"Me’yoriy"xujjat atamasi standartlar, texnikaviy shartlar, shuningdek umumiy ko’rsatmalar, yo’riqnomalar va qoidalar tushunchasini xam o’z ichiga qamrab oladi.
Standartlashtirish maqsadlari ko’pqirrali bo’lib,ular asosan quyidagilardan iborat: birxillashtirish (xar xillikni boshqarish), qo’llanishlilik, moslashuvchanlik, o’zaroalmashuvchanlik, sog’liqni saqlash, xavfsizlikni ta’minlash, atrof-muxitni asrash, maxsulotni ximoyalash, o’zaro tushunishlikka erishish, savdodagi iqtisodiy ko’rsatkichlarni yaxshilash va boshqalar. Bir maqsadni amalga oshirish vaqtida boshqa maqsadlar xam amalga oshishi mumkin.
Standartlashtirishda maxsulotning vazifasiga muvofiqligi deganda belgilangan sharoitlarda muayyan vazifalarini buyum, jarayon yoki xizmatlar tomonidan bajarish qobiliyati tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |