Qovushoqlik xususiyati. Tormozlanish jarayoni, odatda, bir necha sekund, shoshilinch ravishda tormozlanishda esa sekundning ulushi davomida amalga oshadi. Shuning uchun haydovchi tomoni-dan tormoz pedaliga beriladigan kuch ishchi suyuqliklar yordami-da tormoz mexanizmlariga tezlik bilan uzatilishi lozim. Bu sharoit suyuqlikning oquvchanlik xususiyati bilan ta’minlanadi va –40°C dagi ruxsat etilgan maksimal qovushoqlik chegarasi bilan aniqla-nadi. Umumiy maqsadlarda ishlatiladigan suyuqliklar uchun bu
181
ko‘rsatkich 1500 mm2/s gacha va og‘ir ish sharoitlarida ishlatishga mo‘ljallangan suyuqliklar uchun 1800 mm2/s gacha bo‘lishi mum-kin.
Do'stlaringiz bilan baham: |