BUXORO VILOYATI TABIIY IQLIMI
Buxoro viloyati — Oʻzbekiston Respublikasining 12 viloyatlaridan biri. Oʻzbekiston viloyatlari ichida, chegasining kattaligi boʻyicha Navoiydan keyin ikkinchi oʻrinda turadi. 1938-yil 15-yanvarda tashkil etilgan. Buxoro viloyati hududi asosan Qizilqum choʻlida joylashgan. Janubi-sharqini Zarafshon vodiysi egallagan. Shimoli-gʻarbda Xorazm viloyati va Qoraqalpogʻiston Respublikasi, shimol va sharqdan Navoiy viloyati, janubi-sharqda Qashqadaryo viloyati, janubi-gʻarbda Turkmaniston bilan chegaradosh. Maydoni 39,4 ming km2. Aholisi 1443 mingdan ziyod kishi (2001). Buxoro viloyati tarkibida 11 qishloq tumani: Buxoro, Vobkent, Jondor, Kogon, Olot, Peshku, Romitan, Shofirkon, Qorovulbozor, Qorakoʻl, Gʻijduvon, 11 shahar (Buxoro, Galaosiyo, Vobkent, Gazli, Kogon, Olot, Romitan, Shofirkon, Qorakoʻl, Qorovulbozor, Gʻijduvon), 3 shaharcha (Jondor, Zafarobod, Yangibozor), 121 qishloq fuqarolari yigʻini bor. Buxoro shahar aholisining etnik tarkibi asosan Uzbek, Rus, Fors (Eroniylar), Turkman, tojik, Ukrain, koreys, tatar va boshqalar tashkil etadi.Markazi-Buxoro
Tabiati; Buxoro viloyati hududining relyefi aksariyat geomorfologik xususiyatlariga koʻra birmuncha murakkab tekisliklardan iborat. Eng baland joyi Quljuqtov tizmasi. Quljuqtov bilan Zarafshon daryosi vodiysi oraligʻida Oyoqogʻitma botigʻi joylashgan. Buxoro viloyatida quyidagi relyef koʻrinishlarini ajratish mumkin:
Alohida ifodalangan past togʻlar, platolar (Kuljuqtov, Tuzkoy togʻi, Jarqoq, Saritosh);
Tekis yuzali plato va qirlar (Qorakoʻl, Dengizkoʻl, Uchbosh, Qoraqir);
Daryo va koʻl yotqiziqlari bilan qoplangan va shamol taʼsirida vujudga kelgan akkumulyativ tekisliklar;
Alohida ifodalangan berk botiqlar (Qoraxotin, Oyoqogʻitma, Dengizkoʻl);
Yassi yuzali vohalarda balandligi 5–15 m li tepalar uchraydi.
Togʻlar asosan silur, devon, toshkoʻmir, boʻr, paleogen, neogen davrlari jinslaridan tuzilgan. Tekislik va qumliklar toʻrtlamchi geologik davr tabiiy omillari taʼsirida oʻzgargan. Foydali qazilmalardan Setalantepa, Jarqoq, Gazli, Uchqirda gaz, Kemachi, Zikri, Oʻrtabuloqda neftgaz hamda grafit konlari, ohaktosh, bentonit (gilmoya), granit konlari topilgan. Buxoro viloyatida juda koʻp mineral suv zaxiralari aniqlangan. Quljuqtov, Qoraxotin, Jingʻildi,Oyoqogʻitma botigʻi atroflaridan topilgan suvlardan xoʻjalikda qisman foydalaniladi. Viloyat seysmik jihatdan 7 balli, faqat Gazli shahri atrofi 9 balli zilzila zonasiga kiradi. Iqlimi keskin kontinental: yozi issiq, uzoq, quruq, iyulning oʻrtacha harorati 28-32°, qumliklarda 60-70° gacha koʻtariladi. yanvarning oʻrtacha harorati 0° dan −2° gacha yiliga 90–150 mm yogʻin tushadi. Asosan bahor va qishda yogʻadi. Vegetatsiya davri 220 kun. Buxoro viloyatining asosiy suv manbai — AmuBuxoro mashina kanali. Quyimozor, Toʻdakul, Shoʻrkul suv omborlarining ahamiyati katta. Bundan tashqari vohalar atrofida zovur va oqova suvlar tashlanadigan Dengizkoʻl, Qoraqir, Katta Tuzkon va Devxona kabi koʻllar mavjud. Buxoro viloyati boʻyicha obikor yerlarning 94,4 % turli darajada shoʻrlangan. Choʻl zonasida kam chirindili qoʻngʻir tusli sur, qumli ishgandan soʻng, oziq-ovqat sanoatida tashkiliy va iqtisodiy islohotlar amalga oshirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |