Avtotransport vositalarining diagnostikasi


-rasm. Diagnostikalash tizimining tarkibi



Download 11,83 Mb.
bet11/182
Sana23.01.2022
Hajmi11,83 Mb.
#403343
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   182
Bog'liq
AVD Majmua 2021

4-rasm. Diagnostikalash tizimining tarkibi

Diagnostika ob’ektlari modellarining quyidagi turlari mavjud:

- tuzilmaviy (strukturaviy) model;

- funktsional model.



a) Tuzilmaviy modelni qurishda diagnostika tizimi bir-biri bilan bog’langan va chegaralangan elementlardan iborat deb hisoblanadi.

Diagnostikaning biror usuli yoki texnologiyasini ishlab chiqish uchun mexanizm va uzellarning texnik holati o’zgarishlari qonuniyatlarini bilish yetarli emas, balki diagnostika ob’ektining umumlashtirilgan mantiqiy yoki tahliliy tavsifi talab etiladi. Bu tavsif (model) transport vositasining tez ishdan chiqadigan tegishli elementlari ro’yxatini, tuzilmaviy va diagnostik parametrlarni, ular orasidagi bog’liqliklarni o’z ichiga oladi. Tormoz mexanizmi misolida diagnostika ob’ektining tuzilmaviy modeli 30-rasmda keltirilgan. Rasmdan ko’rinib turibdiki, V pog’onani ob’ektning diagnostik parametrlari yoki fizik miqdorlari tashkil etadi. Ular yordamida diagnostikalash ob’ektining ishchi yoki hamroh jarayonlarini o’lchash, ya’ni ob’ekt texnik holatini uni bo’laklarga ajratmasdan aniqlash mumkin.

Bunday model ob’ektning muhandislik o’rganilishi, ishlashi, ishonchlilik ko’rsatkichlarining statistik tahlili va diagnostik parametrlarning baholanishi asosida tuziladi. Model ob’ektning eng nozik va eng muhim elementlari to’g’risida, uning tuzilmaviy, diagnostik parametrlari va ular orasidagi bog’lanishlar to’g’risida ma’lumot beradi. Bu model diagnostika ob’ektining eng sodda mantiqiy tavsifi xisoblanib, uning yordamida eng muhim diagnostik parametrlarni, va demak, diagnostika usullari va vositalarini tanlash mumkin.

b) funktsional model – uni qurishda diagnostikalash ob’ekti sifatida qaraladigan tizimni bir-biri bilan funktsional bog’langan elementlarga bo’lish mumkin deb hisoblanadi va bu model diagnostikalashning maqbul texnologik jarayonini aniqlashga imkon beradi.

Murakkab ob’ektning diagnostikalash texnologik jarayonini ishlab chiqayotganda tuzilmaviy modeldan tashqari funktsional model ham kerak. Bunda ob’ekt ketma-ket va parallel ulangan kichik tizimlardan iborat. Misol: kabyuratorli dvigatel ta’minot tizimining funktsional modelini tuzishda alohida – alohida kichik tizim bo’laklariga bo’linadi, ya’ni: yonilg’i bilan ta’minlovchi kichik tizim (yonilg’i baki; filtr-tindirgich; yonilg’i nasosi; mayin filtr); havo tozalash kichik tizimi (havo filtri); yonilg’i aralashmasini tayyorlash kichik tizimi (karbyurator) va ishlatilgan gazlarni chiqarish kichik tizimi (chiqarish quvuri).


Download 11,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish