2.1. Transport vositalarini ishlab chiqarish va ekspluatatsiya bosqichlarida diagnostikalashni ta’minlash
Transport vositasini loyihalayotganda (texnik topshiriqni ishlab chiqish bosqichida) quyidagilar belgilanadi:
- ekspluatatsiya sharoitlaridan kelib chiqqan holda diagnostika turlari, davriyligi va mehnat hajmi;
- diagnostikaning qoidalari va ketma-ketligi;
- diagnostika parametrlarining ro’yxati va transport vositasining texnik holatini bildiradigan, nuqsonlar qidirishni ta’minlaydigan sifat belgilari;
- tuzilmaviy, diagnostik parametrlarning nominal, yo’l qo’yilgan va chegaraviy miqdorlari va parametr qiymatlarining yuriladigan yo’lga bog’liqligi;
- parametr o’lchamlarining aniqligiga qo’yiladigan talablar;
- diagnostika vositalari ro’yxati, transport vositasi va tarkibiy qismlarining diagnostika o’tkazilayotgandagi ish tartibotlari;
- transport vositasining nazoratga yaroqlilik ko’rsatkichlariga qo’yiladigan talablar;
- diagnoz qo’yish vaqtida mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasiga qo’yiladigan talablar va boshqalar.
Avtokorxona transport vositasini ishlatishdan oldin, texnik shartlar va texnik xizmat ko’rsatish va joriy ta’mirlashni o’tkazish bo’yicha yo’riqnomaga asoslanib diagnostikani tashkil qiladi va o’tkazadi. Har bir diagnoz qo’yish natijasi diagnostik xarita va jamg’arma xaritasiga yoziladi. Diagnoz qo’yish natijalari asosida transport vositasini kelgusida ishlatish yoki unga texnik ta’sir ko’rsatish to’g’risida qaror qabul qilinadi.
Transport vositalarini ekspluatatsiya qiladigan korxona texnik xizmat ko’rsatish, joriy ta’mirlash va ekspluatatsiya bo’yicha qo’llanmaga binoan quyidagilarni ishlab chiqadi:
- texnik xizmat ko’rsatish, joriy ta’mirlashlarni bajarayotganda diagnostikani tashkil etish va o’tkazish bo’yicha namunaviy texnologik jarayon xaritasi;
- diagnostik xarita (1-rasm);
- jamg’arma xaritasi(2-rasm);
- diagnoz, jamg’arma ma’lumotlari va axborotga ishlov berish bo’yicha hisob-kitob xujjatlari majmui.
Diagnostik xarita (1-shakl)
|
ATK _________________
D-2 diagnostik xaritasi
|
2-TXKdan oldin
(tanlab)
|
|
Avtomobil rusumi _______________
Garaj raqami №___________
|
Davlat raqami
№_________
|
Spidometr ko’rsatkichi
______________
|
Xaydovchi:
___________
|
Umumiy xulosa
|
Mintaqaga yuborish
(kerakligi belgilansin)
|
qo’shimcha ishlar
|
2-TXK JT
|
2-TXK yoki JT mintaqalari mutaxassislari sardori:
_________________
(imzo)
|
Diagnoz qo’yuvchi: _________________
(imzo)
|
D-2 operatorlari soni
Oldingi D-2 dan keyingi bosilgan masofa: __________km
|
Diagnoz qo’yish sanasi ___________
Boshlanishi _________
Tugatilishi ________
|
Do'stlaringiz bilan baham: |