Og'lingiz nechi yosh?
Sitora: Birinchi sinf. Shanba va yakshanba kuni unga vixodnoy, shunga og'limni ovolaman. A ko'pro o'zim boraman.
Tomaris: Ko'pchli bozorlar shanba va yakshanba kuni qilinadiyu, shunga ko'pincha oyim bilan birga boraman. Maslahatlashib, kelishib, nima-nima qilinadi, rejalashtiriladi va yordam qilaman. Chunki og'ir yuklarni man ko'taraman.
Umar: Bizda shu uyning oldida magazinda narsalarni olish kerak bo'lsa, o'zim borib olib kelaman. Lekin agar umumiy bozor qilish kerak bo'lsa ayolim aytadiki siz qimmat olib qoyasiz, shuning uchun birga qilamiz deydi. Shunga birga boramiz. Ba'zan ortoqlarim bilan boramiz.
Juda yaxshi.
Xusan: Endi bizada shu vaziyat ishdan chiqadigan vaqt bo’sa o’zim ishdan chiqib qilib kelaman. Alohida oorish kerak bo’lsa, birga aylanib boramiz. Lekin ko’pincha o’zim boraman bozorlik qilishga. Yozib beradi, shu ro’yxat bo’yicha qarab: nima-nima kamchilik bor, telefonda ham aytib qoyishadi shunga qaran bozorga chiqib kelaman.
Do'stlaringiz bilan baham: |