Avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalarining ishini takomillashtirish va respublika iste’molchilarini neft mahsulotlari bilan ta’minlashni yaxshilash chora-tadbirlari to‘G‘risida



Download 31,9 Kb.
bet7/11
Sana01.02.2022
Hajmi31,9 Kb.
#424287
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
loyiha

g) AYQSh hujjatlari
AYQSh O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 6-maydagi 240-son qarori bilan tasdiqlangan Avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalarining ishlash qoidalari 10-bandiga muvofiq hujjatlar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
IV. AYQShDA NEFT MAHSULOTLARINI QABUL QILIB OLISh, SAQLASh, SOTISh VA HISOBGA OLIShGA QO‘YILADIGAN TALABLAR
1. AYQShda neft mahsulotlarini qabul qilib olish, saqlash, sotish va hisobga olish davlat standartlariga hamda neft bazalarida va AYQShda neft mahsulotlarini qabul qilib olish, saqlash, sotish va hisobga olishni tartibga soluvchi normativ hujjatlar talablariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
2. Neft mahsulotlarini yetkazib berish yuzasidan shartnoma va belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan yuklab jo‘natish hujjatlari keltiriladigan neft mahsulotlarini qabul qilib olish uchun asos hisoblanadi.
3. Xususiylashtirilgan avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchasi tomonidan neft mahsulotlari respublika tashqarisidan (import bo‘yicha) mustaqil ravishda keltirilgan taqdirda, to‘g‘ri hisobga olishni ta’minlash maqsadida, mazkur AYQShga “O‘zdavneftmahsulot” birlashmasi tizimidagi neft bazalaridan neft mahsulotlari berish import bo‘yicha keltirilgan mahsulotlar to‘liq sotilgungacha to‘xtatib turiladi.
4. Neft mahsulotlarini qabul qilish quyidagi hollarda taqiqlanadi:
avtomobil sisternasining to‘kish qurilmasi nosoz bo‘lganda;
yuklab jo‘natish hujjatlari noto‘g‘ri rasmiylashtirilganda;
sifat pasporti mavjud bo‘lmaganda;
neft mahsulotlarida suv va mexanik aralashmalar mavjud bo‘lganda;
neft mahsulotlarida kamomad aniqlanganda.
5. Neft mahsulotlarida kamomad aniqlanganda haydovchi (ekspeditor) va AYQSh operatori ishtirokida majburiy tartibda, belgilangan shaklda dalolatnoma tuziladi, uning bir nusxasi ko‘rib chiqish va chora ko‘rish uchun neft bazasi rahbariyatiga beriladi.
6. AYQShda neft mahsulotlarining keltirilishi va kirim qilinishi belgilangan shakldagi, nomerlangan, tikilgan va neft bazasining muhri bilan muhrlangan hisobga olish jurnalida nazorat qilib boriladi.
7. Yonilg‘i quyish kolonkalarining ishlashini nazorat qilish navbatchi operatorlar tomonidan, navbatchilikni qabul qilib olish va topshirish vaqtida AYQSh boshlig‘i ishtirokida, neft mahsulotlarini quyish aniqligini namunaviy o‘lchagichlar yordamida tekshirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Tafovut natijalari navbatchilik hisobotida qayd qilinishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
(V bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 2-fevraldagi 59-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
VI. QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR KENGAShI, VILOYATLAR VA TOShKENT ShAHAR HOKIMLIKLARINING LITSENZIYALAR BERISh MASALALARINI KO‘RIB ChIQISh BO‘YIChA IShChI GURUHLARINING FUNKSIYALARI
1. Ishchi guruhlarga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining tegishli o‘rinbosarlari boshchilik qiladilar. Uning tarkibiga Davlat soliq qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat mulki qo‘mitasi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, “O‘zdavstandart” markazi, “O‘zdavneftmahsulot” birlashmasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar tegishli bo‘linmalarining rahbarlari kiradilar.
2. Ishchi guruh, tushgan ariza va hujjatlarni uch kun muddatda ko‘rib chiqadi, ular bo‘yicha litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida protokol qarorlar qabul qiladi. Litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror asoslangan bo‘lishi kerak va u arizachiga yozma shaklda jo‘natiladi.
Arizachi tomonidan ushbu Tartibning II bo‘limida ko‘rsatilgan talablar bajarilmagan hollarda ishchi guruh, hujjatlarni puxta ishlash uchun qaytaradi.
3. Hududiy ishchi guruhlar qabul qilingan protokol qaror asosida Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 18-sentabrdagi 397-son qaroriga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha 3 yil muddatga litsenziyalar beradi. Bunda litsenziya egasi bankda eng kam oylik ish haqining to‘rt baravari miqdorida davlat boji to‘laydi.
4. Litsenziyaning amal qilish muddati tugagach uning egasi ilgari olingan litsenziya muddatini uzaytirish huquqiga ega bo‘lish uchun qayta ro‘yxatdan o‘tishga majburdir. Barcha talablar bajarilgan taqdirda ishchi guruh, belgilangan miqdordagi tegishli bojni to‘latgan holda, litsenziyani navbatdagi muddatga uzaytirish to‘g‘risida protokol qaror chiqaradi.
5. Litsenziya, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, AYQSh xodimlarini Neft mahsulotlarini qabul qilib olish, saqlash, sotish va hisobga olish qoidalarining talablariga rioya etmaganlik, shuningdek AYQShning yong‘indan saqlash va texnikaviy holati uchun javobgarlikdan ozod qilmaydi.
6. Neft mahsulotlarini maxsus ruxsatnoma (litsenziya)siz sotayotgan yuridik shaxslarning faoliyati noqonuniy hisoblanadi va ularning ushbu faoliyatni amalga oshirishdan olgan daromadi (foydasi) olib qo‘yiladi, ularga shuncha miqdorda jarima solinadi, aybdor shaxslar esa, amaldagi qonunchilikka muvofiq, jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan javobgarlikka tortiladi.

Download 31,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish