Nutq sur’atiga doir ishlar
Nutq sur’ati deganda, nutqning vaqt bo’ylab davom etish tezligi tushuniladi. Maktabgacha yoshdagi bolalar sekin so’zlashdan ko’ra ko’proq tez sur’atda so’zlaydilar. Bu nutqning tushunarliligi, aniqligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi, tovush artikulyatsiyasi yomonlashadi, ba’zan alohida tovushlar, bo’g’inlar va hatto so’zlar tushib qoladi. Ayniqsa bu nuqsonlar uzun so’zlar yoki iboralarni talaffuz qilishda ko’p uchraydi.
Tarbiyachining faoliyati bolalarda so’zlar juda aniq jaranglaydigan oxista nutq sur’atini shakllantirishga yo’naltirilishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |