Avtomobilsozlik


-Amaliy mashg’ulot Mavzu: O’lchash asboblarining metrologik tavsiflari



Download 9,01 Mb.
bet153/198
Sana20.07.2021
Hajmi9,01 Mb.
#123797
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   198
Bog'liq
M va S. Majmua Мех ва робаот

8-Amaliy mashg’ulot

Mavzu: O’lchash asboblarining metrologik tavsiflari

Ishdan maqsad: O’lchash asboblarining metrologik tavsiflarini o’rganish.


Ishning mazmuni:

1. O’lchash asboblarining metrologik tavsiflari

2. O’lchov asboblarining metrologik xarakteristikalari.

Asosiy ma’lumotlar.

O’lchash – biron bir kattalikni qabul qilingan o’lchov birliklarda uning miqdorini aniqlash maqsadida o’lchov asbobi yordamida bajarilgan xatti – xarakatlar yig’indisi.

Qo’llanayotgan o’lchov vositalariga, ulardan foydalanish, o’rganayotgan miqdorni baxolash xaraktеrlariga qarab quyidagi o’lcham usullari mavjud:

- absolyut o’lchash usuli, bu usulga ko’ra o’lchanayotgan kattalikning miqdori bеvosita o’lchov asbobining ko’rsatkichidan olinadi;

- nisbiy o’lchash usuli, bu usul o’lchanayotgan miqdorni avvaldan aniq bo’lgan o’lchov birligi bilan taqqoslashga asoslangan;

- to’g’ridan-to’g’ri o’lchash usulida o’lchanayotgan miqdor bir-biri bilan bеvosita yoki o’lchov asbobi yordamida taqqoslanadi;

- bеvosita usul bilan o’lchash (kosvеnno`y mеtod), bu usulda o’lchanayotgan miqdorni to’g’ridan-to’g’ri aniqlanmaydi, balki u bilan funksional bogliqlikka ega bo’lgan boshqa kattalik o’lchanadi;

- o’lchashning diffеrеntsiallangan usuli, bu usul boshqa oddiy usullardan foydalanishni imkoniyati bo`lmaganda va ular orqali ifodalanmagan xolda qo`llaniladi;

- komplеks o’lchash usuli ko`p ko’rsatkichli miqdorlarni oddiy miqdorlarning funksiyasi sifatida ifodalash. Ko’rsatib o`tilgan barcha o’lchash usullari kontaktli va kontaksiz bo`ladi. Kontaktli o’lchash usulida o’lchanayotgan ob'еkt bilan o’lchov asbobi orasida mеxanik to`qnashish (kontakt) mavjud bo`ladi, kontaksiz o’lchashda esa bu to`qnashish bo`lmaydi.
O’lchov asboblarining metrologik xarakteristikalari.

Xar qanday o’lchov vositasini konstruktsiyasini baxolash uchun uning metrologik xarakteristikasini bilish zarur. Asosiy metrologik ko’rsatkichlar quyidagilardan iborat:

- o’lchov asbobining shkalasi bo’yicha o’lchash chegarasi – bu shkala bo’yicha eng katta qiymati bo’lib uning ichida aniqlik normasi javob beradigan barcha ko’rsatkichlar turadi. O’lchov priborining o’lchash chegarasi, bu shu o’lchash vositasida aniqlanishi mumkin bo’lgan eng katta va eng kichik miqdor;

- o’lchov asbobi shkalasining bo`linmasi – bu asbob ko’rsatkichining shkala bo’yicha bir bo`lakka ko`chishida o’lchanayotgan kattalik miqdori;

- xisob aniqligi – bu qabul qilingan o’lchov vositasining o’lchash aniqligi;

- o’lchash kuchi – bu o’lchov vositasining o’lchanayotgan ob'ekt bilan to`qnashganda xosil bo’lgan siqish kuchi;

- sezgirlik darajasi – xisobni ko’rsatuvchi qurilmani titrashi;

- o’lchov vositasining xatoligi – bu o’lchov vositasi ko’rsatgichi bilan xaqiqiy o’lcham orasidagi algebraik farqi.






SHtangensirkul

1- qo`zg`almas tovon,

2- qo`zg`aluvchi tovon,

3- ramka,

4,5- stopor vintlari,

6- xomut,

7- shtanga,

8- mikrovint,

9- mikrovint gaykasi,

10- nonius plastinkasi,

11- lineyka.


Shtangen – asbobning tuzilishi.
Asosiy shtangen – asboblar quyidagilar: shtangentsirkul, shtangenreysmus, shtangen – chuqurlik o’lchagich.

Shtangentsirkul shtanga 1, qo`zg`almas 2, 3 va qo`zg`aluvchi 5, 6 o’lchovchi qirralar, yo`naltiruvchi 4 uni maxkamlovchi vint 7, chuqurlik, balandlik va o`yilgan yuzalarni o’lchovchi sterjen 8 xamda nonius 9 dan iborat. Noniusda keltirilgan shkala o’lchovchi undan bir bo`limini ko’rsatadi. 3, 6 o’lchash qirralari ichki 2. 5 qirralar esa tashqi o`lchamlarni o’lchash uchun xizmat qiladi.

Xozirda amaliyotda qo`llanilayotgan shtangen – asboblarning o’lcham aniqliklari 0,1 mm; 0,02 mm; 0,05 mm dan iborat bo’lib turli konstruktiv ko`rinishda bajarilgan.

Xisob quyidagicha bajariladi: nol xolat uchun asosiy shtanga 1 ni «O» shtrixi noniusning «O» shtrixi bilan to’g’ri tushiriladi. Nonius o’lchanayotgan kattalikka teng miqdorga o’lchash vaqtida siljiydi. O’lchamning butun qismi noniusni «O» shtrixi bo’yicha olinadi. Noniusni biron-bir shtrixi shtangani qaysi bir shtrixi bilan to’g’ri kelganiga qarab o’lchamni unli qismi quyidagicha aniqlanadi: l1 = k * i

bu yerda: k – noniusni “O” shtrixidan boshlab shtangani shtrixiga to’g’ri kelgan shtrixgacha bo’lgan bo`laklar soni;

i –noniusni o’lchash aniqligi, u quyidagicha topiladi: l = a / n,

bu yerda: a –asosiy, shtanga shkalasining bita bo`linmasi miqdori; n -noniusni bitta bo`limini miqdori;

Demak, o’lchanayotgan L kattallik asosiy shkala ko’rsatkichi l bilan nonius bo’yicha olingan k * i lar yigindisiga teng. L = l + K * I, mm

Mikrometrni tuzilishi.

Asosiy mikrometrik asboblarga mikrometrlar, mikrometrik chuqurlik o’lchagichlar, mikrometrik nutrometr kiradi. Bu asboblar yordamida o’lchash juft mikrometrik rezbali qurilmadan foydalanishga asoslangan.

Mikrometrlar tashki yuza o’lchamlarini o’lchash muljallangan. Tekis yuzali mikrometrlarni o’lchash chegaralari 0÷25 mm 25÷50 mm va x.k. 575÷600 mm gacha.



Mikrometr.

1-skoba; 2-qo`zg`almas tovon; 3- stopor; 4-stebel; 5- mikrometrik vintga ulanadigan qo`zg`aluvchi tovon; 5-baraban; 6- gayka; 7- mikrometrik vint;

8- kolpachok; 9- reshetka; 10- baraban.


Mikrometrni asosiy qismlari bo’lib Skoba-1 uning chap tomonida tutkich-2, mikrometrik vint-3, baraban-6,sirpangichlar xizmat qiladi. Sirpangich-7 o’lchashda siqish kuchini muvofiklashtirish uchun ishlaydi. Prujina-8 esa ma'lum miqdordagi kuchga mo`jallangan bo’lib, uni ortib ketishi bilan shtift-9 qaytadi va xrapovik-10 sirpana boshlaydi.

Mikrometrik asboblar ikkita xisob ko’rsatkichga ega birinchi xisob ko’rsatkichini bo`linmasining miqdori (bo`linish chegarasi) 0,5 mm va o’q-5 da keltirilgan bo`ylama chiziq uni ko’rsatkichi bo’lib, baraban-6 ni sirti xizmat qiladi. Ikkinchi xisob ko’rsatkichining bo`linmasi 0,01 mm ga teng bo’lib baraban-6 ni konus yuzasida keltirilgan, uni ko’rsatkichi bo’lib o`k-5 dagi bo`ylama chiziqdir.

Mikrometrni qadami R=0,5 mm, bundan ko`rinib turibdiki mikrovintni va unga maxkamlangan barabaning bitta to`lik aylanishi chiziqli siljishi 0,5 ga teng bo`ladi.

Barabaning aylanma shkalasi tegn 50 ta bo`linmadan iborat, bunga ko’ra baraban bilan mikrovintni o`q 5ni bo`ylama chizigiga nisbatan bir bo`lakka burilishi quydagi miqdorga teng bo`ladi:





Mikrometr yordamida o’lchash uchun mikrovint 3-baraban 6 ni burash yordamida kerakli kattalikka siljitib uni va tutgich 2 ning orasiga detal joylashtiriladi. So`ngra sirpangich 7 orqali mikrovint 3 aylantiriladi, aylantirish sirpangich 7 dan 3-4 marta sirpanish ovozi chiqgungacha da'vom ettiriladi.

O’lchovni butun qismi o`q 5 dagi shkala orqali olinadi, millimetrni yuzadan bir bo`laklari esa barabanning konusli yuzasidagi aylanma shkalasi bo’yicha topiladi. Bu xolda 5 dagi bo`ylama chiziq bilan baraban shtrixini to`qnashgan bo`lagi xisobiga olinadi. O’lchash uchun misol rasmda ko’rsatilgan.

Rasmga ko’ra: d=l+k*i,

bu yerda: l-bo`ylama shkala bo’yicha olingan miqdor

k-baraban shkalasining ko’rsatkichi

i-bo`ylama miqdori (0,01mm)

d=6+23*0,01=6,23mm




Download 9,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish