970 yilda Niklaus Virt tomonidan yaratilgan bo‘lib, 17 asrda yashab o‘tgan fransuz matematigi Blez Paskal sharafiga atalgan. Paskal sonlarni qo‘shish uchun mo‘ljallangan dastlabki mexanik mashinalardan birini ixtiro qilgan. Pascal tili tuzilmalashgan dasturlash tili bo‘lib, boshqa ko‘plab tillarning asosi hisoblanadi. Pascal dasturlashni o‘qitishda, sanoatni dasturlashda keng qo‘llaniladi.
dasturlash tili - kompyuterlar uchun dasturlar (ko‘rsatmalar yig‘masi) yoziladigan, uni u yoki bu harakatlarni bajarishga majbur qiladigan rasmiy til. Dasturlash tilida yozilgan ko‘rsatmalar dastlabki kod deb ataladi.
Dastlabki kod kompyuterda amalda bajarilishidan avval, uni mashina kodiga yo bo‘laklab talqin qilish, yo batamom talqin qilish zarur. Dasturlash tilining ta’rifi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- mumkin bo‘lgan belgilar ro‘yxatini;
- zaxiralangan so‘zlar ro‘yxatini;
- sintaksisni (belgilarni va zaxiralangan so‘zlarni birikmalash usullarini);
- semantikani (dasturlash tilining birikmalar ma’nosi).
Dasturlash tillari quyi pog‘ona tillariga (Assembler tili va mashina tili) va yuqori pog‘onadagi tillariga (BASIC, S, S++, COBOL, FORTRAN, Ada, Pascal va boshqalar) bo‘linadi. Shuningdek, to‘rtinchi avlod tillari (4GL) ham ajratiladi.
dasturlash tizimi - Jami dasturlash tili va dasturlarni yaratish tizimi. U berilgan tilda dasturlarni avtomatlashtirilgan tarzda yaratish va bajarish hamda tegishli hujjatlar tayyorlashni ta’minlaydi. Odatda dasturlash tizimi tilning etalon xilini emas, balki uning dialektik – ma’lum osonlashtirish yoki kengaytirishlarga ega rusumini o‘z ichiga oladi. Ba’zi dasturlash tizimlari dasturlarni bir necha tilda yaratishni qo‘llab- quvvatlashi mumkin. Shaxsiy kompyuterlar uchun eng mashhur dasturlash tizimlari:
Microsoft kompaniyasining Basic, Java, S++ tillarini qo‘llab-quvvatlovchi Visual Studio;
Inprise (Borland International) kompaniyasining Delphi tili va boshqalar.
Borland International - Dasturiy ta’minot va ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimlarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanuvchi kompaniya. Borland 1983 yilda yaratilgan bo‘lib, Kaliforniyada (AQShda) joylashgan. Kompaniyaning asosiy ishlanmalari qatoriga quyidagilar kiradi:
- Delphi – Windows qo‘llanmalarini yaratish muhiti,
- Borland S++ – dasturlash tili,
- IntraBuilder – JavaScript tili uchun ko‘rib ishlaydigan vosita,
- CodeWright – dasturlar muharriri,
- Kylix – Linux uchun elektron biznes yechimi.
Delphi - Borland International kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan qo‘llanmalarni tezkor ishlab chiqish tizimi. Delphi tili Mikrosoft kompaniyasining Visual Basic tiliga o‘xshash, lekin Visual Basic tili Basicga asoslangan bo‘lsa, Delphi tili esa Pascalga asoslanganligi bilan farqlanadi.
Translyator - 1 Signallarni bir shaklda qabul qilib (odatda aniq chastotatali analog shaklda), boshqa shaklda uzatadigan kommunikatsiya qurilmasi.
2 Axborotni bir tizimdan boshqa tizimdagi teng kuchli axborotga o‘giruvchi qurilma.
3 Bir dasturlash tilida yozilgan dasturni boshqa tilda taqdim qilingan dasturga o‘giruvchi maxsus dastur.
4 Teleko‘rsatuv va radioeshittirishlarda, bosh stansiyadan signalni qabul qilib, so‘ng uni kuchaytirib uzatadigan stansiya.
5 Telefoniya uskunalarida, terilgan raqamlarni qo‘ng‘iroq uchun axborotga o‘giruvchi qurilma.
yuqori pog‘ona tili - Biror bir tizimning muayyan tuzilmasi bilan bog‘liq bo‘lmagan holda dasturlarni yozishni ta’minlaydigan dasturlash tili (Ada, Algol, BASIC, COBOL, S, S++, FORTRAN, LISP, Pascal, Prolog va boshqalar). Bunday tillar yuqori pog‘ona tili deb ataladi, chunki ular insonlar tiliga yaqinroq bo‘lib, mashina tilidan uzoqlashgan bo‘ladi. Yuqori pog‘ona tillarining quyi pog‘ona tillariga (masalan, Assembler tiliga) nisbatan asosiy farqi shundaki, ularni yozish, o‘qish va quvvatlash nisbatan osondir. Yuqori pog‘ona tillarida yozilgan dasturlar translyator yoki kompilyator yordamida mashina tiliga o‘giriladi. Dastlabki yuqori pog‘ona tillari 1950 yillarda ishlab chiqilgan.
Kompilyator - Bir tilda yozilgan dasturni protsessorning boshqa tilida ifodalangan dasturga aylantiruvchi dastur. Masalan, kompilyator C tilida yozilgan dasturni olib, uni Assembler tilida yozilgan dasturga aylantiradi.
to‘rtinchi avlod tili - Yuqori pog‘onadagi tillarga nisbatan inson tiliga yaqinroq turadigan (ko‘pincha 4GL deb ataladigan) dasturlash tillari. Atama Jim Martin tomonidan ma’lumotlar bazasi tizimlari bilan o‘zaro ishlaydigan yuqori pog‘onadagi dasturlash tillarini tasviflash uchun ixtiro qilingan. To‘rtinchi avlod tillariga ma’lumotlar bazasiga so‘rovlar tillari (SQL, Focus, Metafont, PostScript, RPG-II, S, IDL-PV/ WAVE, Gauss, Mathematica) va ma’lumotlar oqimlarini boshqarish tillari (AVS, APE, Iris Explorer) misol bo‘ladi. Kompyuter tillarining qolgan avlodlari quyida sanab o‘tilgan. Bularga:
- birinchi avlod: mashina tili;
- ikkinchi avlod: Assembler tili;
- uchinchi avlod: yuqori pog‘onadagi tillar, masalan, C, C++ va Java;
- beshinchi avlod: sun’iy tafakkur va neyron tarmoqlarida masala yechishda foydalaniladigan tillar kiradi.
Assembler - Tushunchalari kompyuter arxitekturasini aks ettiradigan quyi pog‘ona dasturlash tili. Assembler tili tarkibiga jumlalar, buyruqlar va ma’lumotlar formatlari kiradi, ular muayyan kompyuter imkoniyatlariga bir qiymatli tarzda mos keladilar. Boshqacha qilib aytganda, har bir operatorga kompyuterning biror buyrug‘i mos keladi. Assembler tilidan mashina tiliga o‘girishni avtomatlashtirish uchun yaratilgan dasturlar assemblerlar deb ataladi. Assemblerning kirishiga Assembler tilida yozilgan dastlabki dastur kiritiladi. Assembler chiqishida mashina buyruqlaridan tarkib topgan dastur beriladi. Disassembler deganda, mashina kodidan Assembler tilida yozilgan dasturga o‘zgaruvchi dastur nazarda tutiladi.
mashina tili - Kompyuter tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kompilyatsiyasiz bajarilishi mumkin bo‘lgan jami mashina ko‘rsatmalaridan iborat kompyuter tili. Ko‘rsatmalar va ma’lumotlar binar shaklda taqdim etiladi. Mashina tili kompyuter apparat ta’minotining ona tili bo‘lib, kompyuterning barcha vazifalarini nazorat qiluvchi mikroprotsessor tushunadigan yagona tildir. Kompyuterda ishlov beriladigan barcha dastur va ma’lumotlar ma’lum bosqichda albatta mashina tiliga o‘giriladi.
Yuqori pog‘onadagi dasturlash tili - Bell Labs kompaniyasida Dennis Ritchi tomonidan 1970 yil o‘rtalarida ishlab chiqilgan. C tilidagi birinchi ahamiyatli dastur UNIX operatsion tizimi bo‘ldi, bundan keyin bir necha yil davomida C tili UNIX bilan chambarchas bog‘landi.
Ammo, hozirga kelib, C tili UNIXdan mustaqildir. Soddalik, samaradorlik va boshqa operatsion tizimlarga yengil ko‘chirish imkoni tilni keng tarqalgan tillardan biriga aylantirdi. C tilida zamonaviy yuqori pog‘onadagi tillarning alomatlari va Assembler tili bilan uyushadigan kompyuterning texnika vositalarini manzillash imkoni muvaffaqiyatli qo‘shilib ketgan. C tili kasbiy dasturchilarni jalb qiladigan qulay sintaksisga ega. C tili ISO tomonidan standart sifatida tasdiqlangan.
Obyektga yo‘naltirilgan arxitekturadan foydalanilishi kengaytirilgan C++ tili paydo bo‘lishiga olib keldi.
COBOL - “Biznesga yo‘naltirilgan hammabop til”. 1950 yillar oxiri - 1960 yillar boshida ishlab chiqilgan. FORTRAN tilidan so‘ng eng eski yuqori pog‘onadagi dasturlash tili hisoblanadi. Bu til katta kompyuterlarda bajariladigan biznes-qo‘llanmalarni ishlab chiqishda tarqalgan. Ingliz tiliga yaqinlashtirilgan, fayllar va yozuv shakllari bilan ishlashning rivojlangan vositalari bilan ajralib turadi. COBOL tilida ish hujjatlari uchun namunaviy bo‘lgan tuzilmaga ega ma’lumotlar yaxshi tavsiflanadi. Unda masalalar dastlabki tayyorgarliksiz bayon qilinishi mumkin.
FORTRAN - Eng eski yuqori pog‘onadagi dasturlash tili. Ilmiy hisob-kitoblar uchun mo‘ljallangan dasturlash tili. “Formulalarni o‘girish” tili FORTRAN (FORmula TRANslator) 1956 yili Jon Bekus tomonidan IBM korporatsiyasi uchun ishlab chiqilgan. Tilda arifmetik amallar, mantiqiy masalalar, ro‘yxat shakllarini tuzish, iqtisodiy hisob-kitoblar yengillik bilan bajariladi. FORTRAN tili hozirgacha mustahkam o‘rinni egallab kelmoqda. Chunki u azaldan ma’lumotlarga matematik ishlov berish uchun mo‘ljallangan. Zero, inson faoliyatining bu sohasida asosiy hisoblash algoritmlari 50 yil avval qanday bo‘lsa, shundayligicha qolgan. FORTRAN tilining eng ommaviylashgan versiyalaridan ikkitasi FORTRAN IV va FORTRAN 77. 1992 yili uchinchi versiya FORTRAN 90 tasdiqlandi. Unda ko‘pgina yangi elementlar paydo bo‘ldi, turli platformalar bilan uyg‘unlik ta’minlandi, matritsalar ustida amallar qo‘shildi. Aynanlash avvaldagi 6 belgi o‘rniga 31 belgi bilan bajariladi.
Java - 1 Obyektga yo‘naltirilgan arxitekturali dasturlash tili. Java tili 1992 yili paydo bo‘lgan va SUN Microsystems korporatsiyasi tomonidan taklif qilingan. U avvaliga OAK deb atalib, elektron-maishiy asboblarning boshqarish tili sifatida ishlab chiqilgan. Ammo, 1995 yili nomini Javaga almashtirib, tarmoqda foydalanilayotgan platformadan mustaqil ravishda amaliy dasturlarni yaratish imkonini beradigan vosita bo‘lib qoldi. Shu sababli, bu til bir platformadan boshqasiga yengil ko‘chirilishi bilan tavsiflanadi, axborotni muhofazalashning rivojlangan vositalariga ega va tarmoqda ishlash imkoniyatiga ega. Bu birinchi navbatda Internet tarmog‘iga va uning global ulanish xizmatiga tegishli. Java tili sintaksisi S++ ning sintaksisiga o‘xshash bo‘lib, u maxsus ochiq tarmoq muhitida ishlashga mo‘ljallangan.
Java tilining texnologiyasiga tayanib SUN Microsystems korporatsiyasi operatsion tizim ishlab chiqdi. Java asosida, shuningdek JavaOS operatsion tizimi hamda Java texnologiyasi yaratilgan va xilma xil operatsion tizimlar ishlab chiqilmoqda.
2 “Appletlarni” yaratish texnologiyasi - foydalanuvchining kompyuteriga saytning sahifasi bilan birga yuklanib, shu sahifani “jonlashtirish” imkonini beradi. Appletlar sahifaga qo‘shimcha funksionallikni ta’minlashi mumkin, animatsion reklamani amalga oshirishi va hattoki, sahifaning ichiga o‘rnatilgan katta bo‘lmagan o‘yinni ifodalashi mumkin.
QBASIC - Microsoft kompaniyasi tomonidan DOS va Windows 95 bilan birga taklif qilingan BASIC dasturlash tilining interpretatori. QBASIC tilining interpretatori BASIC tili vazifalarining asosiy qismini qo‘llaydi va to‘ldiradi.
MAVZU: “PASKAL DASTURLASH TILIDA OPERATORLAR”
Operator - 1 Axborotni kiritish, saqlash, unga ishlov berish, uzatish va chiqarish bilan bog‘liq amallarni bajaruvchi belgi, inson yoki tashkilot.
2 Dasturlashda – ma’lumotlarga ishlov berish jarayonida bajarilayotgan ishlar. Bajarilishi zarur bo‘lgan ishlov amal belgisi bilan belgilanadi va bu amalga zarur bo‘lgan ma’lumotlarning aniq qiymatlari beriladi. U funksiya deb ham ataladi.
3 Tizim yoki tarmoq ishini boshqarish bilan bog‘liq ishlovlarni bajaruvchi inson.
4 Tarmoqning rivojlanishini va boshqaruvini ta’minlovchi tashkilot.
SQL - q: SQL tuzilmalashgan so‘rovlar tili.
SQL tuzilmalashgan so‘rovlar tili - Ma’lumotlar bazalari bilan ishlash uchun mo‘ljallangan so‘rovlar standartlashtirilgan til. IBM tadqiqotlar markazida 1974 yili ishlab chiqilgan va dastlab SEQUEL (Structured English QUEry Language) deb atalgan. SQL ilk bor ma’lumotlar bazasining tijorat tizimi sifatida 1979 yili Oracle kompaniyasi tomonidan taqdim qilingan.
SQLda kiritish-chiqarish operatorlari mavjud emas. Shu sababli, u boshqa tillar ichiga kirib, ular bilan birgalikda ishlaydi. SQL bajaradigan asosiy funksiyalar quyidagilar:
- axborotni ma’lumotlar bazasiga yozish;
- kerak bo‘lgan o‘zgarishlarni kiritish;
- ma’lumotlar bazasida interaktiv axborotni izlash va uni chiqarib olish.
SQL standarti ANSI tomonidan 1986 yilda tasdiqlangan va 1991 yilda yangilangan.
Buyruq - Bajarilishi zarur bo‘lgan amalning ta’rifi. Topshiriqlarni boshqarish tilini ko‘rsatish, dastur operatori, boshqaruvchi signal va foydalanuvchi talablari buyruq (ko‘rsatma) hisoblanadi. Barcha hollarda, buyruqlar yordamida ma’lumotlarni qayta ishlash tizimida ma’lumotlar jo‘natish yoki tizimlar orasida ma’lumotlar uzatish jarayonlarini boshqarish amalga oshiriladi. Har bir buyruq amal kodidan tashkil topib, qaysi obyektga va nima qilish kerakligini, olingan natijani qayerga yuborish kerakligini xabar qiladi. Amallarni bajarishda ishlatiladigan buyruqlar yig‘masi buyruq tili bilan aniqlanadi. Buyruqlar arifmetik, mantiqiy, kiritish-chiqazish, ma’lumotlarni uzatish turlariga bo‘linadi. O‘zaro bog‘langan buyruqlar ketma-ketligi makrobuyruq deb ataladi. Makrobuyruqlardan foydalanish dasturlashni soddalashtiradi va dasturlarning turli yerlariga qo‘shimchalarni kiritish mexanizmini ta’minlaydi. Buyruqlar tizimga klaviatura, sichqoncha, sensor qurilmalari va boshqa qurilmalar yordamida uzatiladi.
buyruq satri - DOS yoki Unixdagi o‘rin. Unda foydalanuvchi mashinadan nima xohlayotganini xabar qilish uchun buyruqlarni kiritadi. Operatsion tizim oilasining maxsus oynasida shunga o‘xshash o‘rin bor.
Buyruqni - 1 Hisoblash mashinasiga algoritmni beruvchi ko‘rsatmalar (buyruq yoki tasnif va operatorlar)ning ketma-ketligi. Dastur kompyuter tomonidan qaysi tartibda, qaysi ma’lumotlar ustidan va qaysi amallar bajarilishi va natija qaysi shaklda taqdim etilishini ko‘rsatadi. Kompyuterning boshqarish qurilmasi mashina buyruqlari ketma-ketligi shaklida berilgan dasturni qabul qiladi. Dasturni mashina tilida yaratish – noqulay va katta mehnat talab qiluvchi jarayon. Shuning uchun kompyuter uchun dastur inson tomonidan dasturlash tillaridan birida yaratilib, keyin esa kompyuterning o‘zi ushbu dasturni mashina tiliga o‘giradi.
2 Ma’lum natijani olish uchun kompyuter va boshqa kompyuter qurilmalari faoliyati uchun mo‘ljallangan jami ma’lumot va buyruqlarni taqdim etishning obyektiv shakli.
Inkor - 1 Kommunikatsiyaga kiritilgan subyektlardan birining muloqotdan to‘la yoki qisman voz kechishi. Kommunikatsiya usullari va mexanizmlarini tavsiflashda “inkor mumkin emasligi” tushunchasi, ko‘p hollarda, almashuvga kiritilgan subyektlar, o‘zlarining kommunikatsiyada ishtiroklarini inkor qila olmaydigan holatini ifodalaydi.
2 Bul algebrasining NOT operatori. Operatorni bajarish natijasi, rost (TRUE) yoki yolg‘on (FALSE) bo‘ladi.
kompyuter dasturi - 1 Masalani yechish algoritmining tavsifi. Dasturlash tilida beriladigan, dasturchi tomonidan tuziladigan va kompyuter bajaradigan ko‘rsatmalar yig‘masi.
2 Muayyan funksiyalarni, masalalarni va muammolarni yechish uchun zarur bo‘lgan, ixtisoslashgan dasturlash tilining qoidalariga bo‘ysunadigan va operatorlar yoki buyruqlar tavsifidan iborat sintaksis birlik.
3 Hisoblash mashinasiga algoritmni belgilab beradigan, ko‘rsatmalar (buyruqlar yoki tavsiflar va operatorlar) ketma-ketligi. Kompyuter dasturi kompyuter qanday tartibda, qaysi ma’lumotlar ustidan va qanday amallarni bajarishi kerakligini, hamda qanday shaklda natija berishi kerakligini ko‘rsatib beradi. Kompyuterni boshqarish qurilmasi kompyuter dasturini mashina buyruqlari ketma-ketligi shaklida qabul qiladi. Kompyuter dasturini mashina tilida tuzish – noqulay va sermehnat jarayon. Shu sababli, odatda kompyuter dasturini inson tomonidan biror-bir dasturlash tilida tuziladi, so‘ngra kompyuterning o‘zi bu dasturni mashina tiliga o‘tkazadi (translyatsiya qiladi).
Kursor - 1 Kompyuter ekranida siljib boradigan obyekt nomini yoki bajarilayotgan amalning joyini ko‘rsatuvchi nishon, belgi. U klaviatura, sichqoncha, yorug‘lik perosi yoki dastur boshqaruvidan olingan buyruqlarga monand siljiydi. Ekranda kursor to‘rtburchak, nishon, strelka yoki qisqa chiziqcha shaklida aks etadi. Inson va kompyuter muloqotining muhim elementi.
2 MB. SQL so‘rovi natijalarini ko‘rib chiqish uchun kerak bo‘lgan ma’lumot bazasining obyekti. Ular ro‘yxatning biror bir yozuviga ko‘rsatib turadi va operatorga ro‘yxat bo‘yicha oldinga (ba’zida ortga, kursor turiga bog‘liq) birma-bir harakatlanishga imkon beradi.
bul algebrasi - 1 Har bir o‘zgaruvchisi TRUE (ROST) yoki FALSE (YOLG‘ON) qiymatlardan birini qabul qilishi mumkin bo‘lgan algebra.
2 Uch amaldan AND (VA), OR (YOKI), NOT (YO‘Q) iborat algebraik tuzilma. Bul algebrasi, mantiq qonuniyatlarini o‘rganib uni taklif etgan irlandiyalik Jon Bul sha’niga uning nomi bilan atalgan. Bul algebrasida o‘zgaruvchilar ustida bajariladigan amallar bul amallari yoki mantiqiy amallar deb ataladi. Mantiqiy amallarni bajarish qoidalari mantiqiy sxemalarni o‘zgartirish uchun qulay. Shu sababli, bul algebrasi kompyuterni ishlab chiqishda asos bo‘lgan.
Bayroq - 1 Dasturdagi o‘zgaruvchi. U muayyan shartlar bajarilganda dasturga axborot beradi.
2 Ma’lumotlarni sinxron uzatishda bayroq – maxsus sakkiz bitli signal (odatda 01111110), axborot kadrining boshi va oxirini belgilash uchun ishlatiladi. Bir kadrni boshqasidan farqlash va tarmoqda, uni o‘tkazish qobiliyatini oshirish maqsadida, qurilmalarni sinxronlash uchun ishlatiladi.
3 Uzatiladigan axborotni belgilash uchun, masalan, ma’lumotlar bloki o‘lchamlarini cheklash uchun xizmat qiladigan bitlar kombinatsiyasi. Bayroq ma’lumotlar blokining boshida yoki oxirida joylashtirilishi mumkin.
4 Ma’lumotlar elementini odatdagidan farqli ekanini bildiradigan maxsus belgi. Misol uchun, jadval yozuvi xatolik bayrog‘ini o‘z ichiga olgan bo‘lishi mumkin, bu yozuv xato ma’lumotlardan iboratligini bildiradi.
tartibotli dasturlash - Tartibotli (imperativ) dasturlash ommaviy EHM arxitekturasining aksidir. U fon Neyman tomonidan 1940-yillarda taklif qilingan. Tartibotli dasturlashning nazariy modeli sifatida “Tyuring mashinasi” nomli algoritm tizimi xizmat qiladi. Tartibotli dasturlashda, dastur masala yechish jarayonini belgilaydigan operatorlar ketma-ketligidan (yo‘riqnomalardan) tashkil topgan. Asosiysi, bu o‘zlashtirish operatoridir, u xotira maydonining tarkibini o‘zgartirish uchun xizmat qiladi. Xotira tamoiyli, bu ko‘rsatkichlar omboridir. Uning tarkibi dastur operatori tomonidan yangilanishi mumkin, u fundamental va imperativ dasturlash deb hisoblanadi. Dasturni amalga oshirish, bu - xotiraning ilk holatini o‘zgartirish maqsadidagi ketma-ket operatorlarni bajarish. Bunda ma’lumotlarning boshlang‘ich qiymatlari yakuniyga, ya’ni natijalarga aylanadi. Shunday qilib, dasturlovchi nuqtai nazaridan dastur va xotira mavjud. Dastur xotiraning tarkibini uzviy yangilab boradi.
tarqoq hisoblash texnologiyasi - Tarmoqqa ulangan kompyuterlarning erkin resurslarini resurs talab vazifani yechish uchun ishlatish imkonini beruvchi texnologiya. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad bekor turgan hisoblash resurslarini samarali ishlatib, hisoblashlar narxini arzonlashtirishdir.
MAVZU: “MATNLI XUJJAT MUXARRIRLARI”
Matn - Ma’lumotlarni ifodalash shakli. Mazmunan yagona yaxlit bo‘lib, tanlangan tilning belgilari ketma-ketligidan iborat. Matn hujjat asosidir. Axborot tizimiga matnni kiritish klaviatura, nurli pero, mikrofon yoki skaner yordamida amalga oshirilishi mumkin. Matnlarga ishlov berish matn muharriri deb ataluvchi maxsus amaliy dasturlar majmuasi tomonidan amalga oshiriladi. Tarmoqdan matnlar ma’lumotlar bloklari ko‘rinishida uzatiladi.
matn muharriri - Matn, dastur va hujjatlarni tahrirlashni ta’minlaydigan amaliy dasturlar majmuasi. WYSIWYG – “nima ko‘rgan bo‘lsangiz, shuni olasiz” tasavvuri, matnni ekranda shunday shaklda ko‘rish imkonini beradi. U xuddi shu ko‘rinishda printerda chop etiladi. Matn muharrirlari foydalanuvchining turli topshiriqlarini bajaradilar, shu jumladan:
- jadvallar, diagrammalar, rasmlar, kolonkalar bilan ishlash;
- ekranning o‘lchamini va shaklini tanlash;
- maxsus zo‘r ta’sirlarni (kolonkalarni qoraytirish, kontur va egri shriftlarni hosil qilish va b.);
- matn va dasturlarni tahrirlash, imloni tekshirish;
- ma’lumotlar bazalari bilan o‘zaro ishlash;
- fayllar bilan bajariladigan ochish, saqlash, o‘zgartirish, yo‘q qilish, printerda chop etish amallari;
- turli xildagi printerlarni quvvatlash.
Matn muharrirlari ichida Microsoft Word muharriri eng ommaviylashgan hisoblanadi.
matn fayli - Faqat harflar, raqamlar va belgilardan iborat fayl. Matn fayli matnni formatlash haqida hech qanday axborotga (masalan, qalin shrift yoki kursiv bilan ajratish, shriftning o‘lchami va turiga) ega emas, karetkani qaytarish va yangi satrga o‘tish belgilari bundan istisno. Matn fayli ASCII formatidagi fayl bo‘lib hisoblanadi. Matn fayli ixtiyoriy matn muharriri tomonidan o‘qilishi mumkin.
So‘z - ingl: word, rus: slovo. 1 Biror alifboda ma’lum ma’noga ega
bo‘lgan bo‘sh joylarsiz belgilar ketma-ketligi.
2 Mashina so‘zi.
fayl nomi kengaytmasi - Fayl nomidan keyin joylashadigan fayl nomining bir qismi. Masalan, “def.exe” fayl nomidagi “exe” qismi kengaytma bo‘lib hisoblanadi. Kengaytmalar fayllar oilasini belgilash uchun ishlatiladi. Odatda operatsion tizim kengaytmaga qarab fayl bilan nima qilish mumkinligini bilib oladi. Masalan: BAS – BASIC tilidagi fayl, BAT – ishga tushirilayotgan buyruq fayli, COM – tushirilayotgan DOS fayli, DAT – matn fayli, DOC – Microsoft Word formatidagi fayl, GIF – grafik fayl, HTM – HTML formatidagi fayl.
kalit so‘z - 1 Ishlov berilayotgan matndan (izlashda hujjatlar va so‘rovlar tizimiga kiritiladigan) tanlanadigan leksik birlik.
2 Qidiruv tizimlari yordamida tashrifchilarga ma’lum veb-sayt sahifalarini topish uchun qo‘llaniladigan so‘zlar.
Hujjat sarlovhasi – Word dasturi oynaning birinchi qatorida bo‘lib unda hujjat fayli nomi yozilgan bo‘ladi.
Menyu qatori – Fayl, Pravka, Vid, Vstavka, Format, Servis, Tablitsa, Okno, Spravka kabi Word dasturi menyu bo‘limlari.
Fayl - Word dasturi bo‘limi bo‘lib, fayllarni ochish, saqlash, yangi fayl ochish, chop etish va fayldan chiqish kabi buyruqlar mavjud.
Pravka - Word dasturi bo‘limi bo‘lib, oldingi va keyingi harakatlarga qaytish, ajratilgan matn bo‘lagini buferga olish, kesib olish, qo‘yish, kerakli matn bo‘lagini izlash va almashtirish kabi buyruqlar bor.
Instrumentlar paneli - Vid bo‘limidagi Panel instrumentlari buyrug‘i bo‘lib, standart va formatlash panel instrumentidagi belgilar (piktogrammalar) asosan bosh menyuning bo‘limlaridagi buyruqlarni tez bajarish uchun mo‘ljallangan.
Lineyka – Word dasturida ekran eni o‘lchamini ko‘rsatib turadi.
Matn kiritish maydoni - Word dasturida foydalanuvchilarning o‘z matnlarini kiritish va ularni qayta ishlashi mumkin bo‘lgan joy.
Holatlar satri – Word dasturida bu hujjat saxifasi, qatori va kursor o‘rni haqida axborot berib turadi.
Home - Word dasturida klaviatura yordamida kursorni matn qatori boshiga siljitish.
End - Word dasturida klaviatura yordamida kursorni matn oxiriga borish.
Strl+Home - Word dasturida klaviatura yordamida hujjat boshiga o‘tish.
Ctrl+End - Word dasturida klaviatura yordamida hujjat oxiriga o‘tish.
Page Up - Word dasturida klaviatura yordamida hujjatni yuqoriga varaqlash.
Ctrl+End - Word dasturida klaviatura yordamida hujjatni pastga varaqlash.
Bloknot, Wordpad - Windows operatsion tizimi tarkibiga kiruvchi eng sodda matn muharrirlari.
Word - Microsoft Office tarkibiga kiruvchi, hujjatlarni tayyorlashda eng ko‘p ishlatiladigan dastur - matn muharriri.
Shablon – Word dasturida boshqa hujjatlarni yaratish uchun ishlatiladigan maxsus hujjat.
Otmenit / yoki - Word dasturida eng keyin bajarilgan komanda yoki harakatni bekor qilish.
Gorizontal menyu –Windowsning sarlavhalar qatoridan keyin 2- qatorni egallovchi, gorizontal menyuga ega bo‘lgan ilova.
- Word dasturida ajratilgan xujjat bo‘lagini klaviatura yordamida o‘chirish tugmasi.
«Tablitsa» - Word dasturida jadvallarni hosil qilish va uni qayta ishlash uchun foydalaniladiga bosh menyuning punkti.
Wordart - Word dasturida matnlarga ishlov berishda foydalaniladigan obyekt dastur.
MAVZU: “MATNLI XUJJATLARNI TAXRIRLASHNI AVTOMATLASHTIRISH”
Avtomatik tekshirish – hujjatdagi xatoliklarni tekshirish usullaridan biri bo‘lib, matnni terish davomida grammatik va orfografik xatoliklar avtomatik ravishda nazorat qilinadi.
Hujjatni qo‘l bilan tekshirish - hujjatdagi xatoliklarni tekshirish usullaridan biri bo‘lib, Word dasturining “Retsenzirovani” menyusining “Pravopisaniye” bandi orqali amalga oshiriladi.
Avtozamena - hujjatdagi xatoliklarni tekshirish usullaridan biri bo‘lib, Word dasturining “Glavnaya” menyusining “Nayti” va “Zamenit” bandlarii orqali amalga oshiriladi.
Matnni bichimlash - matn ma’nosini o‘zgartirmay turib, uning shaklini o‘zgartirish.
Avtomatik tekshirish,
qo‘l bilan tekshirish
va avtoalmashtirish - Word dasturi yordamida hujjattdagi xatoliklarni to‘g‘rilash va imlo xatolarini tekshiruvchi usullar.
Qizil rang - Word dasturida orfografik xatoli so‘z tagiga chizilgan rang.
Ko‘k rang - Word dasturida stilistik xatoli so‘z tagiga chizilgan rang.
“kolontitul” - Word dasturi hujatining har bir sahifasida takrorlanib keluvchi ma’lumot.
Vid, Kolontituli - Word dasturi hujatining har bir satrda quyi va yuqori kolontitullarni o‘rnatishda ishlatiladigan menyu va komanda nomlari ketma - ketligi.
Vstavka-Nomera stranits - Word dasturidagi hujjat sahifalarini raqamlashda foydalaniladigan menyu va komanda nomlari ketma - ketligi.
Razmetki stranitsi, kolonki - Word dasturidagi hujjatda “gazetali ustunni o‘rnatish”da foydalaniladigan menyu va komanda nomlari ketma - ketligi.
Vstavka, Tablitsa- Word dasturidagi hujjatda ”jadval yaratish”da foydalaniladigan menyu va komanda nomlari ketma - ketligi.
Fayl, Pechat - Word dasturidagi hujjatni” chop etish”da foydalaniladigan menyu va komanda nomlari ketma - ketligi.
Vstavka, Figuri - Word dasturidagi hujjatga” avtofiguri” qo‘shish da foydalaniladigan menyu va komanda nomlari ketma - ketligi.
Vstavka, WordArt - Word dasturidagi hujjatga ” grafikli matn(WordArt) qo‘shish” da foydalaniladigan menyu va komanda nomlari ketma - ketligi.
Vstavka, Risunok - Word dasturidagi hujjatga rasm qo‘yish uchun foydalaniladigan menyu va komanda nomlari ketma - ketligi.
«FAYL», «SOXRANIT KAK» - Word dasturidagi hujjatni xotiraga saqlash uchun foydalaniladigan menyu va komanda nomlari ketma - ketligi.
SHIFT + DELETE - Word dasturidagi ma’lumotlarni tiklash imkoniyatisiz butunlay o‘chirish klavishlar majmui.
CTRL + C - Word dasturidagi ma’lumotlardan nusxa ko‘chirishni amalga oshirishdagi klavishlar majmui.
CTRL + V - Word dasturidagi nusxasi olingan ma’lumotlarni qo‘yishni amalga oshirishdagi klavishlar majmui.
MAVZU: ELEKTRON JADVAL MUXARRIRLARI. MS EXCEL DASTURI
EXCEL - WINDOWS operatsion qobig‘i boshqaruvida elektron jadvallarni tayyorlash va ularga ishlov berishga mo‘ljallangan dastur.
Matnli ma’lumot - Elektron jadval katakchalariga kiritish mumkin bo‘lgan ma’lumotlar turi.
sonli ifodalar - Elektron jadval katakchalariga kiritish mumkin bo‘lgan ma’lumotlar turi.
Formulalar - Elektron jadval katakchalariga kiritish mumkin bo‘lgan ma’lumotlar turi.
sarlavha, belgi va izohlar - EXCEL dasturida matnli ma’lumotlarni tashkil etuvchilar.
«=» - EXCEL dasturida FORMULALARni yozishni boshlash belgisi.
.xls - EXCEL dasturi xujjatlari ixtiyoriy nomlanadigan fayl kengaytmasi.
«ISHCHI KITOB» - EXCEL dasturida xls kengaytmali fayllarning umumiy nomi.
«ISHCHI VARAQ» - EXCEL dasturida har bir Ishchi kitob o‘z ichiga olishi mumkin bo‘lgan ixtiyoriy sondagi elektron jadvallarning nomi.
katakcha va diapazonlar - Elektron jadvalning asosiy elementlari nomlari.
KATAK — EXCEL dasturidagi bir qator va bir ustun kesishmasi oralig‘ida joylashgan manzil nomi.
DIAPAZON - EXCEL dasturida bir necha katakchalardan tashkil topgan guruh joylashgan manzil nomi.
A1:A4 - EXCEL dasturida Diapazon nomi ko‘rsatilgan manzil nomi.
A4 - EXCEL dasturida KATAK nomi ko‘rsatilgan manzil nomi.
KATAK - EXCEL dasturida sonli qiymatlar, matnli axborotlar va formulalarni joylashtirish mumkin bo‘lgan joy nomi.
“SARLAVHALAR QATORI” - EXCEL dasturida dasturning nomi, joriy (ayni vaqtda ish yuritilayotgan) ishchi kitobining nomi yoziladigan joy.
“STANDART ISH QUROL PANELI” - EXCEL dasturida buyruqlarni ko‘rsatuvchi, gorizontal menyuning standart buyruqlarini takrorlovchi tugmalardan (piktogrammalar) majmuyi.
“NOM MAYDONI” - EXCEL dasturida joriy ishchi kitobning faol katakchalarining manzili va nomi ko‘rsatiladigan joy.
“USTUNLAR SARLAVHASI” - EXCEL dasturida jadvaldagi barcha mavjud 256 ustunlar lotin alifbosining bosh xarflari bilan belgilanadi va u A dan boshlab IV gacha belgilanib borilishini belgilaydi.
“FAOL KATAKCHA INDIKATORI” - EXCEL dasturida bu qora rangdagi kontur bo‘lib, joriy katakchani ajratib ko‘rsatib turuvchi va ayrim hollarda u jadvallar kursori deb atalishi.
“QATORLAR TARTIBI ”- EXCEL dasturida ishchi jadvalning har bir qatori tartib raqamiga ega bo‘lib, u 1 dan to 65536 gacha raqamlanishi.
«KNIGA1» - EXCEL dasturi ishga tushirilgandan so‘ng avtomatik ravishda yangi yaratilgan nom.
«LIST1», «LIST2»... - “EXCEL dasturida alohida nom berilmagan bo‘lsa, ishchi jadval varaqlari nomlanishi.
MAVZU: MS EXCEL DASTURIDA ISHLASH TEXNOLOGIYALARI
EXCEL - Ma’lumotlarni jadvalda qayta ishlash va saqlash uchun mo‘ljallangan amaliy dastur.
Matn - MICROSOFT EXCEL dasturida raqamlar, bo‘sh joylar va boshqa belgilardan iborat bo‘lgan ixtiyoriy ketma-ketlik.
Yangi satr - EXCEL dasturida katakda ALT + ENTER tugmalarini bosish natijasi.
Ustun kengligi - EXCEL dasturida kiritilayotgan qatorning eng uzun ma’lumoti sig‘adigan ustun kengligi avtomatik ravishda tanlashda ustunning o‘ng chegarasiga sichqoncha ko‘rsatkichini olib kelib, uning chap tugmasini ikki marta tez-tez bosish natijasi.
qatorlar balandligi - MICROSOFT EXCEL dasturida kiritilayotgan ma’lumotlarning qanday o‘lchamdagi shriftda yozilganiga qarab avtomatik ravishda o‘zgarib borishi.
o‘zgarmaslar (konstantalar) - MICROSOFT EXCEL dasturida har bir katakchaga kiritilayotgan sonlar ketma-ketligi.
« - » ishorasi - EXCEL dasturida manfiy sonlar kiritilayotganda son yoki qavs ichiga olinib yozilgan son oldiga yoziladigan belgi.
Formatlash - MICROSOFT EXCEL dasturida sonli qiymatlar umumiy, sonli, pul bilan bog‘liq, moliyaviy, kun, oy (sana) va boshqa ko‘rinishida ishlov berilishi.
«reshetka» (#####) - EXCEL dasturida tanlangan formatga kiritilayotgan sonlarning, ustun kengligiga sig‘maganini bildiradigan ishora.
DELETE - EXCEL dasturida katakchadagi sonli qiymatlarni, matnlarni yoki formulalarni o‘chirish maqsadida, uni aktivlashtirib, bosish yetarli bo‘ladigan tugma.
bir necha katakchadagi ma’lumotlarni o‘chirish - EXCEL dasturida tozalanishi kerak bo‘lgan katakchalar ajratilib, so‘ng DELETE tugmasining bosilishi natijasi.
katakchani aktivlashtirish - EXCEL dasturida kursorni kerakli jadval ichiga olib o‘tish tushuniladi.
katakchadagi ma’lumotlarni tahrirlash - EXCEL dasturida sichqoncha ko‘rsatkichini katakchaga keltirib, chap tugmasi ikki marta tezlikda bosish tushuniladi.
katakchadagi ma’lumotlarni tahrirlash - EXCEL dasturida, katakchadagi ma’lumotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahrirlash imkonini berish maqsadida F2 tugmasining bosilishi tushuniladi.
formulalar qatori - EXCEL dasturida, katakchadagi ma’lumotlarni tahrirlash maqsadida, tahrirlash kerak bo‘lgan katakchani aktivlashtirish va sichqoncha ko‘rsatkichi olib boriladigan manzil nomi.
CTRL+Z - EXCEL dasturida, tahrir qilingandan keyin oldingi holatga qaytish uchun bosiladigan tugmalar majmuasi.
.xls - EXCEL dasturi fayli kengaytmasi.
Maydon - Elektron jadvalning o‘z ichiga olgan raqamlangan satrlar va lotin harflari bilan nomlangan ustunlar majmuyi.
Katakni aktivlashtirish - EXCEL dasturida katakka ma’lumot kiritish uchun kerak bo‘ladigan harakatlar.
jadval diapazoni - EXCEL dasturida jadvaldagi to‘rtburchak shaklidagi kataklar manzilini ko‘rsatuvchi joy.
aktiv katak - EXCEL dasturidagi belgilangan katak.
Ustun nomi - EXCEL dasturida ishchi listdagi ustunlarning lotin alfaviti harflari bilan nomlanishi.
Katakni tahrirlash - EXCEL dasturida to‘ldirilgan katak ustiga sichqoncha keltirilib, 2 marta bosilishi natijasida ishga tushadigan rejim.
A1:B2 - EXCEL dasturida kengligi ko‘rsatilgan diapazon joyining nomlanishi.
F2 - EXCEL dasturida aktiv katakka ma’lumotni kiritish va tahrirlash maqsadida bosiladigan funksional tugma.
asosiy ma’lumot - EXCEL dasturi jadvalida boshqa katakdagi qiymatlar bo‘yicha aniqlash mumkin bo‘lgan ma’lumotlar majmuyi.
A, V, S … - EXCEL dasturi ishchi stolidagi ustunlar nomi.
hisoblangan ma’lumotlar - EXCEL dasturi jadvalidagi Boshqa kataklar bo‘yicha aniqlab olinadigan ma’lumotlar.
Katak - EXCEL dasturida jadvalning eng kichik elementi.
- EXCEL dasturida katakka ma’lumot kiritishni tugallash uchun bosiladigan tugma.
Matnni tekislash va shriftlash - EXCEL dasturida kataklar uchun qo‘llaniladigan formatlash turi.
Ma’lumot turlari, kengligi va balandligi - EXCEL dasturida kataklar uchun qo‘llaniladigan formatlash turi.
Ramka va bo‘yash - EXCEL dasturida kataklar uchun qo‘llaniladigan formatlash turi.
sozdat - EXCEL dasturida yangi kitob yaratish maqsadida Fayl menyusidan tanlanadigan buyruq nomi.
Formula, son va matn - EXCEL dasturidagi katakka kiritilishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar turi.
Satr - EXCEL dasturida ishchi listdagi sonlar bilan nomlangan joy.
satrning belgilanishi - EXCEL dasturida satr sarlavhasi ustida sichqoncha tugmasining bosilishi natijasi.
ustunning belgilanishi - EXCEL dasturida ustun sarlavhasi ustida sichqoncha tugmasining bosilishi natijasi.
45,28 - EXCEL dasturiga sonni kiritishga keltirilgan to‘g‘ri misollardan biri.
MAVZU: MULTIMEDIYANING ASOSIY TUSHUNCHALARI
Multimedia(ingl: multimedia, rus: multimedia) - 1 Inglizchadan olingan: multi – ko‘p va media – tashuvchi, muhit. Axborotni turli shakldagi tashuvchilar bo‘lmish tovush, tasvir va matnlar birikmasi.
2 Vizual va audio effektlarning o‘zaro muloqotli dasturiy ta’minot boshqaruvida birgalikda namoyon bo‘lishi. Odatda bu matn, tovush va grafikaning, so‘nggi vaqtlarda esa animatsiya va videoning ham birlashishini bildiradi. Multimedia veb-bog‘lamalari va ixcham disklarning tavsifli, agar eng muhimi bo‘lmasa, xususiyatli giperishoratlardir.
3 Videotasvir va tovush bilan ishlash uchun apparat va dasturiy vositalar majmui.
Multimediaga ega kompyuterlar odatda kuchli videotizimga, videomagnitofon va videokameralarni qo‘shish imkoniyatiga, tasvirni ushlash va uni raqamli shaklda qattiq magnit diskka yozishning apparat vositalari, tasvirni ustiga qo‘shish vositalariga ega. Shu bilan bir qatorda, ular tovushni aks ettirish va uning sintezi uchun tovush platasiga, axborotni ixcham diskdan o‘qish uchun uzatishga, akustik tizimni qo‘shish imkoniyatlariga egadir.
4 Xohlagan turdagi ma’lumotlarni majmuaviy tarzda taqdim etish texnologiyasi. Multimedia birgalikda tasvirlarga ishlov berish, nutqni qayta ishlash va hujjatlarga ishlov berishni ta’minlaydi. Bu ekranga tasvirni matn va tovush bilan birgalikda chiqarish imkonini beradi. Multimedianing muhim yo‘nalishlaridan biri o‘rgatuvchi tizimlarni yaratishdir.
multimedia tarmog‘i - Kanallar bo‘yicha turli shakldagi axborot (matn, tovush, video va h.k.)ni tashish uchun mo‘ljallangan tarmoq.
multimedia funksiyalari - Videoni raqamli filtrlash va masshtabga solish, videoni apparatli raqamli zichlash va yoyish, uch o‘lchamli grafika (3D) bilan bog‘liq grafik amallarni tezlashtirish, jonli videoni monitorga chiqarish, kompozitli video chiqishga ega bo‘lish, TV signalini monitorga chiqarish.
multimedia shaxsiy kompyuteri - Multimedia PC Council ta’rifiga ko‘ra, hozirgi kunda yaxshi tezkor xotira hajmi, katta qattiq disk, CD-ROM yoki DVD qurilmasi, raqamli tovushni qullab-quvvatlash tizimiga ega shaxsiy kompyuter multimedia shaxsiy kompyuteri deb hisoblanadi.
Multimedia texnologiyalarining asosiy maqsadi - tovush, video, animatsiya va boshqa vizual effektlar bilan ta’minlangan dasturiy maxsulotlarni yaratish.
Multimedia vositalari - foydalanuvchi tovush, video, grafika, matn, animatsiya yordamida muloqotda bo‘ladigan apparat va dasturiy vositalarning yig‘indisi.
Adobe PageMaker, Adobe Photoshop, Adobe Flash, 3D Max - Multimediya dasturlari nomi.
Multimedia mahsuloti – tarkibiga musiqa taralishi, videokliplar, animatsiya, kartinalar va slaydlar galereyasi, turli ma’lumotlar bazalari kirishi mumkin bo‘lgan interfaol, kompyuterda ishlangan mahsulot.
Virtual haqiqiylik - imitatsion dasturiy va texnik vositalar tizimi.
Passiv virtual borliq (passive virtual reality) - inson tomonidan boshqarilmaydigan avtonom grafik tasvirning tovush bilan kuzatilishi.
treking - virtual muhitdagi real obyektning joylashishi koordinatalarini (x, y, z) va uni fazoda joylashishi burchaklarini (a, b, g) berishga mo‘ljallangan virtual borliqning turi.
oddiy foydalanuvchi - multimedia texnologiyalaridan foydalanuvchilarning bir turi.
O‘qitish dasturlar - o‘qitish jarayonida turli rasmli animatsiyalar, elektron darslik, elektron kitob va elektron o‘quv qo‘llanmalar.
Multimedia texnologiyalaridan oddiy foydalanuvchi maqsadlari – jumladan: o‘qitish jarayonida turli rasmli animatsiyalar, elektron darslik, elektron kitob va elektron o‘quv qo‘llanmalar bo‘lishi.
Multimedia maxsulotlarini pedagogik jarayonda foydalanish - bozorda mavjud dasturiy maxsulotlardan o‘qitiladigan fan doirasiga moslashtirib foydalanish.
Multimedia maxsulotlarini pedagogik jarayonda foydalanishning yo‘llaridan biri - o‘qituvchi tomonidan o‘qitiladigan fan maqsadiga va ko‘riladigan masalalar doirasiga mos multimedia maxsulotini yaratish.
Multimediya tizimidan foydalanuvchilarning asosiy turlaridan biri - tashqi qurilma to‘plamiga ega bo‘lgan shaxsiy kompyuterchilar.
Multimediya tizimidan foydalanuvchilarning asosiy turlaridan biri - ikki tomonlama axborot almashuvi orqali o‘qitishning elektron doskasi (interaktiv doska) proyektor va tizimli blok asosidagi foydalanuvchilar.
Sound Recorder dasturi - tovushli fayllarni tahrirlash, ularga nisbatan maxsus effektlarni qo‘llash va nihoyat parametrlarni o‘zgartirish imkoniyatini yaratadi.
AVI fayllar – multimediya tizimida videofayllarni tovush bilan tutashtirilgan maxsus formatini ifodalash .
Do'stlaringiz bilan baham: |