Avtotransport vositalari servisi asoslari



Download 6,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/185
Sana15.12.2022
Hajmi6,78 Mb.
#886478
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   185
Bog'liq
avtotransport vositalari servisi asoslari

Metrologik ta’minot.
Avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash sifatini boshqarishda
asosiy ko’rsatkich avtomobil va uning agregati hamda tizimlarining texnik holati xisoblanadi. Texnik
holat parametrlari talab
darajasida ekanligini aniqlash metrologik ta’minotga bog’liq. Avtotransport vositalariga TXK va
ta’mirlash xizmati metrologik ta’minot talabiga javob berishi quyidagi omillar orqali baholanadi;
- o’lchov va nazorat-diagnostika jihozlarining (O’NDJ) holati va qo’llanishining nazoratini ta’minlovchi
metrologiya bo’yicha mas’ul shaxsning mavjudligi;
- O’NDJ ning davlat va muassasa tomonidan tekshirish jadvali mavjudligi va uning olib borilishi;
- O’NDJ ning aniqlik snifi va o’lchov chegaralari bo’yicha talablarga mosligi;
- O’NDJ attestatsiyadan o’z vaqtida o’tkazilganligini tasdiqlovchi tamg’a, shahodatnoma yoki jihoz
pasportlaridagi belgilarining mavjudligi;
- texnologik jarayonning avtotransport vositalariga TXK va ta’mirlash texnologik hujjatlari bo’yicha
ta’minlanganligi.


Xizmat sifatiga bo’lgan talablarni me’yorlashtirish va xizmat sifati darajasini barqarorlashtirish.
Sifatli xizmat ko’rsatish buyurtmachiga sidqidildan, diqqat-e’tibor bergan holda, texnik xizmat ko’rsatish
va ta’mirlash ishlarini sifatli, kafolatli va o’z vaqtida bajarishdan iboratdir. Xizmat sifatiga umumiy va
maxsus talablar qo’yiladi. Umumiy talablar mehnat haqidagi qonun, ichki ishlash tartib-qoidalari va
boshqa hujjatlar bilan belgilangan.
Maxsus talablar ATXKSlarda xizmat ko’rsatish qoidalari, mutaxassislik bildirgilari, mansab
yo’riqnomalari va boshqa turdagi me’yoriy aktlarda o’z aksini topgan.
Avtoservis korxonasidagi xizmat sifatini baholash borasida ma’lum davriylikda mijozlardan
so’rov o’tkazib turiladi va uning natijalari bo’yicha xizmat ko’rsatishdagi yutuq va kamchiliklar
aniqlanadi, ular oldingi erishilgan natijalar bilan solishtirib ko’rilib, chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi
va amalga oshiriladi. Xizmat sifati darajasini barqarorlashtirish uchun korxonada
quyidagi tadbirlar oshirilishi maqsadga muvofiq:
1. Korxonada barcha ishchi-xodimlar uchun qat’iy rioya qilinadigan yagona xizmat qoidalari bo’lishi va
unga amal qilinishi;
2. Korxona tomonidan o’z ishchi-xodimlariga aniq va ravshan talablar qo’yish;
3. Ishchi xodimlarni muttasil o’qitish, malakalarini oshirish;
4. Ishchi xodimlarni o’z korxonasi, firmasiga sadoqatli ruhda tarbiyalash.
5. Ijodga yo’l ochish;
6. Ishchi xodimlarni moddiy va ma’naviy rag’batlantirish
Xizmatni baholashdan o’tkazish (sertifikatsiya).
Xizmat sifatini sertifikatlash ISO-9000 seriyadagi
standartlar bo’yicha amalga oshiriladi. ISO-9001, ISO-9002 va ISO-9003 standarti 1994 yili qayta ko’rib
chiqilgan, 2000 yili “ISO-9000” ning yangi tahriri tasdiqlangan va hozirgacha amalda. Ishchidan tortib
korxonaning birinchi rahbarigacha o’z ishchi o’rni va vakolati yuzasidan sifat menejmentiga jalb
etilsagina, xizmatning yuqori sifatli bo’lishiga erishiladi. Sifatni boshqarishda xaridor talabi, nosozliklar,
adashish va xatoliklar haqidagi ma’lumotlar va xaridor fikri axamiyatli o’rinni egallaydi.
O’zbekiston Respublikasida ham xalqaro ISO standartini xalq xo’jaligida, shu jumladan,
avtomobil sanoatida, avtomobil servisi va ta’mirlashda joriy etish bo’yicha salmoqli ishlar amalga
oshirilgan. Xalqaro ISO standarti asosida davlat standartlari yaratilgan (8.1-jadval) [58].
8.1-jadval. “ISO-9000” seriyadagi standartlar po’yxati

Belgilanishi
Standart nomi
O`zR MX holati
1 ISO 
9000-2000
Sifat menejmenti tizimi. Asosiy tushunchalar va lug`at
O`z. DSt ISO 9000-2002
2 ISO 
9001-2000
Sifat menejmenti tizimi. Talablar.
O`z. DSt ISO 9001-2002
3 ISO 
9004-2000
Sifat menejmenti tizimi. Faoliyatni yaxshilash uchun
tavsiyalar..
O`z. DSt ISO 9004-2002
4 ISO 
19011-2003 Sifat menejmenti tizimi yoki ekologikmenejment
tizimining auditi bo`yicha asosiy ko`rsatmalar.
O`z. DSt ISO 19011-2004

ISO 9000-3-2004 COOPKOK. Programma ta`minoti bo`yicha ISO 9001-
2000standartini qo`llash Nizomi

ISO 9004-2-1994 AUKESK 2-bo`lim. Xizmatlar bo`yicha asosiy Nizomlar O`z. DSt ISO 9004-2:1999

ISO 9004-2-1994 AUKESK 3-bo`lim. Qayta ishlanuvchiashyolar bo`yicha
asosiy Nizomlar

ISO 10005:2003 SMK. Sifat rejasi bo`yicha asosiy Nizomlar
O`z. RH ISO 51090:1999

ISO 10006:2003 SMK. Loyihalarni boshqarish bo`yicha asosiy Nizomlar
10 ISO 10006:2003 
SMK. Loyihalarni boshqarish bo`yicha asosiy Nizomlar
O`z. RH ISO 10007:2003
11 ISO
10012:1:2003
O`lchov asboblari sifatini ta`minlash bo`yicha talablar 1-
bo`lim. O`lchov asboblari uchun metrologik ta`minot
tizimi.
12 ISO 0012:1:2003 O`lchov asboblari sifatini ta`minlash bo`yicha talablar. 2-
bo`lim. O`lchov jarayonini boshqarish bo`yicha asosiy
ko`rsatmalar.
13 ISO 10013:2001 
Sifat boshqaruvini yaratishga taaluqli asosiy Nizomlar
O`z. RH ISO 10013:2001
14 ISO 10014:2003 
Sifat iqtisodini boshqarish bo`yicha asosiy ko`rsatmalar
O`z. RH ISO 10013:2001
15 ISO 10013:2001 
Sifatni boshqarish. O`qitish bo`yicha
asosiy ko`rsatmalar O`z. RH ISO 10013:2001
Ushbu standartlarni o’rganish va joriy etish ancha murakkab hamda maxsus sertifikati bor
organlar tomonidan o’qitiladi. Avtoservis korxonasining faoliyatini muvaffaqiyatli boshqarish uchun uni
ochiq-oydin tizimli boshqarish va yo’naltirib turish darkor. Barcha manfaatdor tomonlarning talablari


hisobga olingan sifat mejenmenti tizimi yaratilib, joriy etilib, doimiy ishchi holatda ushlab turilsa,
korxonaning muvaffaqiyatga erishishi kafolatlanadi.
Avtoservis korxonalari sifat tizimi standarti.
Kompaniya dilerlari avtoservis sifatini va mijozlar
talabini qondirilishini baholash bo’yicha mijozlardan so’rov o’tkazadi. Bu standartning maqsadi –
iste’molchilarning mahsulot sifatiga bo’lgan talabini qondirilganlik darajasini baholovchi samarali
uslubni o’rnatish, iste’molchilarni kompaniya mahsulotlari va dilerlar hizmatlari bilan qondirilganlik
darajasini oshirish uchun dilerlar xizmatlar sifati ustidan nazorat o’rnatishni ta’minlash.
Ushbu standart iste’molchilarni mahsulot sifati va avtoservis xizmatidan qondirilganlik darajasini
baxolash uchun dilerlik servis stantsiyalarida rejaviy tekshirish o’tkazuvchi tashkilotlarda qo’llaniladi.
“Avtoservis va ehtiyot qismlar” bo’limi rahbari zimmasiga quyidagi javobgarliklar yuklanadi:
- dilerlik shartnomasi shartlarining vakolatli dilerlar tomonidan bajarilishi bo’yicha avtoservisning diler
tarmog’ini baholash bo’yicha ishlarni olib borish;
- iste’molchilarning mahsulot va xizmatlar sifatidan qondirilganligini doimiy baholashni tashkil etish;
- o’z vaqtida mahsulot sifatining nomuvofiqligi haqidagi ma’lumotni «Kafolat va sifat nazorati»
boshqarmasiga taqdim etish;
- dilerlik xizmati sifati va iste’molchilar qoniqish darajasi haqidagi ma’lumotlarning o’z vaqtida, to’liq
taqdim etish va ishonchliligini ta’minlash.
Avtoservis korxonalarida kompaniya dilerlari avtoservis sifatini va mijozlar talabini qondirishni
baholash bo’yicha so’rov ma’lumotlari tahlil qilinib, chora-tadbirlar ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi.
Avtomobil servisi sohasidagi raqobatning kuchayishi xizmat sifati ko’rsatkichlariga qo’yilayotgan
talabning ortib borishiga olib kelmoqda va bu sohada har qaysi korxona tizimli, muntazam ish olib
borishini taqozo qiladi.

Download 6,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish