Avtomobil yo’llarini qidiruvlardagi geodezik ishlar. Reja


Muhandislik geodeziyasining xalq xo’jaligidagi ahamiyati



Download 499,89 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana10.07.2022
Hajmi499,89 Kb.
#772820
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-Mavzu

Muhandislik geodeziyasining xalq xo’jaligidagi ahamiyati
Sanoat inshootlarni (zavodlar, fabrikalar, elektrostanstiyalar va h.k.) temir
va avtomobil yo’llarni , shahar va qishloq aholi punktlarni, aerodomlarni, yer 
osti inshootlar (metropoliten, shaxta, quvur yo’llarni ) loyihalash va qurish 
uchun muhim masalalarni hal qilishda Muhandislik geodeziyasi fanini ahamiyati 
juda kattadir.
Muhandislik geodeziyasi fani yerni bo’lish, uni hisobga olish, ona
zaminni muhofaza qilish, yerdan unumli foydalanish, yer kadastrini o’tkazish,
tuproq, geobatonika va boshqa qidiruv ishlarini olib borishda keng qo’llaniladi. 
Geobotanika (geo... va botanika) - yer yuzida oʻsimlik jamoalarining muhit 
bilan bogʻliq holda joylanishini, tarkibini va taqsimlanish qonuniyatlarini 
o’rganadi.
U fitosenologiya, ekologiya va oʻsimliklar geografiyasi boʻlimlardan iborat. 
Fitotsenologiya tarixiy taraqqiyot jarayonida muayyan tashqi muhitga moslashgan 
usimliklar to’plamini oʻzaro va muhit bilan chambarchas bog’langan holda 
oʻrganadi. Shunday qilib, tashqi muhit oʻsimlik jamoasiga va oʻz navbatida 
oʻsimlik jamoasi tashqi muhitga taʼsir koʻrsatadi.
Oʻsimliklar tuproqdan ozuqa moddalari va suv olib, oʻsish va rivojlanishga 
sarflaydi, oʻsimliklarning qurib qolgan qoldiqlari tuproqqa tushib, uni organik 
moddalarga yoki har xil tuzlarga boyitadi. Jamoani tashkil qilgan o’simliklar 
oʻrtasidagi murakkab bogʻlanishni tashqi muhit (yorugʻlik, namlik, havo, ozuqa 
moddalar) siz tasavvur etib boʻlmaydi.
Oʻsimliklar jamoasi bir tur yoki bir necha tur oʻsimlikdan tarkib topadi va 
har xil pogʻonalarni hosil qiladi. Buni Oʻzbekiston togʻlaridagi yongʻoqzorlarda 
ham koʻrish mumkin. Yuqoridagi birinchi pogʻonani yongʻoq daraxti, undan pastki 
ikkinchi pogʻonani olma va doʻlana, uchinchi pogʻonani raʼnogul kabi butalar, 
pastki toʻrtinchi pogʻonani esa oʻtlar tashkil etadi. 
Oʻsimliklar jamoasida hukmronlik qiluvchi (koʻp uchrovchi) oʻsimlikka 
(turga) dominant (ustun turuvchi), boshqa oʻsimliklar (turlar)ga yoʻldosh 
usimliklar deyiladi. Bir xil dominant va unga yuldosh turlarga ega boʻlgan 
usimliklar jamoasi assotsiatsiyani hosil qiladi.
Turlicha muhitda oʻsadigan, faqat yuldosh turlari bilan farqlanadigan 
assotsiatsiyalar usimliklar formatsiyasiga birlashadi.
Geobotanikaning eng yuqori birligi o’simliklar tipi — bir-biriga oʻxshash 
formatsiyalarni oʻz ichiga oladi.
Satxiy yuza. Geoid 
Yer shaklini va o’lchamlarini bilish, yer yuzasini qog`ozda tasvirlash,
turli ilmiy va texnik ishlarni olib borish uchun zarur. Ma‖lumki, yer yuzasining 
510 mln. km
2
umumiy maydonidan 71 % ni dengiz va okean suvlari, 29 %-ni esa
quruqliklar tashkil qiladi. Shunda, yer yuzasida baland tog`lar (balandligi 8848 m
bo’lgan Everest cho’qqisi) va turli chuqurlikdagi okeanlar (tinch okeanda 
chuqurligi 11022 m bo’lgan Marian novi) mavjud.
Quruqliklarning dengiz sathidan bo’lgan o’rtacha balandligi 875m. 


Quruqlik suv egallagan joyga nisbatan kichik va quruqlikning suv
yuzasidan balandligi yerning kattaligiga nisbatan sezilarli emas, shuni 
e’tiborga olib, yer shaklini belgilashda dengiz va okean suvlarining tinch 
holatdagi yuzasi asos qilib olinadi.
Bu yuza yer yuzasidagi har bir nuqtada shovun chiziqqa perpendikulyar 
(normal) bo’ladi, bunday yuza satxiy yuza deyiladi. Okean suvlarining o’rtacha 
yuzasi asosiy satxiy yuza deb qabul qilinadi .
Satxiy yuza deb tinch holatdagi okean suvlari satxining fikran quruqliklar
tagidan davom etirilishidan hosil bo’lgan dumaloq shaklga aytiladi. Bu shaklni 
1873 yili nemis fiziki Listing geoid (yer shakli) deb atadi. Satxiy yuza shovun 
chiziq yo’nalishi orqali belgilanadi. Shunga ko’ra satxiy yuza bilan chegaralangan 
geoid juda murakkab shaklda bo’lib , geometrik shakllarning hech biriga 
o’hshamaydi. Yer qobig`idagi massa zichligini aniq bilmay turib, geoidning 
materikdagi yuzasi ko’rinishini ham aniqlab bo’lmaydi.
Yer qa’rida uzluksiz davom etuvchi geologik o’zgarishlar tufayli yer 
uzluksiz kerishib turadi. Shunga ko’ra, o’zgaruvchan harakatdagi bu geoidning
shakl va o’lchamlarini matematika formulalari bilan ifodalab bo’llmaydi. Bu
geoid o’rniga yuzasi matematikada aniqlanadigan, o’zi geoidga eng yaqin 
keladigan (o’xshashroq bo’lgan) boshqa matematik shakl qabul qilinadi.
Ko’p tadqiqotlarga ko’ra geoidga eng yaqin keladigan shakl aylanish ellipsoidi 
deb topildi (1-shakl.)
Geoid o’rniga qabul qilingan ellisoid yuzasi PQP
1
O
1
(1- shakl) PP
1
o’q atrofida
aylanishidan hosil bo’lgan, uning o’lchamlari ellipsoidning katta yarim o’qi OQ 
= OQ
1
= a va kichik yarim o’qi OP = OP
1
= b qiymatlari bilan yoki ellipsoid 
siqilishi deyiladigan bilan aniqlanadi.
(1) 
Yerning o’lchamlarini aniqlovchi a, b va 
lar yer ellipsoidining 
parametrlari deyiladi. 
1-shakl. 
Yerning matematik shakli yuzasini o’rganishda shunday ellipsoid
tanlanadiki, u o’z parametrining qiymatlari jihatidan geoidga yuqoridagi shartlar


asosida eng yaqin keladigan va yerning 
tanasiga yaxshi joylashadigan bo’lsin.
Bunday yer ellipsoidiga referenst-ellipsoid deyiladi.
Yer sharini kattaligini aniqlash bilan juda qadimdan shug`ullanganlar.
Eramizdan avval yashagan Pifagor asarlarida yershar shaklida bo‖lsa kerak 
degan fikrni uchratish mumkin. Aristotel asarlarida esa yerni shar shaklida ekanligi 
haqida dalillar keltirilgan. Yerni kattaligini aniqlash metodini eramizdan oldingi 
Eratosfen asarlarida uchratish mumkin. Ma’mun xalifaligining siyosiy va ilmiy 
markazi bo’lgan Bog`dod shahari observatoriyasida ishlagan xorazmlik ulug`
matematik va astronom, xozirgi zamon algebrasining asoschisi Muxammad ibn 
Musa al-Xorazmiy o’z asarlarida yerhaklini ilmiy asoslab bergan.
Buyuk vatandoshimiz Abu Rayxon Beruniy o’zining 2 tomlik «Geodeziya» 
asarida yer shaklini ilmiy va amaliy jihatdan o’rganib jahon sivilizastiyasiga
katta ta’sir ko’rsatdi. Uning asarlarini keyinchalik Yevropa olimlari o’rgan ib
rivojlantirdilar.
Yer shari kattaligini aniqlashning geodezik metodi gradus o’lchashlar metodi 
deb yuritiladi:
(2)
S - meridianni 1
0
yoyi uzunligi (3)
Gradus o’lchash metodi ikki qismdan:
1.Meridianda joylashgan 2 nuqtani oralig`idagi masofani geodezik usulda o’lchash.
2. Shu nuqtalarni geografik kengligini o’lchash natijasida 2 nuqta orasidagi 
joyni grafik nuqtasini o‖lchashdan iborat.
Yer ellipsoidini elementlari gradus o’lchash natijalariga asoslanib hisoblab 
chiqariladi. Fransuz olimi Delamber (1800) hisoblab chiqargan yer ellipsoidi hozir 
faqat tarixiy ahamiyatga ega.
Ellipsoid o’lchamlari ko’p olimlar tomonidan aniqlangan bo’lib , 1946 
yildan MDH da hamma geodezik ishlar uchun katta yarim o’qi a=
6378245 m, 
kichik yarim uqi b =6356863 m va qutbiy siqilishi 
=1:298,3 bo’lgan
F.Krassovskiy ellipsoidi qabul qilingan.
Ko’pincha amaliy masalalarni hal qilishda yer shakli radiusi R=6371,1
km bo’lgan shar deb olinadi.


Joyning raqamli modeli. 
oyning raqamli modeli (Digital Terrain Model – DTM) – boshqacha aytganda, 
joyning matematik modeli. Bu model topografik karta va planlar turkumiga mos 
keladigan fazoviy obyektlarning raqamli koʻrinishini tasvirlaydi. Kelgusida bu 
modellar raqamli topografik kartalarni ishlab chiqishda asos boʻlib xizmat qiladi.
Relyefning raqamli modeli (Digital Terrain Model – DTM; Digital Elevation 
Model – DEM). Ushbu model ingliz tilida Digital Terrain Elevation Data (DTED) 
deb yuritilib, bu modelda asosan fazoviy obyektlar relyeflarining uch oʻlchamli 
koʻrinishi balandlik belgilari (otmetka), chuqurlik belgilari, koordinatalari, 
gorizontallar va konturlarning yigʻindisini hisobga olib aks ettiriladi. 
Relyefni raqamlashtirishning eng keng tarqalgan usullaridan biri bu rastr 
tasvirlash va triangulatsiyalangan tarmoq hamda koʻp qirrali yuzaning taxminiy 
relyefini balandlik otmetkalari boʻyicha bogʻlangan tarzda tasvirlashdir. DEM 
yaratish uchun topografik kartalar, aero va kosmik tasvirlar, sun’iy yoʻldosh 
ma’lumotlari, nivelirlash ma’lumotlari asos boʻlib xizmat qiladi. 
Vektor format deganda kartografik axborotlarni yoʻnalishi va uzunligiga ega 
boʻlgan vektor koʻrinishda tasvirlash tushuniladi.
Rastr format deganda kartografik ma’lumotlarni matritsa yoki katakchalar 
koʻrinishida tasvirlash tushuniladi.
Rastr – bu oʻzining koordinata sistemasiga va har biri oʻzaro bogʻlanmagan 
xarakterga ega boʻlgan kataklar jamlanmasidir.
Elektron kartalar – bu dasturiy qabul qilingan kartalarni proyeksiyalash va 
shartli belgilar tizimi kabi texnik vositalar yordamida tasvirlangan hamda dasturiy 
boshqarish mumkin boʻlgan kartografik tasvir. Bu turdagi kartalar raqamli karta 
yoki geoaxborot tizimining ma’lumotlar bazasiga asoslanib yaratiladi.
Stereoskop– bu relyefli joyning tasviri tushirilgan ikkita bir xil suratni 
koʻruvchi va oʻsha joyning past - balandliklarini koʻrsatib beruvchi optik qurilma. 
Agar biz qurilma yordamida tasvirlarga qarasak, undagi oʻxshash nuqtalarni 
birlashtirib, umumiy bir surat holiga kelguncha yaqinlashtirib boraveramiz. 
Shundan keyin oʻsha joyning relyefini koʻrishimiz mumkin boʻladi. Koʻzlar 
orasida interval (masofa) qanchalik katta boʻlsa, ikki suratning farqi va relyefni 
koʻrish imkoniyati shunchalik yuqori boʻladi. 

Download 499,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish