Avtotransport vositalari servisi asoslari



Download 6,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/185
Sana15.12.2022
Hajmi6,78 Mb.
#886478
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   185
Bog'liq
avtotransport vositalari servisi asoslari

quritish-artish ishlari
bajariladi. Masalan, yengil avtomobillar sovuq (kam hollarda, iliq) havo purkovchi qurilma yordamida
quritiladi. Bunda havo havotaqsimlovchi quvurlar orqali diffuzorga so’riladi, u kuzovning ko’ndalang
qismi tekisligiga nisbatan 65 grad. qiyalikda joylashgan bo’ladi. Diffuzor havo oqimini yelpig’ichsimon
purkab turadi. qurilmaga vaqt relesi o’rnatilgan bo’lib, u shabadalatgichni o’chirib-yoqib turish uchun
xizmat qiladi. qurilma ish unumi 30-40 avt/soat bo’lib, elektromotorning quvvati
22.5 kvt.ni tashkil etadi.
Zanglash, avtomobillar sirtiga havodan nam tushib qolishi, kuzovning ko’rinmas bo’shliqlarida
tomchilar paydo bo’lishi va ularning yig’ilishi natijasida hosil bo’ladi. Qish paytlarida sirpanchiqqa
qarshi harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida sepiladigan tuzlar kuzovning zanglash va chirish
jarayonini tezlashtiradi. Kuzov tubi va qanot ostlari iflosliklardan tozalanib va yuvilib zanglashga qarshi
ishlov beriladi.
Zanglashga qarshi ishlov berishning bir necha turi bo’lib ular zanglash jarayonini
sekinlashtiruvchilar va zanglashga qarshi qoplam hosil qiluvchilar kabi turlarga bo’linadilar.
Kabina, kuzov va platformalarni ta’mirlash texnologiyasi.
Avtomobillarning kuzov, kabina va tayanchlarining asosiy nosozliklari: ularning qiyshayishi,
pachoqlanishi, uzilishi, zanglashi, chirishi, boltli va parchinmixli birikmalarning bo’shashib ketishidan
iborat. Ta’mirlash vaqtida ularni zanglash mahsulotlaridan tozalash, payvandlash, tekislash va yuzalarni
silliqlash, qo’shimcha detallar qo’yish, himoya qatlamlarini yangilash yo’llari bilan tiklanadi. Zanglash
mahsulotlari metall cho’tka yoki erituvchi modda yordamida tozalanadi. Payvandlash ishlarini bajarishda
ko’pincha gazli payvandlash turidan foydalaniladi. Payvandlash qo’l bilan yoki avtomat ravishda
bajariladi.
Yoriqlar payvandlanib, yirtilib ketgan katta teshiklarga esa qo’shimcha qoplama qo’yiladi, o’z
navbatida bu qoplama yirtilgan yerdan 20-24 mm chiqib turishi zarur. Pachoqlangan yerlar va
qiyshayishlar sovuq yoki qizdirilgan (600-650
0
S gaz gorelkasi yordamida) holda to’g’rilanadi. Qizdirib
to’g’rilash metall qavat-qavat bo’lib qolganda yoki sovuq holda to’g’rilab bo’lmay qolganda bajariladi.
Pachoq ikki harakatda to’g’rilanadi. Avvalambor pachoq bo’lgan joy urib chiqariladi. CHiqarilgan
qismning ustiga(7.9-rasm) mahsus ushlagich-1 qo’yib markazdan sirtga qarab mahsus bolg’acha
yordamida to’g’rilanadi, so’ngra yog’och yoki rezina bolg’acha yordamida tekislanadi. O’tkir qirrasi va
egilishi bo’lmagan chuqur pachoqlarni chiqarish o’rtasidan boshlanadi va asta-sekin bolg’acha yoki
rezina bolg’acha bilan tekislash tashqi tomonga qarab davom ettiriladi. O’tkir qirrali burchaklari bo’lgan
pachoqlarni o’tkir qirradan yoki taxlanib qolgan yeridan boshlab urib chiqariladi. Bitta chuqurlik bo’lsa,
metalning tortilishi hisobiga markazdan tashqi tomonga bolg’acha bilan urib bartaraf etiladi (7.9v-rasm).
CHuqurlik chegarasiga yaqinlaganda bolg’acha bilan urish kuchi kamaytiriladi. qancha ko’p aylana
bo’ylab harakat qilinsa, tekislash shunchalik sifatli bajariladi. Agarda bir-biriga yaqin bir necha
chuqurliklar bo’lsa (7.9-rasm), avval ularning orasiga ishlov beriladi va bitta chuqurlikka keltiriladi,
so’ngra chuqurlikning shakliga qarab keyingi silliqlash ishlari bajariladi. Silliqlash ishlari
to’g’rilanayotgan yuzaning shakliga qarab tanlab olingan ushlagichlar-1 bilan tekislash bolg’achalari
yordamida qo’lda yoki maxsus jihozlar va mexanizatsiyalashgan moslamalar yordamida bajariladi.
Masalan, avtomobil qanotlarining qattiq cho’zilib ketgan yerlarini urish yo’li bilan to’g’rilab bo’lmaydi.
Bu hollarda qattiq pachoq bo’lgan va tekis bo’lmay qolgan yuzalar kesib olib o’rniga kerakli listni
payvandlash yo’li bilan tekislanadi. qiyshiqliklar va egilishlar maxsus mexanik
kengaytirgich yoki gidropresslar yordamida to’g’rilanadi.
G’adir-budur bo’lib qolgan yuzalar, payvand choklari maxsus
termoplastik mASKalar (PFN-12, TPF-37), epoksid kleylari yoki yumshoq
qalaylash usullarini qo’llash bilan silliqlanadi.


9-rasm.
Pachoqni chiqarish va tekislash shakli:
a-ushlagich yordamida pachoqni chiqarish;
b-ushlagich yordamida to’g’rilash;
v-bir pachoqni bartaraf etish;
g-bir necha pachoqni bartaraf etish
Yuza tekislab bo’lmas holatda bo’lsa, ayrim bo’laklari temir arra, temir qaychi yoki boshqa
asboblar yordamida kesib tashlanib, o’rniga shablon yordamida metall listlardan tayyorlangan bo’laklar
payvandlanadi.Hozirgi vaqtda katta yuzadagi yemirilishni tiklash uchun ta’mirlashning «panel» usuli
ko’p qo’llaniladi. Zanglash yoki halokatga uchrash natijasida shikastlangan kuzov bo’lagi olib tashlanadi,
hamda uning o’rniga yangi yoki boshqa avtomobildan kesib olingan xuddi shunga o’xshash ta’mirlash
detali (paneli) o’rnatiladi. Avariyaga uchragan kuzovlarni to’g’rilash uchun maxsus moslamalar va
jihozlardan foydalaniladi(7.10-rasm), ular kuzov profili bo’yicha, geometrik o’lchamlariga rioya qilgan
holda tortish yo’li bilan o’z holatiga keltiriladi. Jihozning ramasiga avtomobil qotiriladi, qo’lda yoki
gidravlik to’g’rilash moslamalarida kuzovni tortish va to’g’rilash ishlari bajariladi. Yuk avtomobillarining
metall kuzovlarini to’g’rilash tartibi uning kabina va tayanchlarini to’g’rilash tartibiga monand bo’ladi.

Download 6,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish