Yo‘l poyi tuzilmasi.
Yo‘l poyi, noqulay sharoitlarda xususiy loyihaga asosan quriladi. Bunday sharoitlarga quyidagilar kiradi: balandligi 12 m dan katta ko‘tarmalar; chuqurligi 12 m dan katta o‘ymalar; ko‘tarma asosida bo‘sh gruntlar bo‘lsa; chuqurligi 4 m dan kata botqoqliklar; ko‘chkili tog‘ yonbag‘irlari; chuqur va qiyaligi katta jarlar; karst hodisasi, o‘ta sho‘rlangan gruntlar, sel oqimlari, tosh ag‘darmalari, qorli surilmalar va boshqalar.
Yo‘l poyi - yo‘l to‘shamasi qatlamlarini joylashtirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan sun'iy inshootdir. Uni loyihalashda namunaviy tuzilmalardan, shuningdek, xususiy loyihalash usullaridan foydalaniladi. Joyning relyefi, geologiya, gidrogeologiya va iqlim sharoitlarini hisobga olib ishlab chiqilgan yo‘l poyining namunaviy tuzilmasi 2.1 va 2.2-rasmlarda keltirilgan.
a-balandligi 2-3 m bo‘lgan yon rezervsiz ko‘tarma; b-balandligi 1,5 m bo‘lgan yon rezervli ko‘tarma; v-balandligi 2-3 m dan 6 m gacha bo‘lgan ko‘tarma; g-balandligi 6 m dan 12 m gacha bo‘lgan ko‘tarma; A-qurilayotgan yo‘l poyining kengligi; V-yo‘l mintaqasining kengligi; b-qatnov qismining kengligi; D-yo‘lga ajratilgan doimiy mintaqa chegarasi; V-yo‘lga ajratilgan vaqtinchalik mintaqa chegarasi;
O’-o‘simlik gruntining tiklangan qatlami
Ko‘tarmadagi yo‘l poyining ko‘ndalang kesimi tuzilmasi
O‘ymadagi yo‘l poyining ko‘ndalang kesimi tuzilmasi:
a-qor bosishi mumkin bo‘lgan yo‘l bo‘lagidagi chuqurligi 5 m gacha bo‘lgan o‘yma; b-chuqurligi 12 m gacha bo‘lgan qiyalik tokchasiz o‘yma; A-quriladigan yo‘l poyining kengligi;
V-yo‘l polotnosining kengligi;
b-qatnov qismi kengligi;
D-yo‘lga ajratilgan doimiy mintaqa chegarasi;
V-yo‘lga ajratilgan vaqtinchalik mintaqa chegarasi; O’-o‘simlik gruntining tiklangan qatlami
Yo‘l poyi gruntlariga qo‘yiladigan talab. Gruntlarni yaxshilash usullari
Yo‘l poyi uchun yaroqliligi jihatidan suv ta'sirida uzoq bo‘lgan qoyaning tog‘ gruntlari yoki jinslarining yumshashiga qarab quyidagi ifoda bo‘yicha bo‘lish qabul qilingan: bu yerda: RB- suvga to‘yingan holatda siqilishga mustahkamlik chegarasi; RC- havoda, quruq holatda, siqilishga mustahkamlik chegarasi. Agar R>0,75 bo‘lsa, tog‘ jinsi suvda yumshamaydigan turiga, agar R
Ko‘tarma qurish uchun ishlatiladigan gruntlar to‘rtta asosiy guruhgabo‘linadi: tabiiy-butun yoki yoriqli massivini maydalash yo‘li bilan olinadigan qoyaning tog‘ jinslari; tabiiy sharoitda allyuvial va delyuvial yotqiziq shaklida yotuvchi yirik donali; qumli; gilli. Ular o‘z navbatida har bir guruh turi va alohida tavsifi bo‘yicha tasniflanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |