Avtotransport vositalari servisi asoslari


-rasm. Extiyot qismlar savdo do’koni 25-rasm



Download 6,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/185
Sana15.12.2022
Hajmi6,78 Mb.
#886478
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   185
Bog'liq
avtotransport vositalari servisi asoslari

24-rasm.
Extiyot qismlar savdo do’koni


25-rasm.
Avtosalonlar
Mijozlarga yanada ko’proq qulayliklar yaratish maqsadida avtosavdo salonlari yonida tijorat banklari
bo’limlari tashkil qilinadi.
3. Avtoservis korxonalarining yordamchi bo’limlari
Avtomarkazlar va ASKlarda ma’muriy-maishiy xonalar qatori mijozlar uchun alohida xona,
ehtiyot qismlar omborlari va savdo do’konlari, salonlari bo’lishi shart. Ishlab chiqarish binolari va
ustaxonalaridan tashqari texnologik jarayonlarning uzluksiz va to’xtovsizligini ta’minlovchi
elementlardan biri ombor xo’jaligidir. Uni barpo etish va faoliyatini ishlab chiqarish jarayonlari talablari
asosida tashkil etish, ayniqsa, muhimdir. Ombor xo’jaligining tarkibi, ularda saqlanadigan zaxiralar hajmi
va xillari, avtoservis korxonalarining turlari va ishlab chiqarish quvvatiga bog’liq bo’ladi. Avtomarkaz va
ASKlarning omborlarida quyidagi zaxiralar saqlanadi:
- sotiladigan avtomobillar;
- avtomobillarga ehtiyot qismlar;
- almashtiriladigan (yangi va ta’mirlangan), almashilgan avtomobillar
agregatlari va uzellari;
- ta’mirlash materiallari (lok-bo’yoqlar, elektrodlar, kislorod
ballonlari, kislotalar, karbidli bochkalar, turli metallar va h.k.);
- yonilg’i-moy materiallari;
- asbob-uskunalar;
- shinalar;
- avtomobillarning turli xil ashyolari.
Avtomobillar, ehtiyot qismlar va materiallarning ishlab chiqarishga sarflanadigan va sotiladigan
qismlari uchun alohida omborlar yoki umumiy zaxira omborlarini tashkil etish mumkin.
Omborlarni loyihalash saqlanadigan ehtiyot qismlar va materiallarning xillari bo’yicha zaxiralar
miqdori asosida amalga oshiriladi. Materiallarning xillari bo’yicha to’g’ri tanlab shakllantirilgan zaxiralar
hajmi TXK va ta’mirlashni uzluksiz ta’minlovchi mustahkam moddiy-texnik bazasi bo’lib xizmat qiladi.
Zaxiralarni shakllantirish usullari esa servis korxonalar tarmog’ining tashkiliy tarkibi, korxona
xizmatining avtomobillar turlari va ishlariga qarab ixtisoslanganlik darajasi va quvvatiga bog’liqdir.
Zaxiralarni shakllantirish mustaqil va markazlashtirilgan bo’lishi mumkin. ASKlar o’z omborlari
zaxiralarini maxsus ishlab chiqarilgan maksimal va minimal me’yorlar asosida to’ldirib turadilar.
Omborlarda saqlanayotgan materiallarning zaxirasi minimal me’yorga qadar kamayib ketgan
holda, u maksimal darajaga qadar to’ldiriladi. Amalda zaxiralarning me’yorlari natural sonlarda (sonlari,
massalari) belgilanadi va ma’lum muddat (kun, oy, kvartal) davomida to’la foydalanishga mo’ljallanadi.
Mustaqil ASKlari o’z zahira mollari turlari va hajmini o’zining o’tgan davrdagi amaliy faoliyati
hisobotidan olingan statistik ma’lumotlar, shuningdek, xizmat ko’rsatiladigan avtomobillar sonining
kelajakdagi ehtimoliy o’zgarishlarini nazarda tutgan holda aniqlaydilar. Zaxiralar aniqlangach ularni
saqlash me’yorlari orqali omborlar hajmini (quvvatini) aniqlash mumkin. Har bir molning xili bo’yicha
quyidagicha saqlash me’yorlari belgilangan:
- maydon birligiga to’g’ri keladigan massasi (0,2 – 3 t/m2);
- xona hajmiga to’g’ri keladigan massasi (0,1 - 2,0 t/m3);


- maksimal saqlash balandligi.
Saqlash me’yorlari asosida ombor jihozlari tanlab olinadi (stellaj-taxmonlar, ko’tarish-siljitish
mexanizmlari, maxsus yashiklar, tagliklar, aravachalar va h.k). Ombor maydonini aniqlashda undagi
jihozlar, yurish va transport yo’lakchalari, mol qabul qilish, tarqatish, shuningdek bo’sh idish- anjomlarni
saqlash joylarining o’lchamlari ham hisobga olinadi. Avtomarkazlar va yirik ASKlarda omborlar
yong’inga chidamli materiallardan alohida bino holatida yoki ishlab chiqarish majmuasi bilan
biriktirilgan (blok usulida) bir necha bo’lim, xonalar sifatida barpo etiladi. O’rta va kichik quvvatli
stantsiyalarda esa omborlar uchun odatda ishlab chiqarish binosi majmuasida bir yoki bir necha xonalar
ajratiladi. Ammo har qanday holda ham yonilg’i-moylash materiallari alohida binoda saqlanishi zarur.
Ombor maydonining shakli to’rtburchak bo’lib, uning bo’yi bilan eni 1:4 nisbatda bo’lishi
maqsadga muvofiqdir. Avtoservis korxonalari mollarini ko’p qavatli (3 4) taxmonlarda saqlash mumkin.
Bu holda ombor maydonidan foydalanish darajasi 40-60 % ga yetadi (5.28-rasm). Avtomarkazlar, katta
va o’rta quvvatli avtoservis korxonalarida ehtiyot qismlar va agregatlar alohida xonada, ko’p qavatli
peshtxtalarda, maxsus tokchali shkaflarda, mayda detallar esa (bolt, gayka, shayba va h.k) yashiklarda
saqlanadi. Kerakli detallarni tezda izlab topish uchun ular avtomobil qismlari bo’yicha guruhlanib katalog
nomlari asosida joylashtiriladi. Mahsulot va materiallarni shu yorliqlarga asosan maxsus peshtaxtalarga
joylashtirish ishlab chiqarishga kerakliklarini bir zumda topishga imkon beradi. Dumaloq shakldagi
metalllarni gorizontal shaklda ko’p qavatli peshtaxtalarda, yassi metalllar vertikal shaklda peshtaxta
tokchalarida saqlanadi.
Ehtiyot qismlar va agregatlar saqlanadigan ombor avtomobillarga TXK va joriy ta’mirlash postlariga
yaqin joylashgan bo’lishi zarur, chunki ular o’zaro texnologik bog’langanlar. Lok-bo’yoq, kuzov
detallari, payvandlash materiallari, kislorod ballonlari, yupqa metall listlarini va shuningdek,
shikastlangan kuzovlari tiklanayotgan avtomobillar ashyolarini saqlash ombor-lari kuzovlarni ta’mirlash
uchastkasida yoki uning yonida joylashtiriladi.

Download 6,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish