O’zbekiston Respublikasida davlat tasniflagichlari va ularning qo’llanilishi
Texnik-iqtisodiy va ijtimoiy axbortlarni tasniflash va kodlashtirish yagona tizimi (TIIA TKYAT) texnik-iqtisodiy axbortlarni tasniflagichlarini yaratish bo’yicha ishlar tarkibi va mazmunini, ularga o’zgartirishlar kiritish yo’li bilan dolzarblikga qayta ko’rib chiqish (yuritish) holati hamda tasniflagichlarni ishlab chiqish tartibini va ularni amaliy qo’llanishni belgilaydi3.
Tasniflagich (klassifikator) – umumiy alomatli nomlanishning tizimlashtirilgan to’plamidir.
TIIA TKYAT asosiy vazifalari quyidagilar bo’lib hisoblanadi:
- boshqaruv tizimida foydlaniladigan axbortlarni tartiblashtirish, unifakatsyailash, tasniflash va kodlashtirish;
- turli xil darajadagi boshqaruv organlari masalalarini hal etish uchun zaruriy tasniflagichlar kompleksi (majmuasi)ni ishlab chiqish;
- axbortlarni xalqaro almashini bilan bog’liq masalalarni hal etish uchun xalqaro tasniflagichlardan maksimal holda foydalanish;
- avtomatlashtirilgan ma’lumotlar bankini yaratish va axbort (ma’lumot)larni qayta ishlash jarayonini avtomatlashtirish uchun shart-sharoitlarni yaratish;
- axborotlashgan tizimlar bilan o’zaro faoliyati yuritishda axborotlar moslashuvchanligini ta’minlash.
TIIA TKYAT da tasniflash va kodlashtirish ob’ektlari iqtisodiy va ijtimoiy ob’ektlarni va ularning xossalari, statistik ma’lumotlar, bank shining moliyaviy va huquqni himoyalash faoliyati, buxgalteriya hisobi, standartlashtirish, sertifikatlashtirish, mhsulotlarni ishlab chiqarish, xizmatlar ko’rsatish, bojxona ishi, savdo va tashqi iqtisodiy faoliyat va boshqaruv masalalarini hal etish uchun boshqa zaruriy axborot (ma’lumot)lar hisoblanadi.
Masalan, Mahsulotlar umumdavlat tasniflagichi (klassifikatori) uchun kodlar tuzilmasi 17.1-rasmda keltirilgan.
Mahsulot umumdavlat tasniflagichi (MUT) etkazib berish predmeti bo’lib hisoblangan mahsulot nomi va kodlarining tizimlashtirilgan to’plamini o’zida namoyon etida. MUT tasnifiy (T-MUT) (sinfiy) va assortimentli (A-MUT) qismlardan tarkib topgan. Tasnifiy (sinfiy) qismi aniqlangan alomatlar bo’yicha mahsulotlarni tizimlashtiruvchi tasnifiy guruhlangan nomlar va kodlar (sinf – sinf osti – guruh – guruh osti - tur)ni o’zida namoyon etadi. Assortiment qismi muayyan mahsulot markasini indentifikatsiyalovchi nomlar va kodlar majmuasidir.
Misol:
54 sinf mahsulotlari MUTda kodli begilanishini ko’rib chiqamiz:
54 (sinf) –tsellyuloza-qog’oz sanoati mahsuloti;
546 (sinf osti) – maktab daftarlari, oboy va oq-qog’ozli tovarlar;
5463 (guruh) – oq-qog’ozli tovarlar;
54631 (guruh osti) – maktab daftarlari va kundaliklari;
546314 (tur) – qalam bilan yozish uchun daftarlar;
546314 0001 – nashriyot oq silliq qog’ozdan blok va qattiq qog’ozdan muqovalangan, hajmi 48 l, 144x23 mm o’lchamli qalam bilan yozish uchun daftar (turli xillik – assortiment qismi – muayyan mahsulot markasining identifikatsiya).
Tasniflashgan qismida mahsulot (sinf - tur)lar umumiy alomatlari (mo’ljallanganligi va h.k.) bo’yicha ob’ektlar qatori (tsellyuloza-qog’oz sanoati mahsulotlari) tartiblashtirish tartibida bo’linadi. Assortiment qismida muayyan alomatlar qismi (konstruktsiyasi va h.k.) bo’yicha tartiblashtiriladi.
SHuning uchun ham tasniflagichlarni ishlab chiqish juda murakkab va mashaqatli ishlardan hisoblanadi.
Buning eng mashaqatli jihati standartlashtirish sohasida ko’rilayotgan muayyan aynan bir xil standartlashtirish ob’ektlari to’g’risidagi ma’lumotlarni sifatli tasnifiy tizimlar (ST)ni ishlab chiqish bo’lib hisoblanadi. Buning uchun tabiiy turiga qanchalik yaqinlashish imkoniyatini hisobga olish zarur. Agarda ob’ektlarni identifikatsiyalash uchun zaruriy va etarli mavjud xossalariga tayangan bo’lsa, hamda bu ob’ektlar tuzilmasini qurish mantiqan muvofiq bo’lsa tabiiy tasniflash deb ataladi.
SHunday qilib, yuqori sifatli tasniflashni olish uchun u qaralayotgan sohada barcha ob’ektlar, ular ushbu sohasidagi munosabati va kelib chiqishi jarayonlari maksimal darajada aniq aks ettirilish lozim. Faqatgina bunday holatlardagina (standartlashtirish sohasi) tartiblashgan tuzilma elementlarini ifodalab, ya’ni uni dunyo bo’yicha ifodalashni amalga oshirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |