3. Innovatsion menejmentning mohiyati va vazifalari.
Innovatsion menejment O’zbekistondagi tadbirkolarga va ilmiy ommaga nisbatan yangi tushunchadir. Aynan shu vaqtda O’zbekistonda yangiliklar ko’payib ketmoqda. Iqtisodiyotni boshqarish formalari o’rniga boshqa yangi uslublar va shakllar paydo bo’lmoqda. Bunday sharoitda mazkur fa’oliyat bilan davlat organlaridan tortib pastgi tabaqalardagi korxonalar xam kichik biznes shaklida shugullanmoqlari lozim. Maxsus adabiyotlarda va rasmiy xujjatlarda ko’p xollarda iqtisodiyotning markazdan boshqarishga taaluqli bo’lgan tushunchalar, ya’ni, ilmiy-texnikaviy progresslarni boshqarish, ilmiy-texnik yutuqlarini ishlab chiqarishda qo’llash kabi tushunchalar qo’llanilar edi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida, tijorat korxonalari yuridik va iqtisodiy erkinliklarga ega, shu sababli xech qanday kiritishlar xaqida(davlat tomonidan) gap bo’lishi mumkin emas. Bu printsip orqali innovatsion menejment oblastidagi aloxida tushunchalardagi farqlarni tushunish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |