Ikkinchi bosqich - 3 yoshdan 5 yoshgacha bo’lgan davr. Bu yoshda so’zning fonetik va morfologik tarkibini shakllantirish jarayoni boradi. Eng qiyin artikulyatsiya harakatlarini takomillashtirish davom ettiriladi. Bu bola uchun oraliq, affrikat va sonor tovushlarini chiqarish imkoniyatini yaratadi. Ushbu bosqichdagi ishlar bolalarning so’zning tovush jihatiga nisbatan sezilarli ravishda ajralib turadigan ongli munosabatiga tayanadi va u ona tilining barcha tovushlarini izchil ravishda mashq qilish asosida quriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |