Yo‘l poyi tuzilmasi.
Yo‘l poyi, noqulay sharoitlarda xususiy loyihaga asosan quriladi. Bunday sharoitlarga quyidagilar kiradi: balandligi 12 m dan katta ko‘tarmalar; chuqurligi 12 m dan katta o‘ymalar; ko‘tarma asosida bo‘sh gruntlar bo‘lsa; chuqurligi 4 m dan kata botqoqliklar; ko‘chkili tog‘ yonbag‘irlari; chuqur va qiyaligi katta jarlar; karst hodisasi, o‘ta sho‘rlangan gruntlar, sel oqimlari, tosh ag‘darmalari, qorli surilmalar va boshqalar.
Yo‘l poyi - yo‘l to‘shamasi qatlamlarini joylashtirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan sun'iy inshootdir. Uni loyihalashda namunaviy tuzilmalardan, shuningdek, xususiy loyihalash usullaridan foydalaniladi. Joyning relyefi, geologiya, gidrogeologiya va iqlim sharoitlarini hisobga olib ishlab chiqilgan yo‘l poyining namunaviy tuzilmasi 2.1 va 2.2-rasmlarda keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |