Ro’yxatdan o’tish. Ishni boshlashdan oldin bizga qanday hujjatlar zarur bo’lishini aniqlab olishimiz kerak. Birinchi o’rinda tadbirkorlikning qaysi shakli ko’rinishida ro’yxatdan o’tishni aniqlashingiz kerak. Masalan: Yakka turdagi tadbirkor yoki Yuridik shaxs (Ma’suliyati cheklangan jamiyat, Xususiy korxona, Oilaviy korxona…) sifatida. Ro’yxatdan o’tish uchun esa Siz respublikamizning barcha tuman va shaharlarida tashkil etilgan Yagona Darcha markazlariga murojaat qilishingiz yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali onlayn tarzda tadbirkorlikni ro’yxatdan o’tkazish uchun ariza berishingiz mumkin.
Undan tashqari sizdan qo’shimcha ravishda ba’zi bir hujjatlar talab etiladi:
Yong’in xavfsizligidan xulosa
Sanitariya epideomologiya nazoratidan xulosa
Ekologiya qo’mitasidan ruxsatnoma
Arxitekturadan tegishli ruxsatnomalar
Do'stlaringiz bilan baham: |