57
II. Bo’lim. transport vositalari diagnostikasi asoslari
Mavzu-9. Diagnostikaning maqsad va vazifalari -2soat
Reja:
9.1 Texnik diagnostika.
9.2 Diagnostikaning maqsadi va vazifalari.
9.3 Transport vositalarini yaratish va ekspluatatsiya bosqichlarida diagnostik
ta’minlash.
9.4 Transport vositalarining texnik diagnostikasiga qo‘yiladigan talablar.
Tayanch iboralar:
Diagnostika; diagnostikalash jarayoni; diagnoz qo‘yish;
diagnostik xarita; jamg‘arma
xaritasi; tuzilmaviy parametr; texnik diagnostika.
9.1 Texnik diagnostika
Transport vositasi, uning tarkibiy qismlari ma’lum ekspluatatsiya sharoitlarida
namoyon bo‘ladigan hamda xususiyatlar deb
ataladigan miqdor va sifat
xarakteristikalari bilan tavsiflanadi. Xususiyatlar majmuyi transport vositasi yoki
uning elementining vazifasi bo‘yicha ishlatish uchun yaroqlilik darajasini aniqlaydi
va boshqa transport vosita (element)lardan farqi va o‘ziga xos xususiyatini ifoda
etadi. Ob’ekt (tizim, element, hodisa, jarayon)ning xususiyatlarini tavsiflaydigan sifat
darajasi parametr deb ataladi.
Parametrlar, ularning o‘lchamlarini belgilaydigan
miqdoriy qiymatlar bilan tavsiflanadi.
Transport vositasi yoki uning elemetining texnik holatini ma’lum vaqt va
tashqi muhit sharoitlarida tavsiflaydigan parametrlar miqdorlari texnik hujjatlar bilan
belgilanadi.
Transport vositasi atrof-muhit bilan,
uning tarkibiy qismlari esa, o‘zaro bir-biri
bilan harakatda bo‘lib, o‘z vazifalarini bajaradi. Buning natijasida transport
vositasining xususiyatlari asta-sekin yomonlashadi. Iqlim sharoitlari,
eskirish, sozlash
ishlari, TXK va JT jarayonida buzilgan elementlarni almashtirishning ta’siri ostida
transport vositasi texnik holatini tavsiflovchi parametrlar qiymati o‘zgaradi.
Transport vositasi, uning tarkibiy qismlari texnik
holatini aniqlash usul va
vositalari, nazariyasini qamragan bilimlar sohasi texnik diagnostika deb ataladi.
Diagnostika (grekcha–diagnosticos) – aniqlashga qodir, demakdir.
Transport vositasi yoki uning tarkibiy qismini bo‘laklarga ajratmasdan yoki
qisman ajratib va texnik diagnostika vositasini ulab texnik holatini aniqlash,
texnik
diagnostikalash deb ataladi.
Transport vositasi yoki uning elementi parametri miqdorlarining texnik hujjat
talablariga mosligini tekshirish va uning asosida hozirgi paytdagi texnik holatini
aniqlash texnik holat nazorati deb ataladi. Diagnostikalash (nazorat) natijasi texnik
diagnoz (nazorat natijasi) deb ataladi.
Avtokorxonalarda transport vositalarini diagnostikalashning
iqtisodiy
samaradorligi quyidagicha: joriy ta’mirlash sarflari 8–12% ga, ehtiyot qismlar sarflari
10–12% ga, yonilg‘i sarfi 2–5% ga kamayadi; avtoshinalarning yuradigan yo‘li esa
3–5% ga oshadi.
58
Diagnostikalash sarflari transport vositasining samaradorligi va sozligini
boshqaruv bilan bog‘langan bo‘lib, uning yuqori ishonchlilik darajasini ta’minlashga
xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: