Avtomobil XX asr sivilizatsiyasining yorqin ramzi hisoblana-di. Transportsiz, jumladan, avtomobil transportisiz xalq xo‘jaligini tasavvur etib bo‘lmaydi


И–20А, И–30А, И–120А sanoat va АУ urchuq moylari



Download 1,52 Mb.
bet48/121
Sana01.02.2022
Hajmi1,52 Mb.
#423463
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   121
Bog'liq
avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar

И–20А, И–30А, И–120А sanoat va АУ urchuq moylari. O‘zi ag‘daruvchi avtomobillar platformasini ko‘tarish mexanizmining tizimlari yozda И–20А yoki И–30А moyi bilan, qishda И–12А yoki АУ moyi bilan to‘ldiriladi.

179
Maxsus АМГ–10 gidravlik moyi. Bu moyga qizil rang beril-gan. U o‘zi ag‘daruvchi avtomobillarning ko‘tarish mexanizmlari uchun qishda –35°C dan past haroratlarda И–12А va A markali moylar o‘rnida ishlatiladi.




Asboblar uchun vazelinli МВП moyi. 60 foiz transformator moyi va 40 foiz И–12А sanoat moyidan iborat aralashma. МВП moyi ГАЗ, ЗИЛ, КАЗ, «Урал», КамаАЗ yuk avtomobillarida hay-dovchining asboblar majmuasiga kiruvchi gidravlik domkratlarga; aralashma esa МАЗ, КрАЗ avtomobillari va ЛиАЗ avtobuslaridagi gidravlik domkratlarga quyiladi.

Gidrotizimlar uchun ishchi suyuqliklarga qo‘yiladigan talablar-ga to‘la javob bermasa ham (yuqori qovushoqlik, harorat pasay-ganida qovushoqligining keskin ortishi va hokazo), motor moylari-dan (B guruhdagi motor moylaridan foydalanishga ruxsat etilishini nazarda tutish lozim) ma’lum darajada foydalanish mumkin.


Gidromexanik uzatmalarda ishlatiladigan moylar oltingugurtli­ parafinli neftlarning kam qovushoqlikka ega bo‘lgan fraksiyalarini selektiv tozalab, parafinsizlantirib va qo‘shilmalar (poliizobuten, polimetakrilat) qo‘shib quyultirish yo‘li bilan tayyorlanadi.


Gidromexanik uzatmalar uchun uchta markadagi moylar ishlab chiqiladi:


A – gidrotransformatorlar va avtomatik uzatmalar qutisi uchun; P – rul boshqarmalarining gidravlik kuchaytirgichi va gidro­


hajmli uzatmalar uchun;


МГТ – gidromexanik uzatmalar qutisi va har xil gidravlik uzat­ malar uchun.



  1. 6. Tormoz suyuqliklari

Bu suyuqliklar gidravlik tormoz yuritmasi va ilashish muftasi boshqarmasining yuritish tizimlarini to‘ldirish uchun ishlatiladi.


Tormoz suyuqliklari quyidagi asosiy talablarga javob berishi lozim: qovushoqligi haroratga bog‘liq ravishda mumkin qadar kam


180

o‘zgarishi; qotish harorati past bo‘lishi (mo‘tadil iqlim sharoiti uchun –40°C va shimoliy hududlar uchun –65°C); qaynash haro-rati yuqori (barabanli tormoz tizimlari uchun 115°C dan va diskli tormoz tizimlari uchun 190°C dan past emas) bo‘lishi; moylash xu-susiyatlari yaxshi bo‘lishi; metall detallarni korroziyalamasligi va rezinadan ishlangan detallarni buzuvchi xususiyatga ega bo‘lmasli-gi lozim.

Transport vositalarini ishlatish tajribasining ko‘rsatishicha, yuk avtomobillari tormoz tizimining gidroo‘tkazgichlaridagi tormoz suyuqligining harorati, odatda, 100°C dan ortmaydi. Tormozlanish jadalliligi yuqori bo‘lgan sharoitlarda esa, masalan, tog‘ yo‘llarida, suyuqlik harorati 120°C ga yetishi va undan ham ortishi mumkin.


Diskli tormoz tizimli yengil avtomobillar magistral yo‘llar-da harakatlanganida, ishchi suyuqlik harorati 60–70°C ga, shahar sharoitida 80–100°C ga, tog‘li hududlardagi yo‘llarda 100–120°C, yuqori tezlikda harakatlanayotganida, yuqori jadallik bilan tormo-zlanganida esa 150°C ga yetishi mumkin. Ba’zi bir hollarda (max-sus mashinalar, sport avtomobillari va boshqalar) ishchi suyuq-lik harorati yuqorida ko‘rsatilgan miqdorlardan ham ortib ketishi mumkin.


Xalqaro standart talablariga binoan, odatdagi sharoitlarda avto-mobillarni «quruq» va «namlangan» tormozlashda ishchi suyuq-likning qaynash harorati mos ravishda 205 va 140°C dan kam bo‘lmasligi lozim. Shuningdek, yuqori tezlikda yoki tez-tez va yuqori jadallilik bilan tormoz bosilishi talab etiladigan sharoitlar-da esa ishchi suyuqlikning qaynash harorati mos ravishda 230 va 155°C dan kam bo‘lmasligi lozim.





Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish