Foydalanilgan adabiyotlar
1. Rеznikоv M.I., Lipоv YU.M. Pаrоvые kоtlы tеplоvых elеktrоstаnsiy. –M.: Enеrgоizdаt, 1991
2. Rеznikоv M.I., Lipоv YU.M. Kоtеlьnые ustаnоvki elеktrоstаnsiy. –M.: Enеrgоizdаt, 1997
3. Tеplоvоy rаschеt kоtеlьnых аgrеgаtоv (nоrmаtivnыy mеtоd). Pоd rеd. Kuznеsоvа i dr. –M.: Enеrgiya, 1993
4. Lipоv YU.M., Sаmоylоv YU.F., Vilеnskiy T.V. Kоmpоnоvkа i tеplоvоy rаschеt pаrоvоgо kоtlа. –M.: Enеrgоizdаt, 1996
5. Rаhimjоnоv R.T. YOqilg’i vа yonish аsоslаri. -Tоshkеnt, 2002
6. Prаvilа tехnichеskоy ekspluаtаsii elеktrichеskiх stаnsiy i sеtеy – M.: Enеrgоizdаt, 1989
7. YUsupаliеv R.M. IESlаrdа suv tоzаlаsh. –Tоshkеnt, TDTU, 2003.
8. Mingаzоv R.F., Umirоv U.R. Tеplоvоy rаschеt kоtеlьnоgо аgrеgаtа. Tаshkеnt, TGTU, 2003.
9. Prоmыshlеnnаya tеplоenеrgеtikа. Sprаvоchnik. M. Enеrgоаtоmizdаt. 1989.
Mavzuga tadbiq etilgan interfoal metodlar
“SASE study ” методи:
Hozirgi kunda zamon shiddat bilan rivojlanayotgan bir vaqtda har turli vaziyatda to‘g‘ri yechim tanlash va qaror qabul qilish zaruratini keltirib chiqaradi. AQShning XX asr boshlaridagi eng badavlat odamlaridan biri Rokfeller, bizni qanday hayot kechirishimiz qabul qiladigan qarorimizga bog‘liq degan ekan.
Talabalarni qaror qabul qilishga o‘rgatishda muammoli vaziyat hosil qilib, uni echishni o‘rganish metodi – SASE STUDY METHOD – «keys» katta imkoniyatlarga ega. Bu metodni boshqa metodlar bilan birgalikda qo‘llash mumkin. Bu jihatdan keys metodining imkoniyatlari keng, uni turli tarzda qo‘llash mumkin. Ayniqsa, modellashtiruvchi o‘yin tarzida o‘tkazish imkoniyati katta hamda kutilgan natijaga erishish imkoni yuqori. Shuning uchun bu metodni ko‘pincha, taqlid qilish, imitatsiya metodi sifatida ham ko‘riladi.
Bu metodning boshqalaridan farqi shuki, talaba muammoli vaziyatni o‘rganib, xulosa chiqarish, qaror qabul qilish, undan qanday chiqib ketishni o‘rganadi. Bu metod talabalardan atroflicha bilimga ega bo‘lishni talab qiladi. Chunki qaror qabul qilish nafaqat iqtisodiyot, balki faoliyatni tashkil etish, ish yuritish, axborot va ular bilan ishlash, sotsiologiya, psixologiya va boshqa fanlardan ham bilimdonlikni talab qiladi.
Aniq muammoli vaziyatlar metodidan foydalanishning asosiy maqsadi talabalarni mutaxassislik faoliyatiga tayyorlashdir. U har bir talabaga amaliy va kasbiy ta’lim berilishini ta’minlaydi.
Muammoni o‘rganish, yechish bosqichlariga ko‘ra, maqsadlar belgilanadi. Bular:
1. Muammo bilan tanishish.
2. Zarur axborot yig‘ish, ular asosida mavjud vaziyat, holatni aniqlash.
3. Olingan bilimni amaliy faoliyatda qo‘llashni o‘rganish.
4. Olingan natijalarni o‘rganish, tahlil qilish asosida qaror qabul qilish.
Ma’ruzaga nisbatan keys metodi bo‘yicha dars berishning afzal tomonlarini ko‘rsatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |