Kartografiya
- kartalarni tuzish, nashr qilish va ulardan foydalanish
usullarini o’rganadi.
Kosmik geodeziyasi
- yerning sun’iy yuldoshdan turib, yer shaklini
aniqlash va uning yuzai suratini olish usullarini o’rgan uvchi fandir.
Xalq xo’jaligidagi xar-hil masalalarni yechish maqsadida yer yuzasidagi
o’lchashlar, ular natijalarini ishlab chiqish, plan, karta va profillar tuzish orqali
yerning yuzasining shakli hamda o’lchamlari o’rganib chiqiladi.
Shuning uchun Muhandislik geodeziyasi fanining vazifalari
quyidagilarni tashkil qiladi:
1. Maxsus geodezik asboblar yordamida yer yuzasida o’lchashlarni
bajarish usullarini o’rganish.
2. O’lchash natijalarini zamonaviy texnik vositalari va EXM
yordamida ishlab chiqish usullarini o’rganish.
3. Grafik chizmalar (karta, plan va profil) ni tuzish va rasmiylashtirish
usullarini o’rganish.
4. Turli injenerlik masalalarni yechishda o’lchash natijalari va grafik
chizmalarni qo’llash .
Muhandislik geodeziyasi fanining tarixi
Ma’lumki, Muhandislik geodeziyasi xam boshqa fanlar kabi xayotiy talablar
asosida vujudga kelgan va ishlab chiqarish kuchlarining taraqqiy etishi bilan
tobora rivojlanib borgan. Inson qadimdan o’zi yashagan joyni hayot talabiga ko’ra
har tomonlama bilishga qiziqqan va o’rgangan.
Arxeologlarning aniqlashicha, Qadimiy Misr, Mesopotamiya, Xindiston,
Xitoy, Grestiya, O’rta Osiyo va boshqa mamlakatlar xalqlari o’z ehtiyojlari uchun
dehqonchilik qilish va sug`orish kanallarini qazish, turli bino va inshootlarni
qurish, ekin maydonlarini o’zaro taqsimlash kabi masalalarni yechishda
geodezik o’lchashlardan foydalanilgan.
Masalan, miloddan 4000 yil ilgari Misrdagi Nil daryosi havzasida yerni
o’lchash ishlari olib borilgan. Nil daryosini Qizil dengiz bilan qo’shish
maqsadida kanal qurilishi miloddan VI asr ilgarigi vaqtga taalluqlidir.
U vaqtlarda s’yomkaning bazi bir usullarigina ma’lum edi.
Yunonistonlik olim Eratosfen miloddan 230 yil ilgari yer sharining
o’lchamlarini aniqlagan va meridianlar va parallellar ko’rsatilgan karta tuzgan.
Ptolomey tomonidan proekstiyalash
usullari joriy qilinib, Yevropa va Osiyo
kartalarini tuzishda ulardan foydalanilgan.
Miloddan 7 - 6 asr ilgari xozirgi Iroq janubida yashagan xoldeylar yerni shar
deb faraz qilib, uning radiusi R uzunligini hisoblab chiqdilar.
Miloddan 6 asr ilgariroq Pifagor yerni shar shaklida deb aytganligi fanga
ma’lum.
IX asrda Arabistonda madaniyat ancha taraqqiy etib, Bag`dodda
Hikmat uyi nomli ilmiy markaz tuzildi. Unda o’rta Osiyolik yer surati nomli asar
muallifi algebra fanining asoschisi Al-Xorazmiy hamda Al-Farg`oniy,
Al-Marvoziy, Al-Marvarudiy kabi olimlar ham ishladi. Xalifa Xorun Al-Rashid
o’g`li Al-Ma’mun farmoyishiga binoan, 827 yili Xikmat uyi a’zolaridan ikkita
ekspedistiya tuzildi. Yer o’lchamlarida bo’lgan tafovutni bartaraf qilish uchun
ularga gradus o’lchash usulini ishlatib, yer o'lchamlarini aniqlash ishi topshirildi.
Ular meridianning bir gradus yoy uzunligini o’lchab, ishni 56,0 milya (110,5 km)
va 56,66 milya (111,82 km) natija bilan yakunladilar va hisoblashlar uchun
111,82 km natija olindi.
Muhandislik eodeziyasi fani matematika, astronomiya, elektronika,
geografiya, geomorfologiya gidrogeologiya va boshqa fanlar bilan chambarchas
bog`liq.
Horazmlik ulug` olim Abu Rayhon Beruniy (973-1048 yy.) o’z
hayotida yozgan 150 ta asaridan 40 tasini geodeziya faniga bag`ishlab, boy va
qimmatli ma’lumotlar qoldirgan. Beruniy hisobi bo’yicha yer radiusi 6339,58 km
bo’lib, hozirgi vaqtda ishlatilayotgan (Krasovskiy ellipsoidi) qiymat- 6371,11 km
dan farqi atiga 31,5 km ni tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |